Samarqand davlat universiteti



Yüklə 165,09 Kb.
səhifə36/90
tarix15.04.2022
ölçüsü165,09 Kb.
#85509
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
2 5467592938034828517

Ishlab chiqarish kadrlarga bo’lgan ehtiyojni shakllantiruvchi, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi sifatida kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi sanaladi.

Davlat va jamiyat Respublikamizdagi barcha fuqarolarning uzluksiz ta’lim tizimi bo’yicha tahsil olishi, kadrlar tayyorlash tizimida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining zamon talablariga mos ravishda tashkil etilishi, hayot o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi. Bugungi kunda dasturda belgilangan bosqichlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha o’tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy, shu bilan bir qatorda ilmiy- nazariy asosi bo’lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinganligiga ham 20 yildan oshdi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgandan buyon salmoqli ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari o’rtasida ta’lim mazmunining uzviyligi va izchilligini amalga oshirish maqsadida fanlar bo’yicha uzviylashtirilgan va modernizatsiyalangan DTS va o’quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki turi bo’lgan maktabgacha ta’limda barkamol shaxsni voyaga yetkazishga zamin tayyorlaydigan dastlab “Uchinchi ming yillik bolasi”, keyinchalik esa “Bolajon” dasturi orqali yosh avlodning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta’minlanmoqda, ularda Vatanga muhabbat, tahsil olishga intilish hissini uyg’otish orqali olamni tanish, dunyoqarashini shakllantirish borasida izchil va muntazam ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish yo’lga qo’yilgan. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasini amalga oshirishda davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, oilalar, mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlarning o’rni beqiyos. Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga og’ishmay tatbiq etishda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’qituvchi-pedagoglar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, o’quv muassasalarining o’quv-metodik bazasini butunlay qayta ko’rib chiqish asosida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarni yaratish, tasdiqlash bo’yicha ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi kadrlar tayyorlash milliy modelining puxta o’ylangan, samarali modelekanligini tasdiqlaydi. Milliy modelning amaliy qiymatini uningO’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi o’rni va roli bilanbelgilash mumkin.




Yüklə 165,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə