Sambo kurashining qoidalari



Yüklə 2,73 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#140055
Sambo kurashining qoidalari

Sambo kurashining qoidalari

  • Reja 1.Sambo kurashi haqida 2.Sambo kurashi qoidalari

Sambo (rus. - qurolsiz o‘zini himoya qilish) - sport kurashi turi. Unga kurashning milliy turlaridagi eng samarali usullar asos qilib olingan. 20-asrning 30 yillarida SSSRda paydo bo‘lgan. Samboning sport (kurash) va jangovar turlari mavjud. Sambo kurashida kurashchilar maxsus belbog‘li kalta yaktak kiyadilar. Samboda raqibining qo‘l va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qo‘liga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan

Samboda o‘z oyog‘ida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki og‘rituvchi usul qo‘llanganda raqib o‘zini mag‘lubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar bo‘yicha farq 12 taga yetsa, raqib man etilgan usulni qo‘llab jazolansa sof g‘alaba qayd qilinadi.

  • Samboda o‘z oyog‘ida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki og‘rituvchi usul qo‘llanganda raqib o‘zini mag‘lubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar bo‘yicha farq 12 taga yetsa, raqib man etilgan usulni qo‘llab jazolansa sof g‘alaba qayd qilinadi.

Raqiblardan biri sof g‘alabaga erisha olmasa, olishuv natijasi sportchilarning to‘plagan ballariga qarab aniqlanadi. Jangovar Samboda kurashchilar boshga shlem, qo‘llariga barmoqlari ochiq qo‘lqop kiyib, og‘izga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobaqalashadilar. Jangovar Samboda tepish, urish, og‘rituvchi usullar qo‘llash va bo‘g‘ish mumkin. Kurash 10x10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda o‘tkaziladi

  • Raqiblardan biri sof g‘alabaga erisha olmasa, olishuv natijasi sportchilarning to‘plagan ballariga qarab aniqlanadi. Jangovar Samboda kurashchilar boshga shlem, qo‘llariga barmoqlari ochiq qo‘lqop kiyib, og‘izga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobaqalashadilar. Jangovar Samboda tepish, urish, og‘rituvchi usullar qo‘llash va bo‘g‘ish mumkin. Kurash 10x10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda o‘tkaziladi

Samboning sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortiq: qizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; o‘smir o‘g‘il bolalar (16 - 18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortiq; o‘smir qizlar (16 - 18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va Samboning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar.
Sambo bo‘yicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985 yil tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat a’zo. 1980 yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yildan Samboning sport turi bo‘yicha, 2001 yildan jangovar Sambo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston Sambo federatsiyasi 1964 yil tuzilgan. Ayol Sambochilarning federatsiyasi dunyoda faqat O‘zbekistonda tashkil etilgan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirgan. 1971 yil Toshkentda xalqaro turnir, 1972 yil Yevropa chempionati, 1998, 2001 va 2002 yilda esa o‘smirlar, yoshlar va erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003 yillarda ilk bor ayollar Sambo yulduzlarining jahon chempionati musobaqalari o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Sambo terma jamoasi jahon chempOionatida 1-o‘rinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha marta jamoa hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va o‘smirlar) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sambo bo‘yicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo Sambo federatsiyasining prezidenti (2001 yildan)
Xalqaro toifadagi sport ustasi Fazliddin Po‘latov vitseprezidenti va Osiyoda Sambo kurashini rivojlantirish qo‘mitasi raisi (2003 yildan) hisoblanadi. Sobir Qurbonov, Sayfiddin Xodiyev, Bobomurod Fayziyev (2 martadan), Shuhrat Xo‘jayev, Akobir Qurbonov, faxriylar o‘rtasida esa Fazliddin Po‘latov, O‘rol Jumaniyozov, Oston Cho‘liyev (2 martadan) jahon chempioni bo‘lishgan. 
O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar Sambo bilan muntazam shug‘ullanadilar. Respublika oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar sport mahorati maktablari, shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida Sambo kurashi bo‘limlari bor.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə