Samarqand davlat universiteti


bajarish usullarining xaraktyeri



Yüklə 165,09 Kb.
səhifə47/90
tarix15.04.2022
ölçüsü165,09 Kb.
#85509
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
2 5467592938034828517

bajarish usullarining xaraktyeri bo’yicha – taxmin bo’yicha harakat, biror hodisani vaqtidan avval bo’lishi (aktivizatsiya), idrok qilish, taqlid qilish (imitatsiya), tashkil etish, o’zgarishi (transformatsiya), modyellashtirish.

Aniq vazifani bajarish uchun mashq tanlaganda pyedagog yuqorida kyeltirilgan barcha tavsiflarni hisobga olishi kyerak.

Shunday qilib, turli vosita, uslublar va uslubiy tamoyillar asosida qurilgan o’qitishning uslubiy modyeli ta'lim islohoti tyexnologiyasini tashkil etish usulidir. Didaktik va uslubiy modyellar birligi maktabgacha ta'lim muassasalarida o’qitish jarayonini tashkil etishga yo’naltirilgan asos bo’lib xizmat qiladi.

Pedagog isloh qilingan ta'lim tyexnologiyasini egallab, “bolaning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kyelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlashi mumkin. O’zlashtirilgan ma'no va munosabatlar erkin, o’qishdan tashqari faoliyatda qo’llanilgandagina o’qitishning amaliy maqsadi to’liq amalga oshirilgan hisoblanadi.

Pedagog bola shaxsining rivojlanish ko’rsatkichlari va shaxsiy yondashuvni amalga oshirishga o’zining tayyorgarlik darajasini hisobga olsagina ta'lim-tarbiya jarayoni yanada muvaffaqiyatli o’tadi.

Bolaning rivojlanganlik va maktabga tayyorgarlik ko’rsatkichlari quyidagicha:


  • jismoniy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasi rivojlanishining fiziologik darajasi);

  • psixologik tayyorgarlik (bola shaxsining emotsional, myental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);

  • ijtimoiy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasining ijtimoiy rivojlanish darajasi).

Pyedagogni maktabgacha ta'limda shaxsiy yondashuvni amalga oshirishga tayyorlik ko’rsatkichlarini aniqlashda uch jihatni hisobga olish kyerak: shaxsiy, kasbiy va ryeflyeksiv.


Yüklə 165,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə