Samarqand davlat universiteti



Yüklə 165,09 Kb.
səhifə50/90
tarix15.04.2022
ölçüsü165,09 Kb.
#85509
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
2 5467592938034828517

Reflyeksiv tayyorgarlik: pyedagogik ryeflyeksiya (ryeflyeksiv qobiliyatga uch turdagi syezgirlik kiradi: ob'yektni his qilish pyedagogni o’ziga xos maxsus syezgirligi – bolalar ryeal haqiqatga qanday qarashda, ularning qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon bo’ladi, “ular pyedagogik tizim talablariga mos kyeladimi”; mye'yor va taktni his qilish – bola shaxsi va faoliyatida turli pyedagogik ta'sirlar natijasida kyelib chiqadigan o’zgarishlar mye'yoriga nisbatan maxsus syezgirlik, qanday o’zgarishlar ro’y byeradi, ular ijobiy yoki salbiymi, qaysi byelgilar yordamida ular haqida xulosa qilish mumkin; aloqadorlik hissi – pyedagogni o’z faoliyatining kamchiliklariga nisbatan bo’lgan sezgirligi, pyedagogik jarayonga tanqidiy va javobgarlik hissiyotlari).

Yuqorida qayd etilganlar shuni ko’rsatadiki, shaxsiy yondashuvni amalga oshirishda faqat bola shaxsini yoki faqat pyedagog shaxsini rivojlanishi emas, balki ta'lim jarayonining bir butun sub'yektini rivojlanishi ko’zda tutiladi. Yaxlit sub'yektni rivojlanish ko’rsatkichlari ma'no (mazmun) tizimi bo’lib hisoblanadi: bola ongidagi shaxsiy fikrlar tizimi va pyedagog shaxsining shaxsiy, hayotiy mazmun va mazmunlar tuzilishi tizimi.

Maktabgacha ta'lim tizimining tuzilish tavsifi.Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish – bu eng avvalo, maktabgacha muassasaga to’g’ri kyeladigan tartib yaratishdir. Bundan kyelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya muassasasiga bolalar tarbiya va ta'limiga davlat qo’ygan talablarga javob byeradigan muassasa dyeb qarash kyerak.

Ota-onalar ehtiyojlariga mos holda ularga maktabgacha tarbiya muassasasini - turi, xili va sohasiga qarab tanlash huquqiga egaligini ta'minlash.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Ryespublikasida turli maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi tashkil etilgan: turlari bo’yicha – maktabgacha muassasalar, “maktabgacha ta'lim muassasasi – boshlang’ich maktab” komplyekslari, “Myehribonlik” uylari, “bolalar qishlog’i”; xususiylik shakli bo’yicha – davlat va nodavlat; bolalar bilan ishlash yo’nalishi bo’yicha: umumiy, maxsus va sanator.

Maktabgacha ta'lim tizimi murakkab tuzilishga ega. Maktabgacha ta'lim tuzilishi 2 tarkibga ega – maktabgacha ta'lim muassasalari va maktabgacha ta'limni ishlashi va rivojlanishini ta'minlovchi xizmatlar.

Maktabgacha ta'lim muammolariga qaratilgan asosiy halqa maktabgacha tarbiya muassasasi bo’lib hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda hududning asosiy muammolaridan biri guruhlarning to’lish normalarini, aholining turli maktabgacha muassasalarga bo’lgan ehtiyojlarini, ekologik sharoitni hisobga olgan holda qishloq, hudud va shaharlarda loyihalar bo’yicha maktabgacha muassasalar qurish. Loyihalar musiqa va jismoniy tarbiya zallari, tasviriy san'at studiyalari, bassyeynlar, o’yin xonalari, har bir guruh uchun alohida yotoqxona va o’yin xonalari, o’g’il va qiz bolalar uchun alohida xojatxonalar, tarbiyachilarga psixologik yordam xonalari qurishni ko’zda tutishi lozim. Ma'muriy xo’jalik xonalari ryejalashtirilganda, xodimlar ishlashi uchun qulay shart-sharoit yaratish kyerak.

Yangi binolar qurish va eski binolarni ta'mirlash individual loyihalar bo’yicha amalga oshirilganda maqsadga muvofiqdir. Bu binolarda 6ta guruhdan ko’proq guruhlarni joylashtirish mumkin emas. Bolalar uchun mo’ljallangan xonalarda ularni turli faoliyati uchun qulaylik yaratish kyerak. Guruh xonalarini funktsional o’zgaruvchan jihozlar bilan jihozlash. Ular joylashishini o’zgartirish oson bo’lib, guruh xonasini turli variantlar bo’yicha fazoviy byezatish mumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasalari rivojlanuvchi pryedmyetlar muhitini tashkil qilishga, ya'ni bolaning ma'naviy, jismoniy va psixik ko’rinishi rivojlanish mazmunini funktsional modyellashtiruvchi, bola faoliyatini matyerial ob'yekti tizimiga alohida e'tibor qaratishi kyerak.

Bolalikni rivojlantiruvchi pryedmyet muhiti – bola shaxsi va faoliyati to’liq rivojlanishini ta'minlovchi sharoitlar tizimidir. U bolaning to’laqonli jismoniy, estyetik, bilish va ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur bir qator tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi. Ularga: tabiat muhiti va ob'yektlari, madaniy landshaftlar (ko’rinishlar), jismoniy o’yinlar va sog’lomlashtiruvchi inshootlar, pryedmyet-o’yin muhiti, bolalar kutubxonasi, o’yingoh, vidyeotyeka, dizayn studiyasi, muzyey, musiqa-tyeatr muhiti, mashg’ulotlarni pryedmyet-rivojlantiruvchi muhiti, kompyutyer o’yingohlari kiradi.

Predmetli muhitga boshlang’ich talab – uni rivojlantiruvchi xaraktyeridir. U o’zining mazmun va jihatlari orqali ob'yektiv holda har bir bolaning ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratishi kyerak; dolzarb, jismoniy, psixik rivojlanishi va takomillashish maqsadiga xizmat qilishi, yaqin rivojlanish zonasini ta'minlashi kyerak.

Bola shaxsi rivojlanishining turli bosqichlarida ma'lumot olish muhitini kyerakli turli mavzular majmui, matyeriallar xilma-xilligini ta'minlash kyerak. Maktabgacha muassasalarni pryedmyet-o’yin muhitini zamonaviy, arxaik (qadimgi) va etnik (O’zbyekistonda yashovchi turli etnik guruhlarga tyegishli) o’yinchoqlar bilan ta'minlashni ko’zda tutish kyerak. Birinchisi bola psixikasini umuminsoniy sifatlarini saqlash va qayta tiklash uchun kyerak, ikkinchisi esa madaniy-ahloqiy va estyetik qadriyatlarni avloddan-avlodga saqlash uchun kuchli vosita bo’lib xizmat qiladi.

Bolani ijodiy rivojlanishi uchun katta zahira yangi axborot tyexnologiyalarini qo’llash bo’lib, bular maktabgacha yosh davriga o’yin orqali va ramziy-modyellashtirish faoliyatining boshqa turlari orqali kirishi mumkin. Yangi axborot tyexnologiyalari bolada informatsion jamiyatdagi hayotga motivatsion, intyellyektual va opyeratsional (oldinlab boruvchi) tayyorlikni shakllantiradi.

Ta'lim tizimining tuzilish birligi bo’lib, psixologik va ijtimoiylar xizmatlar hisoblanadi.

Psixologik xizmatning asosiy maqsadi – bolani to’laqonli psixik va shaxsiy rivojlanishiga yordam byeruvchi muhit bilan ta'minlash.

Ijtimoiy xizmat tyevarak-atrofdagi muhit doirasida – ta'lim muassasasida, oilada, bolalar uyushmalarida va boshqalarda bola shaxsini to’laqonli ijtimoiylashuvi, rivojlanishi va tarbiyalash uchun xizmat qiladi.

Bolalar psixologi faoliyatining asosiy turlari: psixologik maorif, psixoprofilaktika faoliyati, psixologik tashxis, psixologik maslahat byerish, rivojlantiruvchi va korryektsion faoliyat.

Ijtimoiy pyedagog faoliyatining asosiy turlari – ijtimoiy ta'lim bo’yicha ryegional dasturlar tuzish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, bolalar haq-huquqlarini himoya qilish, bola rivojlanishi va tarbiyasida oilaga ijtimoiy-pyedagogik qo’llashni ta'minlash, buni amalga oshirish uchun boshqa mutaxassislarni jalb etish, ijtimoiy xavf-xatarga moyil oilalar bilan ishlash, ijtimoiylashuvda qiyinchilik sezgan bolalarni, vasiylikka muhtojlarni hisobga olish, ekstryemal vaziyatdagilarga ijtimoiy-pyedagogik yordam byerish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va uni bolalar, ularning oilalarida qo’llash, ijtimoiy-psixologik muammolarni yechishda boshqaruv organlari, ijtimoiy muassasalar bilan birgalikda harakat qilish.

Maktabgacha ta'limni isloh qilish (o’zgartirish), boshqarish tizimida o’zgartirish kiritishni talab qiladi. Qishloq, viloyat, shaharda ryegion xususiyatlarini hisobga olgan holda haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarishning turli o’zgaruvchan shakllarini yaratish maqadga muvofiq.

Maktabgacha muassasalar ishini qayta qurish muassasadagi o’zgarishlar va ish mazmuni bilan bir qatorda yuqori turuvchi muassasalar bilan munosabatlardagi o’zgarishlarni ham o’z ichiga olishi kyerak.

Maktabgacha muassasa mudir va pyedagogik kyengash bilan hamkorlikda boshqariladi. Bu kengash doimiy faoliyat ko’rsatuvchi, pyedagogik xodimlarni o’z-o’zini boshqaruvchi kollyegial organ bo’lib hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tizimini isloh etish pyedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarda maxsus pyedagogik ma'lumotga ega bo’lgan yoki pyedagogik ma'lumotga ega bo’lib, qayta tayyorlashni o’taganlar ishlashlari zarur.

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi myehnatining ijtimoiy ahamiyati, samaraliligi va obro’si uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bu jarayonda kasbiy tayyorgarlikni diffyeryentsiatsiya tamoyilini tatbiq etish alohida ahamiyatga ega.

O’zbyekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalar tarbiyachisini tayyorlash huquqi pedagogik kollyej va oliy o’quv yurtlariga byerilgan.

Kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish abituriyentlarni o’quv ta'lim muassasalariga kirishda kasbiy yaroqlilikni aniqlash muhim omil bo’lishi mumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni diffyeryentsiatsiyalashtirish ular malakasini oshirish va qayta tayyorlashni diffyeryentsiatsiya jarayoniga imkon yaratadi.

Malaka oshirish kurslari o’z ishini shunday tuzishi kyerakki, tinglovchilar faqat ta'lim jarayonining zamonaviy usul va uslublari bilangina tanishmay, balki ularni qobiliyat va qiziqishlariga qarab qo’shimcha mutaxassislik bo’yicha bilim olishlari lozim. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim Kontseptsiyasining asosiy qoidalarini tatbiq etish maktabgacha ta'lim muammolarini hal qiluvchi barcha muassasalar harakatlarining o’zaro muvofiqligi va ular orasida bog’lanish va hamkorlik zarurligini ko’zda tutadi.

Qo’yilgan vazifalarni hal etish Ryespublika maktabgacha ta'lim ilmiy-uslubiy markazi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Markaz faoliyatiga quyidagi xizmatlar kirishi lozim: ilmiy, uslubiy, psixologik-pyedagogik, shuningdyek, ilg’or ta'lim tyexnologiyasi va o’quv-ko’rgazmali qurollar laboratoriyasi, tajriba-ekspyerimyental maktabgacha ta'lim muassasalari. Markaz faoliyat doirasida O’zbyekiston Ryespublikasida maktabgacha ta'lim yo’nalishlarini rivojlantirish, istiqbolli dasturlar tuzish uchun vaqtinchalik ijodiy ilmiy-uslubiy jamoalar tuzish ko’zda tutilishi kyerak.

Ilmiy xizmat - O’zbyekistonda maktabgacha ta'limning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy va ustuvor ryegional muammolar bo’yicha tadqiqotlar bilan shug’ullanishi kyerak. Bunga maktabgacha ta'lim muassasalarida pyedagogik jarayon mazmun va shaklini ishlab chiqish, o’zbyek-rus – ikki tillilik (ko’p tillilik - bilingvizm) muammosi, bolalarning rivojlanish darajasini psixologik, pyedagogik va ijtimoiy tashxis qilish usullari, pyedagoglarni kasbiy darajasi, oilaviy, maktabgacha va boshlang’ich ta'limning o’zaro munosabati, ta'limning shaxsiy-yo’naltiruvchi ustuvor modyeli mazmuni, usuli va tyexnologiyalari va bir qator boshqa dolzarb masalalar kiradi.

Uslubiy xizmat (fan yutuqlari va ilg’or tajriba asosida) uslubiy matyeriallar, o’quv-ko’rgazmali qurollar ishlab chiqish; ekspyerimyental maktabgacha muassasalar asosida yangi pyedagogik tyexnologiyalar aprobatsiyasini o’tkazish va ularni ommaviy amaliyotga tatbiq etish; pyedagogik tajribani o’rganish, umumlashtirish va kyeng tarqatish; pyedagogik jamoalar va alohida tarbiyachilarning yangi g’oyalarini, pyedagogik jarayonni tashkil etishda yangi shakllarni qidirishda ularni qo’llash va yordam byerish; mualliflik maktabgacha ta'lim muassasalarini ochishga yordam byerish, tarbiyachilar ijodiy uyushmalarini tashkil etish va boshqalardan iborat.

Psixologik-pyedagogik maslahat xizmati bolalar va ota-onalar bilan muloqotda qiyinchilik syezadigan pyedagoglarga maslahat byerish; tarbiyachilarni kasbiy shaxsiy-ahamiyatli sifatlarini tashxis qilishda yordam byerish; o’qitish, pedagog va psixologga yordam byeruvchi matyeriallar uslubini psixokorryektsiya qilish; bolalarni tyekshirish bo’yicha tyezkor qabul qilish va ularni alohida maktabgacha muassasalarga yuborish ishlarini amalga oshiradi.

Eksperimyental maktabgacha muassasalar asosida tajriba-ekspyerimyental ishlarni, yangi dastur, qo’llanma, maktabgacha yoshdagilarni tarbiyalash va o’qitish usullarini aprobatsiya qilishni, pyedagogik yangiliklarni tatbiq etishni tashkil etish kyerak.

Eksperimyental maktabgacha ta'lim muassasalar tarbiyachilari o’rindosh sifatida ilmiy xodim bo’lib ishlashlari va ilmiy ishlar olib borishlari mumkin.

Markaz qoshida psixologiya, pyedagogika, maktabgacha va oila ta'limi myetodikasi kafyedralari, maktabgacha tarbiya muassasalarda malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi, soha mutaxassislarini malaka oshirish oliy o’quv yurtlari va Markaz vakillari olib borayotgan ilmiy-uslubiy ishlar koordinatsiyasi bo’yicha Kyengash tashkil qilish zarur.

Maktabgacha yoshdagilarning ta'lim ishlariga kyeng jamoatchilikni jalb qilish va harakatlarni tyekshirish maqsadida Markaz O’zbyekiston Ryespublikasining turli ijodiy birlashma, uyushmalar, chyet el bilan aloqalar o’rnatish kyerak.

Maktabgacha ta'lim muassasalarini dasturiy-uslubiy ta'minlash.Maktabgacha ta'lim muassasalariga ta'limiy jarayon mazmunini tanlashda ijtimoiy muhim yondashuvga amal qilish mavjud bo’lgan “Uchinchi ming yillik bolasi” dasturini qaytadan ko’rib chiqishni, jamoatchilik hayotidagi hodisalar, milliy o’z-o’zini anglash, milliy istiqlol g’oyasi haqidagi tasavvurlarni bola ongida shakllantirish uslublarini shiddatli ishlab chiqishni talab qiladi.

Milliy o’z-o’zini anglashning shakllanishi – bu bolalar tomonidan ona tili, tarix, madaniyat, qadriyat va urf-odatlarni, “Vatan” tushunchasini egallash muammosidir. Bu maktabgacha yoshdagilarning ahloqiy rivojlanishi bilan bog’liq masalalarni hal qilishga katta ahamiyat qaratadi.

Maktabgacha yoshdagilarni o’qitish va ta'lim jarayonini amalga oshirish ko’p jihatdan ta'limni dasturlar, uslubiy qo’llanmalar, ta'lim va tarbiya byerish vositalari bilan ta'minlanganligiga bog’liq.

Rivojlantiruvchi pryedmyetli-o’yin muhiti – bola faoliyati matyerial ob'yekti tizimining elyemyentlaridan biri bo’lib, o’yin faoliyatini tashkil etish uchun o’yin matyeriallari bilan to’yingan. U quyidagi tarkibiy qismga ega:



  • tashkil etilgan katta o’yin maydoni;

  • o’yinchoqlar;

  • o’yin anjomlari;

  • har xil turdagi o’yinlar, o’yin matyeriallari (o’rindosh-pryedmyetlar va boshqalar).

Maktabgacha ta'lim muassasasining muayyan guruhida pryedmyetli-o’yin rivojlantiruvchi muhitni loyihalashtirganda, uni tuzishdagi asosiy tamoyillariga amal qilish zarur:

  • bola tomonidan o’yin mavzusini, o’yin syujyeti, u yoki bu o’yinchoqlarni, o’yin joyi va vaqtini tanlash huquqida namoyon bo’luvchi erkinlikni ta'minlash tamoyili;

  • univyersallik, egiluvchanlik, harakatchanlik tamoyili bolalarga mustaqil va pyedagog bilan birgalikda o’yin turi va mazmuniga mos ravishda uning muhitini yaratish va o’zgartirishga; mustaqil o’yin faoliyati uchun turli shakllarini tashkil qilishda undan foydalanishga imkon byeradi;

  • turg’un va dinamiklik tamoyili: muhit qotib qolgan, yakunlangan bo’lishi kyerak emas, uni davriy ravishda o’zgartirib turish kyerak, “bolalarni o’zgarib turuvchi imkoniyatlari, kayfiyati, didi”ga mos holda, bola qabul qilishining o’ziga xosligini hisobga olib yangilab turish kyerak;

  • tizimlilik tamoyili: o’yin maydonining bir butunligini tashkil etuvchi muhitni alohida elyemyentlari va boshqa pryedmyetlarni bir miqyosdaligi;

  • badiiy muhandislik (dizaynyerlik) loyihalashtirish tamoyilining asosiy qismi - bolaning o’yin faoliyatini funktsional antropomyetrik va ergonomik (pryedmyetli o’yin muhitida muskul ishini va umumiy charchashni yo’qligi) ko’rsatkichlarini inobatga olish.

Rivojlantiruvchi pryedmyetli-o’yin muhitini tavsiflashda uning dominant sifatlarini ajratish lozim:

  • rivojlantiruvchi xaraktyeri: u o’zining mazmun va xususiyatlari orqali ob'yektiv holda har bir bolani ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratishi kyerak, dolzarb jismoniy va psixik rivojlanish maqsadlariga xizmat qilishi kyerak, “yaqin rivojlanish” zonasini ta'minlashi kyerak;

  • bolalar yoshini psixofizik o’ziga xos xususiyatlariga mosligi;

  • jamiyatda qabul qilingan erkaklik va ayollik xususiyatlar (jinsiy farqlarni hisobga olish) namunasiga mos holda qiz va o’g’il bolalarga o’z mayillarini namoyon etish uchun imkon byerish;

  • o’yin matyeriallari tarkibiga kiruvchi estyetik va gigiyenik ko’rsatkichlarning ilmiy asoslanganligi;

  • pryedmyetli-o’yin muhitning tarkibiy qismlarini va intyeryerning boshqa pryedmyetlariga miqyosiy jihatdan bir-biriga mos kyelishi: intyeryerda ortiqcha pryedmyetlar bo’lmasligi kyerak, u o’yin vositalari bilan estyetik tomondan uyg’unlashuvi;

  • muhitning funktsional ishonchlilik va xavfsizlik darajadagi qulayligi;

  • tabiiy estyetik muhit foni sifatida milliy sayqallikni (kolorit) tashkil etish;

  • ochiqlik va hammaboplik – pryedmyetli-o’yin muhit matyeriallari bolani ko’z ostida bo’lishi yoki ular yaqin joylarda bo’lib, kattalar yordamisiz bola ularni olishi mumkin bo’lishi kyerak.

Rivojlantiruvchi pryedmyetli-o’yin muhitini yaratishda bolalarni faol ishtirok ettirish kyerak, bunda ularni individual xususiyatlari, moyilliklarini hisobga olish kyerak. Bunday amaliyot bolani muhitga ongli munosabatini shakllanishiga, muhit tarkibiy qismlarini bir-biriga bog’liqligini tushunishga, o’z xohishlarini boshqalar bilan kyelishgan holda hal etish va ko’nikmalarini anglashga yordam byeradi.

Maktabgacha yoshi davrida o’yin va o’yinchoqlarga alohida ahamiyat qaratiladi. O’yinchoq har doim ma'lumot byeruvchi bo’lib, pryedmyetlar va insonlar munosabatlarini anglashga, bolani estyetik, intyellyektual, ahloqiy rivojlanishiga yordam byeradi. O’yinchoq sifatining alohida ahamiyatiga bog’liq ravishda uni ekspyertizadan o’tkazish myexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish, unga qo’yiladigan psixologik-pyedagogik va tibbiy talablarni qonuniy tasdiqlash zarur.

Ta'lim vositalari orasida kattalar va bolalar o’zaro ta'sirining shaxsiy yo’nalganligini ta'minlovchi qo’llanmalar asos qilib olinishi kyerak (shaxsiy daftarlar, albomlar, flomastyerlar, qalamlar, bo’yoqlar va b.).

Yaratilayotgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta'lim bo’yicha davlat talablarini amalga oshirishni, bolalar bilan ishlash, ular rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini ta'minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar va maktabgacha ta'limning boshqa mutaxassislari uchun yaratilgan yangi avlod darsliklari va o’quv qo’llanmalari alohida o’rin egallashi kyerak.

Maktabgacha ta'limda pyedagogik tyexnologiyalar.O’zbyekiston Ryespublikasining maktabgacha tarbiya muassasalarida amaliy yoki aqliy vazifalarni hal qilishda umum qabul qilingan usullaridan foydalanishni taxmin qiluvchi pyedagogik tyexnologiyalarni shiddatli izlash va mavjud an'anaviy “Myen kabi bajar” tyexnologiyalarini rivojlantirish – qayta tiklash (ryeproduktiv) olib borilmoqda.

Pyedagogik tyexnologiya dyeganda, ta'limiy maqsadlarni samarali amalga oshirishga imkon byeruvchi ta'lim va tarbiya jarayonining nazariy asoslangan vosita va usullari majmuini amalga oshirish tushuniladi.

Maktabgacha ta'limda pyedagogik tyexnologiyadan foydalanishda ta'limiy maqsadlar bir xil byerilib, ob'yektiv bosqichma-bosqich o’zgarishlar va erishilgan natijalarni yakuniy baholash imkoniyatining saqlanishiga mos holda ilmiy loyihalashni mo’ljallaydi.

Zamonaviy rivojlanuvchi pyedagogik tyexnologiyalar ta'lim jarayoniga, shuningdyek, bola psixik jarayonlari taraqqiyotiga, uning shaxsiy sifatlari, intyellyektual-ijodiy qobiliyatlari, jismoniy rivojlanishi shakllanishiga yo’naltirilgan.

Ta'limni insonparvarlashtirish sharoitlarida pyedagogik tyexnologiyalar pyedagog tomonidan bolani ijobiy idrok qilishga, ya'ni uni qanday bo’lsa, shundayligicha idrok qilish; shaxs ichki dunyosiga yo’nalganlik, bolaga tabiat tomonidan in'om etilgan xususiyatlarni aniqlash va ochish; yaqin kyelajak rivojlanish zonasida o’qitish; ixtiyoriy ravishda tarbiyalash; pyedagogik qo’llab-quvvatlash pozitsiyalarida; erkinlik va ijod pozitsiyalarida; maktabgacha yoshi davrining asosiy yetakchi faoliyati – o’yin imkoniyatlaridan (pyedagogik va psixologik) foydalanish; ta'lim va tarbiya jarayonini amalga oshirish hamma vaqt baholashni, tahlilni va bu jarayon natijalarini hisobga olishni talab qilganligi sababli turli pyedagogik tyexnologiyalarni diagnostik asosda yaratish lozim. Ta'lim samaradorligi bolaning ilm olish ta'siriga qanchalik byerilganligiga bog’liq. Pyedagogik tyexnologiyaning muvaffaqiyati bolaga oliy nye'mat dyeb qarash, unga ishonish, hammuallif sifatida uni tan olish, uning barcha haq-huquqlarini saqlash munosabatlari bilan ta'minlanishi zarur. Maktabgacha ta'lim samaradorligini boshqarish algoritmini, ya'ni qo’yilgan o’quv yoki tarbiyaviy maqsadlarga erishishda bola bilish faoliyatini nazorat qilish va koryektsiyalashning qoidalar tizimi bilan aniqlash zarur.

Nazorat uchun savollar .


  1. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim konsepsiyasining yaratilish tarixi to’g’risida nimalarni bilib oldingiz?

  2. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim konsepsiyasining asosiy mazmuni haqida ma’lumot bering?

  3. Islohqilingan ta'lim tyexnologiyasining didaktik modyeli to’g’risida fikringiz?.

  4. Pedagogni maktabgacha ta'limda shaxsiy yondashuvni amalga oshirishga tayyorlik ko’rsatkichlari qaysilar?

  5. Maktabgacha ta'lim tizimining tuzilish tavsifi to’g’risida ma’lumot bering?



Yüklə 165,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə