Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar



Yüklə 5,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/202
tarix27.06.2022
ölçüsü5,08 Mb.
#90152
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
173 Statistika U Hudayberdiyev Oquv qollanma 2019-1












 
 



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 
 
 
 
HUDAYBERDIEV UMAR 
 
 
 
STATISTIKA 
 
 
 
 
 
1
0
1
1
q
P
q
P
J
p



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
S A M A R Q A N D – 2019 
 
 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 
 
 
MENEJMENT VA STATISTIKA KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
STATISTIKA 
 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
S A M A R Q A N D – 2019 
Hudayberdiyev U. Statistika. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 
SamISI, 2019 – 
245
 bet. 



 
Loyiha rahbari: institut rektori, i.f.d., M.E.Po‘latov 
Taqrizchilar: i.f.d., prof. M.Q.Pardayev (SamISI) 
i.f.n. D.K.Usmanova (SamDU) 
Institut 
Ilmiy Kengash
ida 2018 yil
26 – noyabr (bayon № 4)
muhokama
qilingan va chop etishga ruhsat 
berilgan.
O‘quv qo‘llanma 610000 “Xizmat ko‘rsatish sohasi” 
yo‘nalishilari namunaviy dasturi bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, ikki 
bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limda statistikaning predmeti, statistik 
kuzatish, jamlash va guruhlash, mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar, 
dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar kabi nazariy mavzular 
yoritilgan. Qo‘llanmaning ikkinchi bo‘limida aholi va mehnat 
resurslari, milliy boylik, milliy hisoblar tizimi, moliya-kredit tizimi, 
aholi turmush darajasi kabi statistikaning ijtimoiy-iqtisodiy 
mavzulariga bag‘ishlangan. Qo‘llanma sodda va tushunarli tarzda, 
misollar va savollar bilan to‘ldirilgan xolda yoritilgan. 
O‘quv qo‘llanmadan statistika fani o‘qitiladiagn barcha yo‘nalish 
talabalari va statistikaga qiziquvchilar foydalanishi mumkin. 
Kafedraning 2018 yil 17- oktyabrdagi
3-yig‘ilishida muhokama qilingan
va chop etishga tavsiya etilgan. 
© Samarqand,
SamISI, U. Hudayberdiev 2018. 



KIRISH 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar mamlakat va uning hududlarini 
rivojlantirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat natijalarini 
o’rganish, aholining bandligi va turmush darajasini aniqlashda keng 
qo’llanadi. Bunday ijtimoiy – iqtisodiy ko’rsatkichlar mohiyatini, 
qanday hisoblanishini va mamlakat bo’yicha jamlanishini statistika 
fanida o’rganiladi. Shuning uchun ham talabalar zamon talabiga javob 
beradigan yetuk mutaxassislar bo’lib yetishlari uchun yetarli miqdorda 
o’quv adabiyotlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu borada darslik, 
o’quv qo’llanmalarining yetarli miqdorda chop etilmasligi, ayniqsa 
statistika fanidan uning nazariy asoslariga ko’proq ahamiyat berilib, 
tarmoqlar, 
xususan 
xizmatlar 
sohasi 
statistikasi 
bo’yicha 
adabiyotlarning deyarli yo’qligi, ushbu o’quv qo’llanmaning zarurligini 
taqozo etadi. Bozor munosabatlari sharoitida xizmatlar turlari ko’payib, 
yuqori su’ratlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning salmoqli 
tarmog’iga aylanib bormoqda. 
O’quv qo’llanma namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, ikki 
bo’limdan iborat. Qo’llanmaning birinchi bo’limi statistikaning nazariy 
asoslariga bag’ishlangan. Unda statistikaning predmeti mohiyati
statistic kuzatish, ma’lumotlarni jamlash va guruhlash; mutloq, nisbiy 
va o’rtacha miqdorlar, hodisalarning o’zaro korrelyatsion bog’lanishi, 
ularning davr mobaynida dinamik o’zgarishi, iqtisodiy indeks kabi 
usullar sodda va tushunarli tarzda yoritilgan. O’quv qo’llanmaning 
ikkinchi bo’limi, ijtimoiy – iqtisodiy statistika masalalari; aholi soni va 
mehnat resurslari, milliy boylik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, 



moliya – kredit tizimi hamda aholi turmush darajasini ifodalovchi 
ko’rsatkichlar mohiyatlarini yoritishga bag’ishlangan. 
Qo’llanmaning alohida bobida xizmatlar ko’rsatish sohasi: savdo 
va ovqatlanish, transport, sug’urta va turizm xizmatlari asosiy iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning mohiyatini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini 
yoritishga qaratilgan. Bu masalalar mamlakatning keyingi davrdagi 
statistik raqamlari bilan to’ldirilgan holda tushuntirilib, izohlanib 
berilganligi, talabalarning nazariy va amaliy ahamiyatga molik 
bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Har bir bobda tayanch 
iboralar, o’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar va testlar berilgan. 
Ular talabalarning mavzularni yaxshi o’zlashtirishiga ko’mak beradi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan statistika fani o‘qitiladigan barcha 
yo‘nalish talabalari va unga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
 
O’quv qo’llanmada kamchiliklar, noaniqliklar bo’lishi mumkin. 
Ular bo’yicha qilingan taklif va maslahatlarni muallif bajonidil qabul 
qiladi. O’quv qo’llanma muallifi taqrizchilarga va uni nashrga 
tayyorlashda 
ko’maklashganlarning 
barchasiga 
chuqur 
minnatdorchiligini bildiradi.

Yüklə 5,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə