“sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va



Yüklə 25,51 Kb.
tarix25.03.2018
ölçüsü25,51 Kb.
#33363

SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA QILISH VA
ATROF-MUHITNI OZODA SAQLASH” NOMLI TARBIYAVIY SOAT MASHG`ULOTLARINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN


METODIK TAVSIYA

KIRISH SO`ZI
Inson hayoti u yashab kelayotgan ona zamin bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki u yashil o`simliklar ishlab chiqaradigan kislorod bilan nafas oladi, shu zaminda yetishgan noz-ne`matlarni iste`mol qiladi hamda ona zamin bag`ridan qazib olinadigan neft, ko`mir, gaz hamda turli ma`danlardan o`z maqsadi yo`lida foydalanadi. Zaminimizda insonning mehnat va ijod qilishi, baxtli hayot kechirishi uchun hamma narsa mavjud.

Buyuk alloma Ibn Sinoning “Men qoldirib ketayotgan zo`r tabiblardan biri - tozalik, ikkinchisi - parxez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari mijoz bilan kayfiyatdir” deb inson salomatligining asosiy omillarini ko`rsatib bergan bo`lsa, A.Avloniy esa “Bolalar salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq – tanini pok tutmak, yaxshi xulqlarni o`rgatmak, yomon xulqlardan asrab o`sdurmakdur” deb nasihat qilgan edilar.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish va sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

So`nggi yillarda aholi soni ortishi bilan hududlarning tozaligini saqlashda qator muammolar kelib chiqayotganligi, aholi tomonidan ko`p qavatli uy-joy atrofiga turli chiqindilar tashlab ketilayotganligi, bo`sh yotgan yer maydonlari, ariq va zovurlarning ifloslantirilayotganligi, bu esa o`z navbatida ekologiyaga va insonlar salomatligiga o`zining salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi kuzatilmoqda.

Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va sanitariya-epidemiologik muhitini yaxshilash, atrof-muhitning zararlanishini oldini olish va o`quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish har bir o`quvchining burchi hisoblanadi.

“Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-modda).

O`quvchi-yoshlarga sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ularda atrof-muhitni asrab-avaylash, ozoda saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Salomatlik darslari” va “Sog`lom avlod asoslari” kurslari o`qituvchilar tomonidan umumiy o`rta ta`lim maktablarining
1-4-sinflarida “Odobnoma”, “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik”, “Jismoniy tarbiya”, “O`qish” va 5-9-sinflarda “Biologiya”, “Mehnat ta`limi”, “Jismoniy tarbiya” fanlarida intеgratsiyalashgan holda o`tilmoqda. Shuningdek, 8-sinflarda “Sog`lom avlod asoslari” kursi maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o`qitilishi belgilangan.

O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130-sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.



Shu munosabat bilan Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha 1-9 sinf rahbarlari uchun namunaviy ish rejalar va dars mashg`ulotlari ishlanmalari ishlab chiqildi hamda Respublika ta`lim markazi huzuridagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar” yo`nalishi bo`yicha Ilmiy metodik kengashning 2013 yil 2 avgustdagi 5-sonli yig`ilish bayoni bilan foydalanishga tavsiya etildi.
“Sanitariya-gigiуena qoidalariga rioya qilish va atrof-muhitni ozoda saqlash” mavzuidagi tarbiyaviy soat mashg`ulotini 1-9 sinf rahbarlari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg`ulotlarining quyidagi sinflar kesimida berilgan mavzulariga bog`lab о`tish tavsiya etiladi:
1-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi “Sog` tanda sog`lom aql”, “Sog` yuray desang, ozoda bo`l”, “Men tabiatni qanday asrashim mumkin?mavzular;

Shakllantiriladigan ko`nikmalar: Tozalik - salomatlik garovi. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Ozoda va toza yurish haqida. Nima uchun dastro`mol ishlatish kerak?. Ozodalik – bu bizning qo`llarimiz. Har kuni yuvinishni odat qil. Ertalabki badantarbiya mashqlarining inson salomatligiga ijobiy ta`siri. O`z salomatliging haqida o`zing qayg`ur. Ovqatlanish gigiyenasi. Atrof-muhitni muhofaza qilish. Toza havo - tanga davo. Suv – obi hayot. Tabiatning ozodaligi. Chiqindini qaerga tashlaymiz. Chang qaerdan paydo bo`ladi? Maktabda suvdan foydalinish tartibi. Zararli odatlar.
2-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi Tish yuvish-ertalabki go`zallik, kechqurun sog`liq namunasi”, “Tirnoqlarni toza tutish gigiyenasi”, “Tabiatni sevish va asrash” mavzular;

Shakllantiriladigan ko`nikmalar: Sanitariya va gigiyena nima? Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish nima uchun kerak? Soch gigiyenasi. Ozoda va toza yurish nima uchun kerak? Salomatlik alifbosi. Maktab o`quvchisining gigiyenasi. Salomatlik uchun xavfli bo`lgan odatlar. Tabiat in`omlari va uni asrash. Chang muammolari. Atrof muhitning kasallanishi. Nima uchun chiqindi paydo bo`ladi? Chiqindi uyimlarini inson salomatligiga salbiy ta`siri. Suvni asrab avaylash. Gullarni parvarishlash. Birni or`sang, o`nni ek.
3-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi Shaxsiy gigiyena” mavzusi;

Shakllantiriladigan ko`nikmalar: Sog`lom bo`lay desang ozoda yur. Tish salomatlik posboni. Qo`l va tirnoq gigiyenasi. Sport va salomatlik. O`z salomatligini nazorat qilish. Salomatlikni mustahkamlovchi omillar. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ovqatlanishning salomatlik va to`g`ri rivojlanishdagi ahamiyati. Sinfimiz-ikkinchi uyimiz. Sinf xonasini ozoda saqlaylik. O`quvchining sumkasida gigienik holat qanday bo`lishi kerak? O`quv mashg`ulot vaqtida (darsda) rioya qilinadigan sanitariya va gigiyena talablari.
4-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi “Tomchi suvda hayot jilvasi”, To`g`ri ovqatlanish sog`liq garovi” mavzular;

Shakllantiriladigan ko`nikmalar: Salomatlikni yoshlikdan asrang. Salomatlik uchun ta`sir etuvchi salbiy va ijobiy omillar. To`g`ri tashkil etilgan kun tartibi salomatlik kafolati. Tozalik posbonlari. Tish cho`tkasidan foydalanish qoidalari. Ovqatlanishda rioya qilinadigan sanitariya va gigiyena talablari. Zararli odatlarning oldini olish.
5-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi Ozodalik-sog`lik garovi”, “Tabiat – umumiy uyimiz”, “Tabiat va inson” mavzular;

Shakllantiriladigan ko`nikmalar: Salomatlikning qadri va ahamiyati. Salomatlikka zarar yetkazuvchi illatlar. Saramjon–sarishtalik uyning bezagi. Inson tanasi gigiyenasi. Kiyinishda rioya qilinadigan sanitariya va gigiyena talablari. Ovqatlanish odobi. Ovqatlanishga qo`yiladigan gigiyena talablari. Zararli odatlar haqida tushuncha. Ekologiya va salomatlik. Suv poklik ramzi – chiqindi manbai emas.
6-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi Suvni tejang - u hayot manbai”, “Tabiat bizning do`timiz”, “Tabiat va biz” mavzular;

Singdiriladigan konikmalar: Oila gigiyenasi – oila madaniyati. Yuvinish vositalari, ulardan samarali foydalanish. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Inson nima sababdan kasal bo`ladi? Tabiatni toza saqlash– salomatlikni saqlash demakdir. Chang inson umrini qisqartiradi. Ona zamin chiqindi makoni emas, ozuqa yetishtirish manbaidir.
7-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi Tabiat inson qo`li bilan go`zallashadi”, “Oilada tozalik gigiуenasi” mavzular;

Singdiriladigan konikmalar: Shaxsiy gigiyena va salomatlik. Kishi o`z salomatligini qanday asrashi mumkin? Uyingizni ozoda saqlang. Jamoat gigiyenasi va uning yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati. Chiqindi uyimi bor yerda baraka bo`lmaydi.
8-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi “Sog`lom avlod yurt kelajagi”,Chiqindilarning zarari” mavzular;

Singdiriladigan konikmalar: Sog`lom farzand, sog`lom oila, sog`lom kelajak o`z qo`limizda, uni asrash kerak. Sog`lom turmush tarzi va salomatlik. Sog`lom oila – sog`lom avlod poydevori. Jamoat gigiyenasini yuqumli kasalliklarni oldini olishdagi ahamiyati. Turli hashoratlar (chivin, pashsha, tarakan) salomatlik kushandasi. Inson salomatligiga ekologik omillarning ta`siri. Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta`sir etishning umumiy qonuniyatlari. Atrof-muhitning tozaligi salomatlik garovi. Maktab hovlisida chiqindiga o`rni yo`q.
9-sinf tarbiyaviу soat rejasidagi Chekmasdan hayot gashtini sur! mavzusi;

Singdiriladigan konikmalar: O`z salomatligini nazorat qilish. Jamoatchilik gigiyenasiga amal qilish majburiyati. Atrof- muhitning kasallanishi. Tozalikka amal qilish har bir fuqoraning burchi. Salomatlikni saqlash va mustahkamlashda muhim bo`lgan tamoyillar. Atmosferaning ifloslanishi. Odam faoliyatining atmosfera va suv zaxiralariga ta`siri.

Aziz o`quvchilar!


  • vodoprovod jo`mraklaridan behuda suv oqib yotishiga, isrof bo`lishiga yo`l qo`ymang!

  • maktab hovlisini, uyingizni atrofini tozalab, daraxtlar va gullar ekib qo`ying!

  • sayyoramizni havosini musaffo bo`lishiga hissa qo`shing!

  • ariq va kanallardan oqib kelayotgan suvlarga axlat tashlamang!

  • chiqindilarni belgilangan joyga tashlang!

  • yer –hammamizning uyimiz va uni asrashimiz kerak!

  • ho`l mevalarni yuvib iste`mol qiling.

  • kiyimlaringizni doimo ozoda saqlang.

  • doimo yotishdan oldin va ertalab tishlaringizni yuving!

  • sumkangizda doimo tartib bo`lsin!

  • har kuni yuvinishni odat qiling!

  • xonangizni ozoda saqlang!



Ushbu qo`llanma Respublika ta'lim markazi qoshidagi “Salomatlik va ekologiya” yo`nalishi bo`yicha Ilmiу-metodik kengashning 2013 уil
11 sentabrdagi navbatdan tash
qari 4-sonli уig'ilishi qarori bilan foуdalanishga tavsiya etilgan.


Tuzuvchi: Z.Shamsiyeva - Respublika ta`lim markazi bo`lim boshlig`i
Taqrizchilar: Sh.Bozorova - Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi tabiiy fanlar yo`nalishi metodisti
F.Hamdamova - Toshkent shahar Yunusobod tumani 21-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari
S.Saidumarova - Toshkent viloyati Zangiota tumani 71-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ma`naviy – ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari
Yüklə 25,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə