4 - MAVZU:
|
A.N.LEONTYEVNING FAOLIYAT NAZARIYASI VA V.N.MYASISHCHEVNING MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASIDA BOLA PSIXIK TARAQQIYOTI QONUNIYATLARINING YORITILISHI
|
Talabalar soni:
|
O’quv vaqti2- soat
|
Mashg’ulot shakli:
|
Axborot ma’ruza
|
Maruzaning rejasi
|
1 A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasi mazmuni.
2. A.N.Leontyev nazariyasida bolalarda o’yin faoliyati.
3. V.N. Myasishchevning faoliyat nazariyasi mazmuni.
4. V.N. Myasishchev nazariyasida bolalarda munosabatlarning rivojlanishining ong taraqqiyotidagi o’rni.
|
Mashg’ulotning maqsadi: : Talabalarga bolalar ruhiyatining rivojlanishi to’g’risida psixolog A. N.Leontevn va V.N. Myasishchevning nazariyalari to’g’risida bilimlar berish.
|
Ma’ruza mazmuni.Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyat inson ongi shakllanishining sharti va omili, ong faolligining shaklidir. A.N.Leontyev o'z izlanishlarida faoliyatnng bola taraqqiyotiga ta'siri muammosini ham chuqur o'igangan. Tadqiqot natijasida faoliyat nazariyasi doirasida "yetakchi faoliyat" tushunchasi shakllandi.Yetakchi faoliyat deganda taraqiqotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik o'zgarishlarga sabab bo'luvchi faoliyat tushuniladi.
V.N. Myasishchev insonning rivojlanishida faoliyatning rolini kamsitmagan holda odamlar o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordamni talab qiluvchi munosabatlar tarkib topmagan taqdirda faoliyatning o'zi asosiy psixik sifatlarning shakllanishida neytral jarayon bo'lib qolishi mumkin, degan xulosaga keladi
|
|