Samarqand davlat universiteti


Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə3/49
tarix05.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI

Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
Bola rivojlanishning turli tomonlarini har xil fanlar- anatomiya, fizalogiya, oliy nerv faoliyati fizalogiyasi, gigena, enigrafiya va boshqalar o’rganadi. Tugi’lgandan yetuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o’rganish esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi-bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar
psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir.
L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o’zgarib borgan. Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh davirlari, bir yosh davridan boshqasiga o’tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalarning qanchalik to’g’ri rivojlanayotgani va faoliyat ko’rsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo’lsa, uni nimaning hisobiga kopensatsiyalash mumkinligini o’rganadi.
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi ko’zatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishning tobora chuqurroq o’ganish natijasida ro’y bermoqda
Fanining asosiy kategoryalari. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoryalari ya’ni tushunchalari qatoriga quydagilar kiradi: “yosh “ “bolalik”, “taraqqiyot”, “o’sish”, “determinism”, “geteroxronlik”, “tizimlilik”. Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bo’lardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati”,“yetakchi faoliyat tipi” va boshaqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg’or tadqiqotlar natijasida shakillangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o’rganish ma’lum ma’noda ushbu fanining kategoriyalarini o’zlashtirishdan iborat.Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to’htalib o’tamiz:
Bolalik – ontogenezining daslabgi davrini belgilash uchun {tug’ilgandan o’smirlikkacha bo’lgan davrni belgilash uchun } qo’llanadigan tushuncha. Yosh davrlarning an’anaviy tasnifga ko’ra bolalik- go’daklik {tug’ilgandan 1yoshgacha },ilk bolalik {1yoshdan 3yoshgacha}, maktabgacha yosh {3yoshdan 6-7yoshgacha} va kichik maktab yoshi {6-7 yoshdan 10-11yoshgacha} davrni o’z ichiga oladi. Bolalik jadal pisixik taraqiyot davridir.
Taraqqiyot –narsa yoki hodisalarning vaqt o’tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o’zgarishi natijasida yuqoriroq dasrajaga ko’tarilish.
Psixika taraqqiyoti – tug’ulgandan boshlab yosh davrlari o’tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh- individ psixika taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo’lgan bosqichi.
Psixika taraqqiyotining har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va pisixologik o’zgarishlar ko’zatiladi. Odatda p5sixologiyada xronologik va pisixologik yosh ajratiladi.
Xronlogik yosh inson tug’ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rvojlanishi darajasini aks ettirib, ko’pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turli yoshdagi odamlar uchun mo’ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotning o’ziga hos ko’rsatkichi – intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient inglis tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə