Samarqand Iqtisodiyot va Servis inistituti akademik litseyi,,Xorijiy Filologiya fakulteti



Yüklə 13,58 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü13,58 Kb.
#112140
Malika mustaqil ish


Samarqand Iqtisodiyot va Servis inistituti akademik litseyi ,,Xorijiy Filologiya" fakulteti
208-guruh
Ish yurituvchi fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida ish yuritish faoliyatini tashkil etish.


Topshirdi:Majidova M
Qabul qildi: Ochilova Z
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida ish yuritish faoliyatini tashkil etish.


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da F.oʻ.oʻ.b.o. huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, F.oʻ.oʻ.b.o. quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F.oʻ.oʻ.b.o. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. F.oʻ.oʻ.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.
Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (2004 yil 29 agtr.).
Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayir-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan mablag'lar orqali ta'minlanishi mumkin.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shuningdek ularning chegaralarini o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishining tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shuningdek uning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yo‘l qo‘ymaydilar, fuqarolarga o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashadilar.Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi.
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:


fuqarolar yig‘inining nomi;


fuqarolar yig‘inining hududi;


fuqarolar yig‘ini va uning organlari vakolatlari;


fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi;


fuqarolar yig‘ini kengashini tuzish tartibi;


fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi;


fuqarolar yig‘ini komissiyalarini tuzish tartibi;


fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining vakolatlari;


fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;


fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.


Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.


Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9–10-son, 149-modda).“O’zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini har tomonlama yaxshilash – to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyani amalga oshirishning asosiy yo‘lidir. Biz jamoat boshqaruvida mahalla faoliyati ahamiyati va samaradorligini oshirish, uni xalqqa amaliy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil, kuchli va ta’sirchan fuqarolik institutiga aylantirish tarafdorimiz”. Bu g‘oya O'zLiDePning saylovoldi dasturi (platformasi)da e’lon qilingan edi. Bugungi shiddatli islohotlar davrida mahallaning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yig‘inlari ishini tashkil etishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun normalarining samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy qilishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Buning uchun esa, mazkur tizimning huquqiy asosi hisoblangan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilishga ehtiyoj sezilmoqda. Ayni paytda parlament quyi palatasida yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan ishchi guruhi tuzilib, uni takomillashtirish bo‘yicha qizg‘in ish olib borilmoqda. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi amaldagi qonun 33 moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi qonun loyihasining 71 moddadan iborat ekanligining o‘zi amaldagi qonun normalarida to‘liq qamrab olinmagan fuqarolar yig‘inlari faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga alohida e’tibor qaratilganligidan dalolat beradi. Xususan, qonun loyihasida alohida bobda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda xodimlarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasi, faoliyatining kafolatlari belgilanmoqda. Bu qonun loyihasidagi juda katta muhim o‘zgarish, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jumladan, qonun loyihasining 51-moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlanmoqda, ya’ni ular faoliyatiga asossiz aralashish, ularga taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash yoki bajarishga majburlash; ularni vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish mumkin emasligi; ularning qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifa, buyruq, farmoyish yoki boshqa topshiriqlarni bajarishni rad etish huquqiga ega ekanligi; ulardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ma’lumotnoma, tahliliy material va statistik ma’lumotlarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ma’lumot va materiallarni taqdim etilishini talab qilish hamda Fuqarolar yig‘inlari balansida bo‘lgan binolarni boshqa shaxslarga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qo‘yish ta’qiqlanishi; Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari o‘ziga nisbatan qabul qilingan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.
Shuningdek, endilikda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yig‘ini raisi va xodimlari faoliyatining kafolatlarini buzganlik qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonun loyihasining 52-moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga e’tibor qaratilib, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining ijtimoiy himoyasi ularning sog‘lig‘ini saqlash, vazifalarini vijdonan bajargan va ijobiy natijalarga erishgan xodimlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, shu jumladan davlat mukofotlariga tavsiya etish orqali ta’minlanadi.
Yana bir muhim jihat - qonun loyihasining 9-moddasida Fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun fuqarolar yig‘inlari geografik joylashuvi va aholisi soni bo‘yicha toifalarga ajratilgan.Jumladan, Fuqarolar yig‘inlari geografik joylashuvi bo‘yicha shaharda, tuman markazida, tuman markazigacha 30 km bo‘lgan masofada, tuman markazidan 30 km va undan olis masofada, tog‘li va cho‘l hududida, chegara (yoki anklav) hududda joylashgan fuqarolar yig‘inlariga bo‘lingan bo‘lsa, aholi soni bo‘yicha 1000 nafargacha, 1001-2000 nafargacha, 2001-4000 nafargacha, 4001-6000 nafargacha, 6001-8000 nafargacha va 8000 nafardan ziyod aholisi bo‘lgan fuqarolar yig‘inlariga bo‘linishi belgilanmoqda.
Masalaning bu jihatga nima uchun e’tibor qaratmoqdaman? Chunki masalaning bu jihati qonun loyihasining 54-moddasida keltirilgan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mehnat munosabatlari bilan muvofiqlashtirilishi zarur, deb hisoblayman. Sababi - Fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, mahalliy budjetlardan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini moliyalashtirish xarajatlari tegishli tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan amalga oshirilar ekan, Fuqarolar yig‘ini xodimlari mehnatiga lavozim maoshi shaklida haq to‘langanda va ular mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari, mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar, yillik mehnat ta’tillari qonun hujjatlarida belgilanayotganda fuqarolar yig‘inlarining geografik joylashuvi va aholisi soni bo‘yicha toifalar albatta inobatga olinishi kerak.
Yuqoridagilar asosidagina jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlovchi mazkur tizimning o‘zida avvalo ijtimoiy adolat ta’minlanadi va o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining ijtimoiy himoyasi kuchayadi.
Yüklə 13,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə