Samarqand Davlat veterenariya meditsinasi, Chorvachilik va Biotexnologiyalar Universiteti mavzu



Yüklə 63,55 Kb.
səhifə3/3
tarix17.12.2023
ölçüsü63,55 Kb.
#150132
1   2   3
tirkashev 2

2.3. Talab va taklif funksiyalari
Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo‘lishi, u o‘rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o‘rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.
Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu erda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funksiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Funksiya - bu matematik tushuncha bo‘lib, bog‘liq o‘zgaruvchi bilan erkin o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlikni ifodalaydi.
Agar funksiya bitta bog‘liq o‘zgaruvchi bilan, bitta erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, unga bir o‘zgaruvchili funksiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:

Agar funksiyada erkin o‘zgaruvchilar soni -ta bo‘lsa, , u holda o‘zgaruvchili funksiyani olamiz:

Bir o‘zgaruvchili funksiyaga misol sifatida narxga bog‘liq bo‘lgan talab funksiyasini qarash mumkin:

bu erda: - talab miqdori; - bir birlik mahsulot narxi.
Talab funksiyasi mahsulot narxi bo‘lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o‘quvchi daftariga bo‘lgan talab va daftar narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi jadvalda berilgan.

Bitta daftar narxi, so‘m ( )

10

20

30

Talab, (dona)

18

12

6

Bu jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik, teskari bog‘liqlikdir. Nima uchun deganda, narx (argument) o‘sishi bilan talab miqdori (funksiya qiymati) kamayib boradi.


Jadvaldagi bog‘liqlik grafik ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin (8-rasm):

8-rasm. Talab va narx o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi.


Jadvaldagi talab bilan narx o‘rtasidagi bog‘liqlik analitik, ya’ni funksiya shaklida berilganda u quyidagicha yoziladi:
,
yoki talab funksiyasiga teskari funksiya

ko‘rinishida yoziladi.
Ushbu funksiyalardagi va lardan biriga, uning jadvaldagi qiymatlarini qo‘ysak, mos holda ikkinchisining qiymatini aniqlaymiz. Umuman olganda, chiziqli bir o‘zgaruvchili talab funksiyasi quyidagicha yoziladi:

bu erda va , va parametrlar statistik ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
CHiziqli talab funksiyasining grafigi quyidagi tartibda aniqlanadi. Narx bo‘lganda, talab bo‘ladi . Narx ga teng bo‘lganda, talab bo‘ladi. Olingan qiymatlar grafikda ifodalanib, talab chizig‘i grafigini olamiz: talab funksiyasi chiziqli bo‘lgani uchun, narx noldan gacha o‘zgarganda, talab ning qiymati to‘g‘ri chizig‘i ustida yotadi



1Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.. –P.-52


Yüklə 63,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə