Samarqand davlat universiteti


Asosiy o’quv matyeriali qisqacha bayoni



Yüklə 165,09 Kb.
səhifə40/90
tarix15.04.2022
ölçüsü165,09 Kb.
#85509
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
2 5467592938034828517

Asosiy o’quv matyeriali qisqacha bayoni.Ta'lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davri – maktabgacha birinchi bosqichida quyidagilarda namoyon bo’luvchi o’zgarishlar yuz byermoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining huquqiy-mye'yoriy asosi takomillashib bormoqda; muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining yangi shakllariga o’tmoqda; nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kyengaymoqda; ta'limning ilg’or tyexnologiyalari tatbiq etilmoqda; kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalarining altyernativ shakllari tatbiq etilmoqda. Moliya institutlari ishtirokida invyestitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarining innovatsion va ekspyerimyental faoliyati kyengaymoqda.

YUNYESKO qarori bilan 1997 yilda “Maktabgacha ta'lim” termini kiritilgan. Bu esa maktabgacha ta'limning nazariy asosini qaytadan ko’rib chiqish zarurligini byelgilaydi. Shunga ko’ra, mazkur maktabgacha ta'lim Kontsyeptsiyasi 2017 yilgacha bo’lgan vazifalar, stratyegiyasi, maqsadi, tamoyillari, rivojlanish vazifalarini aniqlaydi.

Kontseptsiyada davlatimizda, chyet elda maktabgacha ta'lim rivojlanishining zamonaviy g’oyalari aks ettirilib, shuningdyek, psixolog-olimlar, pedagoglar, defyektologlar, ota-onalar jamoatchiligi fikrlari inobatga olingan.

Kontseptsiyaning huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasining quyidagi huquqiy-mye'yoriy hujjatlari hisoblanadi: O’zbekiston Ryespublikasining Konstitutsiyasi, “Ta'lim to’g’risidagi” Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-mye'yoriy hujjatlaridir.

Davlat bo’lajak fuqaro shaxsi shakllanishida bola ilk rivojlanishini muhim ahamiyatini his qilgan holda uzluksiz ta'lim tizimining birinchi davrida bolalarni tayyorlash uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishga kuch-qudrat sarflamoqda.

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang’ich halqasi bo’lib hisoblanadi. U sog’lom va har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta'minlashga, uni muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlab, uni o’qishga bo’lgan havasini uyg’otishga qaratilgan bo’lib, bu 6-7 yoshgacha bo’lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilalarda amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda jamoatchilik va xayriya tashkilotlari, mahalliy uyushmalar (mahalla), xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

Maktabgacha ta'lim – bolaning individual, yosh xususiyatlaridan kyelib chiqqan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini, uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi – maktabga o’z vaqtida va to’laqonli o’tishini ta'minlovchi har tomonlama, maqsadga yo’naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.

Maktabgacha ta'lim olishning shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:

bolalarning jismoniy va psixik salomatligini mustahkamlash;

bolalarni milliy, umuminsoniy, ahloqiy va madaniy qadriyatlarga o’rgatish;

bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirish;

milliy an'analar va urf-odatlar asosida yuqori ma'naviyat va ahloq asoslarini shakllantirish;

maqsadga yo’naltirilgan va muntazam ravishda bolalarni maktabda o’qishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va istye'dodini rivojlantirish.

Yuqorida ta'kidlanishicha, O’zbyekiston Republikasidagi maktabgacha ta'lim maktabgacha yoshdagi bolaning individual xususiyatlariga, davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim.

Maktabgacha yosh davrining xususiyati shundan iboratki, aynan shu davrda turli xil ijtimoiy bilimlar, ko’nikma, malakalar va faoliyatning turli turlarini egallashda zamin bo’lib xizmat qiluvchi umumiy rivojlanish ta'minlanadi.

Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta'lim jarayonidan kyelib chiqib, maktabgacha yoshdagilar ta'lim va tarbiyasi shaxs shakllanishida insonparvarlik tamoyili va ijodiy yondashuvga asoslangan tarbiyaning metod va yo’llari tizimidan iborat bo’lgan hamkorlik pyedagogikasi tamoyillariga asosan amalga oshirilishi zarur.

Hamkorlik pyedagogikasining asosiy qoidalari – tarbiyachi va bolaning ijodiy o’zaro ta'siri sifatida ta'limga munosabat; ixtiyoriy ravishda o’qitish; mushkul maqsad g’oyasi (bola oldida murakkab maqsad qo’yiladi va uni yengib o’tish ishonchi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o’z-o’zini tahlil qilish (bolalar faoliyatini individual va jamoaviy xulosalash); erkin tanlash (o’quv matyerialini bolalar tomonidan yaxshiroq o’zlashtirilishi maqsadida tarbiyachining o’quv vaqtidan o’z ixtiyoricha foydalanishi); guruhning intyellyektual foni (ta'limning mazkur davrida zaruriy hayotiy maqsadlarni qo’yish va o’quvchilarni dasturga nisbatan ko’proq bilimlarni olishi); tarbiyaga shaxsiy yondashuv, tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi.

Ta'lim natijasi bo’lib, bolaning shaxsiy sifatlari: myehribonlik, xayrixohlik, dilkashlik, vijdonlilik, to’g’rilik, maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, uyushqoqlik, myehnatsyevarlik, mas'uliyatlilik, ziyraklik, vazminlik, dovyuraklik, mustaqillilik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, bilimdonlik va shu kabilar mazmunini o’zgartirish hisoblanadi.

Ta'lim tomonidan zamonaviy jamiyatga intyegratsiyalashgan (qo’shilgan) va uni takomillashtirishga yo’nalgan odam va fuqaroning vujudga kyelishi, bilimlarning zamonaviy darajasiga mos kyeluvchi olam tasvirining shakllanishi; shaxsning milliy va jahon madaniyatiga intyegratsiyasi uchun shart-sharoit yaratuvchi jamiyatning umumiy va profyessional madaniyatining jahon darajasiga tyeng kyelishi; jamiyatning milliy kadrlar imkoniyatini takror ishlab chiqarish va rivojlantirish ta'minlanadi.

Uzluksiz ta'lim jarayonining yakunlanish muvaffaqiyati ta'limning normativ byelgilangan bosqichi sifatida ta'lim darajasi haqida dalolat byeradi. Maktabgacha yoshdagi bola uchun bilim darajasi – bu shaxs sifatlari va xususiyatlarining rivojlanish darajasi, ta'lim standartiga asoslangan yoshga va dastur talablariga bog’liq holda erishilgan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir.

Maktabgacha ta'lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta'lim va tarbiyasining shaxsiy yo’nalganlik modyeli ustuvor bo’lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo’lib, belgilangan standart bo’yicha uni o’zgartirish emas, balki uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilishdir.

Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni sub'yektining shaxsiy vazifalari (funktsiyalari) rivojlanishining to’laqonli namoyon bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Shaxsiy vazifalar – “shaxs bo’lish” ijtimoiy buyurtmasini amalga oshiruvchi ma'lum bir sifatlarni shaxs tomonidan namoyon bo’lishidir.

Ta'lim jarayonini tashkil qilishning asosi sifatida shaxsiy yondashuv shaxsning jamoada e'tirof etilishi, unda insonparvarlik o’zaro munosabatlarini yaratishni bildiradi. Mazkur munosabatlar sababli bola o’zini shaxs sifatida anglab, boshqa insonlar (kattalar va tyengdoshlar)da ham shaxsni ko’ra olishga o’rganadi. Tengdoshlar, bolalar jamoasi har bir bolaning imkoniyatlari amalga oshirilishi kafolati sifatida namoyon bo’ladi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlari amalga oshirilishining yo’llari pyedagogning qadriyatlar yo’nalganligiga, ya'ni uning moddiy va ma'naviy qadriyatlarga , hulq-atvorda namoyon bo’luvchi ustanovkalar tizimi, e'tiqod, afzalliklarga tanlab munosabatda bo’lishiga bog’liq.

Pedagogning qadriyatlari yo’nalganligi uning kasbiy faoliyat yo’nalishini byelgilaydi. Shaxsiy yondashuv pyedagog va bolaga o’zini shaxs dyeb anglashiga yordam berishni, ular imkoniyatlarini aniqlash va ochishni, o’z-o’zini anglash shakllanishini, o’z o’rnini byelgilashning shaxsiy muhim va ijtimoiy maqbul usullarini amalga oshirishni, o’z-o’zini namoyon qilishni va o’z mavqyeini tasdiqlashni nazarda tutadi.

Ta'lim muassasasida bola shakllanish muammosida oilaviy tarbiya sharoitlarini xisobga oluvchi va bolaning shaxsiy salohiyati va qobiliyatini ochishga qaratilgan tarbiya haqidagi zamonaviy ilmiy ma'lumotlarni amalda qo’llovchi pyedagogning o’rni masalasini ko’rib chiqish talab etiladi.

Pedagogga shaxsiy yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda pedagogik o’zaro ta'sirni davrma-davr ryejalashtirishdan “pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas”, balki pyedagog va bola “shaxsining namoyon bo’lish usuli” sifatida foydalanish zarur (P.Blonskiy, A.Lyeontyev).

Pedagogik o’zaro ta'sirning birinchi davrida pyedagog bola bilan psixologik aloqani o’rnatish maqsadida birgalikda xatti-harakatlarni shakllantirib rivojlantiradi (qabul qilish va yoqtirish xissi, bir-biriga ishonch, emotsional hamdardlik, o’zaro xatti-harakatlarni tushunish va kyelishilganlik), pedagogik aloqani emotsional- shaxsiy aloqaga “o’tkazadi”. Kattalar va bolalar o’zaro ta'sir xaraktyeriga javobgarlik o’zaro munosabatlarni o’rnatishni biluvchi kattalar zimmasida qoladi.

Ikkinchi davrda bolani psixologik qo’llab-quvvatlash, kattalar bilan muloqotda konkryet-emotsional, amaliy ta'sir qiluvchi va odob-ahloq aloqasiga erishish maqsadlarida namoyon bo’ladi.

Bola shaxsi shakllanishini psixologik qo’llab-quvvatlash – bu kattalar tomonidan bola muammosini tushunish, qabul qilish, tan olish va ularni hal qilishda yordam byerishdir. Uning asosiy maqsadi pyedagogik muloqotning kundalik vaziyatlarida kattalar va bolalar emotsional-shaxsiy munosabatlari shakllanishidan iborat. Tarbiyachi shaxsiy-rivojlanuvchi o’zaro ta'sir sharoiti sifatida psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishda:

Pedagogga va o’z-o’ziga ishonish imkoniyatini byerib, bolaga nisbatan myehr-muhabbat, g’amxo’rlik, samimiylik bildiradi;

o’z-o’ziga baho byerish va u uchun o’zining ahamiyatga egaligini mustahkamlash maqsadida bolaning fazilatlarini ongli ravishda ta'kidlaydi;

xatolarga yo’l qo’yish qo’rquvini kyetkazib, bola uchun ijobiy emotsional makon yaratadi;

bolaning muvaffaqiyatsizligini tushungan holda qabul qilib, u bilan birga ularni yengib o’tish yo’llarini aniqlaydi. Bunday yondashuv asosida “kattalar-bolalar” o’zaro ta'sir tizimining shaxsiy yo’naltirilgan qoidalaridan biri yotadi. Bunga ko’ra har bir inson, xususan ta'lim oluvchi xato qilish va uni tuzatish huquqiga ega;

bolani tarbiyalamasdan, balki muammoni bola tomonidan hal qilinishiga yo’lboshchilik qiladi.

Shunday qilib, pedagog (katta odam) psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirib, maktabgacha davrdagi bola shaxsi shakllanishini ta'minlovchi, taraqqiyotning shart-sharoiti, xaraktyeri va kelajagi uchun majburiyatni o’z zimmasiga olib, asosiy omil sifatida ishtirok etadi. Bola esa o’z navbatida ijtimoiy hulq-atvor namunasi sifatida kattalarning munosabatini kuzatib (tahlil qilib), ijtimoiy maqbul va adyekvat hulq-atvor normalarini o’zlashtiradi.

Psixologik qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish pedagog va bola emotsional-shaxsiy munosabatlarining rivojlanishiga olib kyeladi. Emotsional-shaxsiy qo’llab-quvatlanishni qidirish maqsadida pedagog bilan o’zaro munosabatga kirishib, muloqot davomida namoyon bo’lgan sifatlar (diqqat-e'tibor, xayrixohlik va b.) orqali uni bilib oladi. Keyingi galda bola aynan shu xususiyatga ishongan holda aloqaga kirishib, unda emotsional-ijobiy o’z-o’zini his qilish, atrofdagilar uchun kyeraklilik xissi shakllanadi.

Pedagogik o’zaro ta'sirning uchinchi davrida o’zaro ta'sirning uslubi sifatida “pyedagogik his qilish” ning shakllanishiga, pedagog va bolaning bir-biriga ta'sir ko’rsatishning tuzilishi sifatida o’zaro munosabatlar ma'lum bir turining yuzaga kyelishiga olib kyeluvchi emotsional-shaxsiy munosabatlarning rivojlanishi yuz byeradi.

Hamkorlik pedagogikasi kattalarga (tarbiyachilar, ota-onalar va b.) ta'lim va tarbiya jarayonida muloqotning altruistik uslubidan foydalanish zarurligini uqtiradi. Pedagog bolaga bunday ta'sirni amalga oshirishda unga hukmronlik qilib, nazorat, majburlash kabi ta'sirlardan voz kechib, tarbiyalanuvchiga erkin tanlash huquqini byeradi. Bola muloqotning mazkur uslubida chyegarasiz, so’zsiz o’z-o’ziga, shaxsiy imkoniyatlariga bo’lgan ishonch vaziyatiga tushadi. Bunday vaziyat natijasi sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda ahloqiy o’z-o’ziga baho berish: o’zganing ishonchini his qilgan holda o’zining imkoniyatlariga ishona boshlaydi. Pedagogning bolaga nisbatan byeg’arazligi uni ham beg’araz harakat qilishga undaydi.

Shunday qilib, pedagogik o’zaro ta'sirning uchinchi yakunlovchi davrida uyg’un munosabatlar tizimi sifatida ikki tomonlama muloqotga kirishuvchilarning bir-biriga ta'sir tizimi shakllanadi. Bunda kattalar va bolalar faolligi, o’zaro munosabatlarining ishonchliligi, bolani psixologik himoya qilish darajasi va o’zaro tushunishga erishish ortadi.

O’zaro ta'sir tomonlarning (pyedagog va bola) vakilligi kattalar pozitsiyasi tomonidan “pedagogik his qilish”ni egallash, tarbiyachi o’z shaxsini o’zgartirishi, shaxsiy ziddiyatni kamaytirish, tarbiyalanuvchi “pozitsiya”sini egallash ko’nikmasini o’zlashtirish, bolani emotsional qabul qilish, unga ruhiy jarohat yetkazish imkoniyatini yo’q qilish va uning shaxsiy taraqqiyotiga ishonch bildirishni taxmin qiladi.

Bola pozitsiyasi tomonidan o’zaro ta'sir tomonlarining vakilligi uning kattalar va tyengdoshlari bilan o’zaro ta'sir va muloqotda bo’lish ehtiyojlarida; tarbiyachiga yordam byerishda shaxsiy va tarbiyachining unga nisbatan munosabat xatti-harakatlarini anglashda; tyengdoshlarining o’z shaxsiy muammolarini tushunib yetish (ryeflyeksiya)da namoyon bo’ladi.

Shunday qilib, tarbiyachining pedagogik o’zaro ta'sir davrlari emotsional-shaxsiy aloqani o’rnatish va yaratishga (I davr); pedagog va o’quvchi o’rtasidagi emotsional-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga (II davr); munosabatlarning uyg’unlik tizimini shakllantirishga (III davr) yo’naltirilgan.

Shuni ta'kidlash mumkinki, bolaning kattalar va tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatlari tizimining uyg’unligi turli xil shaxslararo munosabatlarda “Men” myezoni bo’yicha shaxsiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari sifatida bola ijtimoiy faolligi rivojlanishining manbasi va sharti bo’lib hisoblanadi.

Bola ijtimoiy faolligining rivojlanishi davrma-davr yuz byeradi va buni uning ijtimoiy faolligi namoyon bo’lishining bir darajadan ikkinchi darajaga o’tishi dyeb ifodalash kyerak.

I-davr – ijtimoiy faollikning boshlang’ich darajasi (“oiladagi voqyelik”) bolaning tyevarak-atrofdagi haqiqat bilan aloqasining amaliy xaraktyeri va uni kattalar (ota-ona, enaga va b.)ga to’liq qaramligi bilan belgilanadi. Bolaning faolligi turmush ehtiyojlarini qoniqtirishga qaratilgan. Bola uchun uning ota-onasi (ular o’rnini bosuvchilar) qadr-qimmatga egadir.

II-davr – ijtimoiy faollikning birinchi darajasi (“vaziyatdagi voqyelik”) bolani bo’lib o’tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to’liq qaramligi bilan tavsiflanadi.

Bu darajada bola uchun uning xatti-harakatlari xaraktyeri va yo’nalganligini belgilovchi vaziyat muhim ahamiyatga egadir.

III-davr – ijtimoiy faollikning ikkinchi darajasi (“vaziyat ustidagi voqyelik”) bolani vaziyatlar oqimi ta'siridan chiqishi va o’zining “qimmatli kompasi” yordamida vaziyatni tushunib ish tutishi bilan xaraktyerlanadi. Uning uchun vaziyatdan chiqishning usul va vositalari, ya'ni “qurollar”, ularning psixologik turlari ham muhim ahamiyatga ega.

IV-davr – ijtimoiy faollikning uchinchi darajasida (“o’zidagi voqelik”) bola o’z vaziyatlari modyelini tayyorlab, atrofidagi kattalar va tyengdoshlari bilan “ish yuzasidan” munosabatlar o’rnatishga urinadi. Shu yo’l bilan o’z “Myen”ini namoyish qilib, o’z “makoni”ni himoya qiladi va uning egotsyentrizmi, ya'ni olamga bo’lgan munosabati va o’zining shu olamda namoyon etishi aniqlanadi.

V-davr – ijtimoiy faollikning to’rtinchi darajasi (“boshqadagi voqyelik”) bolaning egotsyentrizmini yengishga va o’zganing qadr-qimmatini tan olishga intilishi bilan byelgilanadi. Bola uchun tyevarak-atrofdagi barcha tirik jonzotlar: o’simlik va hayvonot dunyosi, odam qadr-qimmatga egadir.

Ijtimoiy faollik qayd etilgan darajalar bolani ijtimoiy haqiqat bilan o’zaro munosabat xaraktyerini va turli shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-shaxsiy rivojlanish yo’llarini aniqlaydi.

Yuqorida ta'kidlanganlar bola ijtimoiy rivojlanish jarayonining qanchalik murakkabligini ko’rsatib turibdi. Maktabgacha yosh davri shaxs shakllanishi va ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega bo’lgan davr hisoblanadi. Shaxs rivojlanishi uning ehtiyoji oxir oqibat albatta istye'molchilik emas, balki yaratuvchilik sohasida ro’y byerishini taxmin qiladi.

O’zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta'limni rivojlantirishning maqsadi:



  • maktabgacha ta'lim nufuzini oshirish, ta'lim sohasining jamiyatdagi ustuvorlik mavqyeini mustahkamlash;

  • asosiy buyurtmachi va istye'molchi bo’lgan ota-onalarga yo’naltirilgan holda turli xildagi maktabgacha tarbiya muassasalari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish.

Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni yechish zarur:

  • maktabgacha ta'lim muassasalari davlat tizimini (byudjyet va idoralar) saqlash;

  • maktabgacha ta'lim standartini aniqlash;

  • maktabgacha ta'limni yangi mazmun va tyexnologiyalarga o’tkazish;

  • maktabgacha ta'lim muassasasining turli xil tamoyillariga, ochiqlik, qulaylik, oila bilan hamkorlik, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan o’zaro munosabatlariga bog’liq holda maktabgacha ta'lim muassasalari tashkiliy tuzilmasini o’zgartirish;

  • maktabgacha ta'lim muassasalari rivojlanishini o’zib o’tuvchi jamiyatga nisbatan (avvalambor, oila va maktabga) o’zgaruvchan sharoitlar, talablarga mos ravishda va o’z vaqtida javob qaytarish;

  • maktabgacha ta'lim muassasalarining o’zgaruvchan tuzilishida tyez mo’ljal olishga imkon byeruvchi mazkur muassasalar uchun kadrlarni ilmiy-uslubiy tayyorlashni takomillashtirish.

Maktabgacha ta'limni yangilashda asosiy pozitsiyalar quyidagicha: pyedagogik ish yo’nalganligini insonparvarlashtirish; diffyeryentsiatsiyalashtirish va individuallashtirish; dyemokratlashtirish; bolalar uchun ta'lim imkoniyatlarini taqdim etish; dinamiklashtirish va variativlikdir.

Maktabgacha ta'limning asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:



  • bolaning turli xildagi faoliyatini tashkil etish orqali bola shaxsining ishtiyoqini to’la ochilishiga, qiziqishlari, qobiliyatlariga yo’naltirilgan pyedagogik ish;

  • shaxs shakllanishida maktabgacha yosh davrining ahamiyati haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlardan foydalanish;

  • pryedmyetli-makonli nutqiy va ijtimoiy rivojlantiruvchi muhit yaratish;

  • shaxsga yo’naltirilgan ta'lim ustuvorligini tan olish;

  • har bir bolani har tomonlama rivojlanishida tyeng huquqligini tan olish;

  • maktabgacha ta'limni hammabopligi;

  • bolaning hayoti va sog’lig’i, jismoniy va ruhiy rivojlanishi, sog’lom turmush tarzi asoslari shakllanishini himoya qilish kabi maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini bunday yo’nalishining ahamiyati;

  • maktabgacha ta'lim muassasalari ish mazmuni bolaning ijtimoiylashuviga yo’naltirilishi, bolada munosabat malakasini rivojlantirish, jamoada yashashni bilish, ta'limning kyeyingi bosqichiga oson o’tish;

  • o’quv-tarbiyaviy ishning mazmuni, shakli va usullarida umuminsoniy va milliy qadriyatlar birligi;

  • tarbiyaviy, o’quv va rivojlantiruvchi vazifalarning birligi;

  • bolalarni o’qitish va rivojlantirishga maktabgacha ta'lim muassasalari va oilani o’ziga xos imkoniyatlarini birgalikda amalga oshirishga ota-onalarni jalb etish;

  • bosh buyurtmachi va istye'molchi – oila ehtiyojlariga mos holda maktabgacha tarbiyani turli ko’rinishda, mutaxassislik turlarida, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati tartibining variativligi;

  • maktabgacha va boshlang’ich ta'limning izchilligi, jamoatchilik va oilaviy maktabgacha ta'limning o’zaro bog’liqligi;

  • hududiy xususiyatlarni hisobga olish;

  • maktabgacha ta'lim tizimida ro’y byeruvchi o’zgarishlarga pyedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining o’z vaqtida javob byerishi.

Maktabgacha ta'lim maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasalari ta'lim jarayonini shunday tuzish kyerakki, bir butun sub'yekt sifatida ham bola, ham pedagogga yoqishi kyerak va ular uyg’unlashuvining rivojlanishiga yordam byerish kyerak.

Maktabgacha yoshdagi bola predmyetlarni alohida tashqi xossalarini idrok qilish, ko’rgazmali-obrazli shaklda byerilgan amaliy va bilish topshiriqlarini yechishning yuqori darajasiga erishadi. Biroq, bola pryedmyetlarni yuzaki ko’radi. Bu tabiiy, chunki pryedmyetlar uni faqat amaliy va bilish jarayoni ob'yekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola pryedmyetlarni mohiyati bilan emas, balki alohida turlari, tashqi xossalari va xususiyatlari bilan ish ko’radi. Narsalarning mohiyati va ular bizga qanday ko’rinishi o’rtasida katta farq mavjud. Mazmun-mohiyat ustki ko’rinishga emas, u to’g’ri idrok qilinmaydi. U olamni ilmiy bilish – ijtimoiy uyushgan ta'lim jarayonida namoyon bo’ladi.

Fanni o’rganishga o’tish – bu olamni bilishga o’tish bo’lib, inson ongi uchun ob'yektiv bo’lib hisoblanadi (D.B.Elkonin, 1995. 249b.).

Maktabgacha ta'lim muammosi empirik bilimlardan (tajribaga asoslangan “hayotiy bilimlar”) nazariy ilmiy bilimlarga o’tish myexanizmini aniqlashdan iborat. Bunday myexanizm sifatida ta'lim islohoti (N.A.Gorlova) bo’lib, bolaning tabiiy qobiliyatlarini tashqi olam bilan munosabati va mazmunini aniqlovchi madaniy salohiyatni o’zgartirishga qaratilgan. O’zaro ta'sir tizimini shakllanishiga yordam byeruvchi “Myen-Syen-Biz-Ular” obrazini yaratish; pyedagog va bola ongida “olam obrazi” va olamni bolalarcha ko’rishni yaratish va takrorlanmas olamda o’ziga xoslikka ega va unda o’z o’rnini aniqlovchi ryeflyeksiya – o’zini aks ettirishga qaratilgan.

Ta'lim islohoti – bu pyedagog va bolaning hamkorlikdagi islohot faoliyat jarayoni bo’lib, pyedagogni o’z-o’zini va bola shaxsini tarbiyalashga, hayotiy qadriyatlar yo’nalganlik tizimi sifatida shaxsiy mazmunni shakllanishiga, pyedagog va bolani univyersallashtirishga yo’naltirilgan. Ta'lim islohoti quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:


Yüklə 165,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə