Samarqand davlat universiteti


Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/49
tarix05.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI

Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Falsafa va bolalar psixologiyasi.
Falsafa-tabiat, jamiyat va insosixologiyyan taraqqiyotiningeng umumiy qonunlari haqidagi fan. Falsafa qonunlari boshqa fanlarning, shu jumladan, bolalar psixologiyasi fanining qonunlari bo’lib hisoblanadi. Masalan, falsafa qonunlari orasida dialektika ta’limotining uch qonuni qarama qarshiliklar birligi va kurash, miqdori o’zgarishlarning sifat o’zgarishlariga o’tish, inkorni inkor etish qonunlari asosiy o’rnni egallaydi. Bola taraqqiyoti ham qaramq-qarshiliklar birligi va kurashi, ya’ni mavjud ehtiyojlar bilan bolaninig real imkoniyatlari o’rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa qonunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asosi bo’lib xizmat qiladi.
Pedagogika va bolalar psixologiyasi.
Pedagogika- ta’lim va tarbiya qonunlari, metod va usullari haqidagi fan. U ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o’rnini ochib beradi. Pedagogika va psixilogiya fanilarning insonga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi hamkorligi chuqur tarixga ega. O’z davrida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining rejasini ishlab chiqish uchun inson haqidagi barcha fanlarning yutuqlariga tayanishi kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya markaziy o’rin egallashini ta’kidlagan edi. Bolaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib ta’lim-yarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim va tarbiyasi o’yin usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu davirda o’yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.
Tibbiyot va bolalar psixologiyasi.
Tibbiyot-inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklarni oldini olish va ularni davolash, shuningdek, salomatlikni mustaxkamlash haqidagi fan. Tibbiyot va psixologiyaning o’zaro hamkorligi natijasida psixosomatika-psixologik omillarning salomatlikka kasalliklar kelib chiqishiga ta’sirini o’rganadi. Bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarning manbai psixologik xaraktirga egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bronxial astma bilan og’rigan kasallarning ko’pchiligida bolaligidan ota-onalari his tuyg’ularni erkin ifodalash, tashabbus ko’rsatish imkoniyatini chigaralaganlar.
Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Umumiy psixologiya-umumiy psixologik qonuniyatlarni, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, mitodlarni o’rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlaridir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va operatsiyalari haqida umumiy tasavvurni hosil qiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkurning qanday xususiyatlar kasb etishi, uning qanday rivojlanishini o’rganadi. Bunda u, umumiy psixologiyadagi qarashlarga tayanadi,uning metodi va kategoriyalaridan foydalanadi.
Itimoti psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Itimotipsixologiya – psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, insonlarning ijtimoiy guruhlarning o’zini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyotini o’rganar ekan albatta, bolalar guruhi bu guruhda bolalar o’rtasida amalgam oshuvchi munosabatlarni e’tibordan chetda qoldirmaydi.Bolalar psixologiyasi, ayniqsa bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bo’lgan muloqati va uning bola rivojlanishiga ta’sirini o’rganishga alohida e’tibor qaratadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o’rni
Bolalar psixologiyasi –yosh psixologiyasi fanining bo’limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik hodisalarning o’zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog’liq ravishda o’zgarishini tadqiq etadi.
Yosh psixolgiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat:
a)turli psixofiziologik funkisyalarning yoshga oid me’yorlarini ilmiy jihadan asoslab berish;
b)individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;
c)hayotning turli bosqichlarida insoning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo’lishini aniqlashi;
d)inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o’ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.
Ushbu muammolarni hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida-bolalik, o’spirinlik, yetuklik va qarilikda uning psixikasida ro’y bergan o’zgarishlarni chuqur o’rganish talab etiladi.
Ayrim o’rinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixologiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to’g’ri deb baholash mumkin emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi o’rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqiyoti bilangina cheklanib qolmaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə