Samarqand davlat universiteti



Yüklə 165,09 Kb.
səhifə54/90
tarix15.04.2022
ölçüsü165,09 Kb.
#85509
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
2 5467592938034828517

1-bob. Umumiy qoidalar

1.1. MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash

1.2. MTMning maqsad va vazifalari.

2-bob. MTMdagi ta’lim faoliyatining maqsad va tamoyillari.

2.1. MTMdagi ta’lim faoliyatiningmaqsadlari.

2.2. MTMda ta’lim faoliyatini tashkil qilishtamoyillari.

2.3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish.

2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati .

2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik.



3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limiga kompetensiyaviy yondashuv

3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning asosiy umumiy kompetensiyalari.

3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalar

3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari .

3.2.2. «Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasi kompetensiyalari.

3.2.3. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari» sohasi kompetensiyalari.

3.2.4. «Bilim olish orqali rivojlanish» sohasi kompetensiyalari.

3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari.

4-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat .

4.1. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish.

5-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish .

Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim dasturini tuzishga oid tavsiyalar

Bolalar to‘liq kun mobaynida bo‘ladigan guruhdagi namunaviy kun tartibi.

Qisqa muddatli guruhlarning namunaviy kun tartibi.

Namunaviy o‘quv rejasi

Yillik mavzuviy reja

Namunaviy haftalik reja

3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi

3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi

5 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi



6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorlik xaritasi

1-bob. Umumiy qoidalar Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.

Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:

  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

  • maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;

  • maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

1.1. MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash

Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.

Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.

Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi

1.2. MTMning maqsad va vazifalari

MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

Yüklə 165,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə