Samdchti 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishi talabasi Mardibekov Shohruh Zafar o‘g‘lining “Ulug‘bek madrasasidagi epigrafik bitiklarning lingvistik tahlili va ularni tarjima qilish masalalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga



Yüklə 29 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü29 Kb.
#114585
Shohruh taqriz


SamDCHTI 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishi talabasi Mardibekov Shohruh Zafar o‘g‘lining “Ulug‘bek madrasasidagi epigrafik bitiklarning lingvistik tahlili va ularni tarjima qilish masalalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Yurtimizda ko‘plab qadimiy madrasalar, masjidlar, saroylar hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Ushbu qadimiy binolar peshtoqi turli xil suratlar bilan emas, aksincha arab imlosidagi epigrafik bitiklar bilan bezatilan. Biroq hozirgi kunda lotin imlosida tahsil olgan o‘quvchi yoshlar uchun arab imlosida yozilgan epigrafik yozuvlarni o‘qish mushkul bo‘lganligi sababidan, ularni o‘qish, ma’no mohiyatini hozirgi o‘quvchiga yetkazib berish bag‘oyat muhimdir. Shu kunga qadar madrasadagi epigrafik yozuvlar yetarlicha tadqiq qilinmagan. Ushbu bitiruv malakaviy ishi hozirgi kundagi eng ommabop va hali o‘rganilmagan mavzulardan birini yoritganini alohida ta’kidlash lozim.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. Tadqiqot ishida keltirilgan ma’lumotlar va misollar mavzuning dolzarbligini yana bir ko‘rsatib bergan. Ulug‘bek madrasasi peshtoqidagi epigrafik bitiklarni analiz qilish orqali mavzu yetarlicha yoritib berilgan. Tadqiqotning maqsadi ham aynan bu mavzuni to‘liq o‘rganib, tarqoq ma’lumotlarni jamlab, ommaga taqdim etishdir va maqsadga erishish uchun bir nechta vazifalar qo‘yilgan. Bu vazifalar ish jarayonida o‘z aksini topgan.
Tadqiqotning yangiligi ham epigrafik bitiklarni grammatik tahlil va linvistik tomondan yoritib berilganligidir. internet va adabiyotlardagi ma’lumotlarni to‘plab, ularni tartib va tahlil qilinganligidir. Natijada o‘quvchi neologizm haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi ta’minlangan.
Epigrafik bitiklarning qadimgi bitiklarni o‘rganishdagi ahamiyati va suls xatining nazariy asoslari haqida tadqiqotchi birinchi bobda misollar va dalillar orqali mulohaza yuritgan.
Ikkinchi bobda Ulug‘bek madrasasi peshtoqidagi bitiklarning grammatik va lingvistik tahlili misollar orqali tadqiqotchi tomonidan yoritib berilgan. Suls xatida yozilgan epigrafik bitiklarni analiz qilishda grammatik va lingvistik tahlilning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
Grammatik va lingvistik tahlildan foydalangan holda Ulug'bek madrasasidagi epigrafik bitiklarni hozirgi zamonaviy o‘zbek tiliga tarjima qilish masalalari va ularning bugungi dars jarayonlaridagi ahamiyati bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida yoritib berilgan.
Ishning xulosa qismida uch bob va uning bandlarida keltirilgan ma’lumotlar va iqtiboslarga umumiy fikrlar bayon qilinib ishga yakun yasalgan.
Tadqiqot ishi hozirgi kundagi eng ommalashayotgan va foydali mavzu haqida yozilgan, kirish qismidagi maqsadga erishilgan. Ish mukammal va o‘quvchi uchun juda ko‘p yangi ma’lumotlar to‘plami bo‘lishi shubhasiz. Shu bilan birga ishda ba’zi kamchiiklar kuzatiladi. Masalan, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan 1, 8, 10, 15, 18 adabiyotlarni rasmiylashtirishda texnik xatolar mavjud. Himoyaga qadar qayta ko‘rib chiqish lozim.
Xulosa qilib aytganda Mardibekov Shohruhning ushbu bitiruv malakaviy ishi tugallangan, amaldagi Nizomning barcha talablariga to‘liq javob beradi va men uni himoyaga tavsiya etaman.


Rasmiy taqrizchi: Samarqand Davlat Universiteti o‘zbek tili
mumtoz adabiyoti kafedrasi
PhD Tohirov Sobirjon
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə