Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari ” fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/4
tarix20.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#87402
  1   2   3   4
Qodirova Madina

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “XIZMATLAR SOHASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ” FANIDAN

 

M U S T A Q I L I S H

 Xizmat ko‘rsatish korxonasining elektron biznes rejasini tuzish.

Bajardi: Qodirova Madina

 

Tekshirdi: Jomonqulova Fazilat Esirgapovna

 

SAMARQAND – 2022 Xizmat ko‘rsatish korxonasining elektron biznes rejasini tuzish

  • Reja:
  •  
  • 1. Kirish.
  • 2. Asosiy qism.
  • 2.1 Korxonada elektron biznesning mohiyati.
  • 2.2 Korxona elektron tijorati.
  • 2.3 Elektron biznesning paydo bo‘lishining shart-sharoitlari.
  • 2.4 Elektron biznesning avzalliklari.
  • 3. Xulosa.
  • 4. Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar.

1. KIRISH

Jahon hamjamiyatining ko‘zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo‘lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o‘sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki erkin axborot oqimining ta‘minlanishi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi. Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o‘z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo‘llanishi yotadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin.

  • O‘zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo‘lgan holatdagina sodir bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. “Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə