Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Kurak suyagini ko’tarib turuvchi muskullar



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə22/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Kurak suyagini ko’tarib turuvchi muskullar

1-pastki tishsimon muskulning ko’rak qismi, 2-bo’yin qismi, 3-romsimon muskulnig bo’yin qismi, 4-ko’krak qismi.



Elkani bosh, bo’yin va tanaga birlashtiruvchi muskullar:
Ko’krak–elka – bosh muskuli – m. sternobrachiocephalicuslenta shaklida, elka va to’sh suyaklari o’rtasida joylashib, ikki qismdan iborat: yuqorigi – elka–bosh muskuli; pastki – to’sh –bosh muskuli.
Elka–bosh muskuli – m. brachiocephalicus - yakka va pastki jag’ suyaklaridan boshlanib, elka suyagining deltasimon tarog’ida tugaydi.
To’sh–bosh muskuli – m. sternocephalicus - chakka va pastki jag’ suyaklaridan boshlanib, to’sh suyagining dastasida tugaydi. Muskul oralig’ida ariqcha bo’lib, unda bo’yinturuq vena – vena jugularis joylashadi. Funktsiyasi: oldingi oyoqni old tomonga tortadi, elka bo’g’imini yozasi, bosh va bo’yinni egadi.
Elkaning keng muskuli – m. latissimus dorsi - ko’krak qafasining yuqorigi va yon qismini o’rab turadi, 3-nchi ko’krak umurtqasi hamda oxirgi bel umurtqasigacha bo’lgan oraliqdan boshlanib, elka suyagining ichki yuzasida tugaydi. Funktsiyasi: oldingi oyoqni orqaga tortadi, ko’krak qafasini siqib nafas chiqarishga yordam beradi.
Ko’krak muskullari – m.m. pectoralis - ko’krak devorining pastki qismi bilan elka suyaklari oralig’ida joylashadi. Muskul yuza va chuqur qavatlardan tashkil topgan. Ko’krakning yuza muskuli – m. pectoralis supericialis - elka va elka oldi qismlariga bo’linadi. Har ikkalasi ham to’sh suyagining oldidan boshlanib, ikki boshli muskul fastsiyasida va elka suyagining tarog’ida tugaydi. Funktsiyasi: oldingi oyoqni oldingi tomonga tortadi, tanani oldinga itaradi. Ko’krakning chuqur muskuli – m. pectoralis profundus - kuchli taraqqiylashgan bo’lib, elka qismi – pars brachialis chin qovurg’alar ustidan boshlanadi va elka suyagining katta–kichik do’ngliklarida tugaydi; old qismi – pars praescapularis 2–4-nchi qovurg’alar ro’parasidan boshlanadi va kurak suyagi oldiga o’tib, muskul fastsiyasida tugaydi. Funktsiyasi: elka bo’g’imini yozadi va oyoqni tanaga birlashtiradi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə