Samarqand davlat universiteti


«Nima uchun?» texnikasining sxemadagi ko‘rinishi



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə77/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

«Nima uchun?» texnikasining sxemadagi ko‘rinishi
« Nima uchun?» texnikasi sxemasini tuzish qoidalari
1.Qanday piktogrammadan foydalanishni o‘zingiz hal etasiz.
2.Mulohazalarning sxematik ko‘rinishi qanday bo‘lishini o‘zingiz hal etasiz.
3.Har bir strelka fikr yo‘nalishini ko‘rsatishi lozim.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari
Guruhlarda ishlash – bu o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarish uchun tashkil etilgan, o‘quv jarayonida kichik guruhlarda ishlashda (2 tadan – 8 tagacha ishtirokchi) faol rol o‘ynaydigan ishtirokchilarga qaratilgan ta’limni tashkil etish shaklidir. Bunda asosiysi topshiriq – natija emas balki, guruh ichidagi hamkorlik jarayonidir.
Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Aniq tushunmog‘imiz lozim:

Guruhlarni joylashtirishning eng maqbul chizmasi

TARMOQLAR” MYeTODI (KLASTYeR)


Fikrlarni tarmoqlanishi bu-pedagogik strategiya bo‘lib, u tinglovchilarni biron bir mazmunni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, tinglovchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.


Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval tinglovchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Bu esa tinglovchilarga o‘z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə