Samarqand davlat universiteti



Yüklə 165,09 Kb.
səhifə26/90
tarix15.04.2022
ölçüsü165,09 Kb.
#85509
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
2 5467592938034828517

Akadyemik litsyey o`quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intyellyektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo`naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida davlat ta'lim standartlariga muvofiq o`rta maxsus ta'lim byeruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasi.

Akademik litsyeylar asosan oliy o`quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.

Kasb-hunar kolleji o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko`nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasi.

Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom hamda o`rta ma'lumotga ega bo`lganlik to`g`risidagi guvohnomalar beriladi. Ular bitiruvchilarga ta'limning keyingi bosqichlarida o`qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisoslik va kassb-hunar yo`nalishi bo`yicha mehnat faoliyati bilan shug`ullanish huquqini byeradi.



Oliy ta'lim - o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi nyegiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo`nalishlari bo`yicha xalq xo`jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlab byeruvchi ta'lim bosqichi.

Bakalavriat – mutaxassislik yo`nalishi bo`yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to`rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir. Bakalavrlik dasturi tugatilgandan so`ng bitiruvchilarga «bakalavr» darajasi byeriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huququini byeruvchi diplom topshiriladi.

Magistratura – aniq mutaxassislik bo`yicha fundamyental va amaliy bilim byeradigan, bakalavriat nyegizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.

«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pyedagog kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta'lim bosqichi.


Yüklə 165,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə