Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsiyaon loyihalarni rejalashtirish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
innovatsion iqtisodiyot

7.4 Innovatsiyaon loyihalarni rejalashtirish. 

Innovatsion loyiha portfelini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 

1. 


Innovatsion loyihalarni dastlabki tanlash. 

Bosqichning maqsadi - taqdim etilgan innovatsion loyihalarni umumlashtirilgan tahlildan o‗tkazish 

va baholash. Ushbu bosqich quyidagi odimlarni o‗z ichiga oladi: 

a) 


innovatsiyalarni 

amalga 


oshirishning 

tashkilotning 

asosiy 

muammolari echimini taklif eta oladigan asosiy yo‗nalishlarini belgilash; 




b) 

ajratib olingan yo‗nalishlar bo‗yicha ekspertizalar olib borish uchun loyihalarni taqsimlash

v)  ekspertizaning ishchi usulini ishlab chiqish; 

g)  ekspert 

guruhlar 

ishini 


tashkil 

qilish 


(NIO 

yoki 


marketing 

bo‗limi 


boshqa bo‗linmalardan mutaxassislarni jalb etgan holda); 

d) 


hisob-kitoblar 

va 


ekspertizalar 

natijalari 

bo‗yicha 

loyihalarga 

dastlabki baho berish; 

e) 


istiqboli yo‗q loyihalarni chiqarib tashlash. 

Mazkur  bosqichda  loyiha  bitta  eng  muhim  mezon  (masalan,  iqtisodiy  samaradorlik  mezoni) 

bo‗yicha tanlanadi, bunda baholash parametri past bo‗lgan loyihalarni chiqarib tashlashdan iborat oddiy 

qoidadan foydalaniladi. 

2. 

Ustuvor 


(boshlang‗ich) 

yo‗nalishlar 

bo‗yicha 

portfelni 

shakllantirish. 

Bosqichning  maqsadi  -  loyihalarni  ustuvorliklar  bo‗yicha  puxta  tahlil  qilish  va  taqsimlash.  Bu  erda 

quyidagi qadamlar ko‗zda tutiladi: 

a)  innovatsion 

loyihalarni 

bir 


nechta 

mezonlar 

(3 



5ta) 



bo‗yicha 

tahlil 


qilish; 

b)  loyihalarning ustuvorlik darajasini aniqlash; 

v)  loyihalarni ustuvorlik darajalari bo‗yicha taqsimlash. 

Barcha  loyihalar  tegishli  shkala  bo‗yicha,  masalan,  "past",  "o‗rtadan  past",  "o‗rtadan  yuqori", 

"yuqori" baho bilan baholanadi. 

"O‗rtadan yuqori" yoki "yuqori"  baho olmagan loyihalar dastlabki tanlov bosqichidayoq chiqarib 

tashlanadi va rad etilgan deb hisoblanadi. 

Qolgan loyihalar ustuvorlik darajasi (sinfi) bo‗yicha taqsimlanadi: 

a)  ustuvor  loyihalar  -  bu  umumiy  samarasi  (natijalar/sarf-xarajatlar)  70  -  80  foizdan  kam 

bo‗lmaydigan loyihalardir; 

b)  ustuvor 

loyihalarning 

birinchi 

20 


30 


foizi 

o‗ta 


ustuvor 

loyihalar 

hisoblanadi. 

Loyihalarni  ustuvorlik  bo‗yicha  ranjirovkalash  resurslarni  loyihalar  o‗rtasida  taqsimlash  uchun 

kerak. 

3. 


Moliyaviy 

va 


boshqa 

resurslarni 

innovatsiyalar 

portfeli 

ichida 

taqsimlash. 

Bunda  "xarajatlar  -  samaradorlik"  sxemasiga  asoslangan  qaror  qabul  qilish  qoidasidan 

foydalaniladi:  birinchi  navbatda,  naqd  pul  mablag‗lari  iqtisodiy  samaradorligi  maksimal  darajaga 

(ustuvorlik darajasiga) ega bo‗lgan loyihaga ajratiladi. 

Jahon  amaliyotida  "xarajatlar  -  samaradorlik"ni  tahlil  qilish  barcha  moliyani  taqsimlash 

mexanizmlari  uchun  majburiy  jarayondir.  Buni  shu  bilan  izohlash  mumkinki,  ushbu  qoidani  amaliy 

qo‗llash  qanchalik  oson  bo‗lmasin,  u  quyidagilarga  erishish  imkonini  beradigan  loyihalar  portfelini 

ta‘minlaydi: 

-

 



berilgan cheklangan mablag‗lar doirasida maksimal mumkin bo‗lgan samaradorlik

-

 



talab etilgan natija va samaradorlik darajasiga eng minimal sarf-xarajatlar. 

Korxonada  shunday  vaziyat  yuzaga  kelishi  mumkinki,  innovatsion  loyihalarni  amalga  oshirishga 

innovatsion mablag‗larning etarli emasligi to‗sqinlik qiladi. 

Bunday  holda  qo‗shimcha  investorlarni  hamda  xususiy  moliyaviy  mablag‗larni  izlab  topish  yoki 

mavjud innovatsion loyihalar portfelini o‗zgartirish zarur bo‗ladi. 



4. 

Loyihalar 

portfelini 

aniqlashtirish 

loyihalarning 



bir 

qismini 


o‗ziga 

jalb 


qilishi 

ko‗proq 


loyihalar 

foydasiga 

hamda 

investitsion 



mablag‗larning miqdoriga qarab kesib tashlash. 

SHunday qilib, innovatsion ishlar portfelini tanlashga tajriba, bilim, sog‗lom idrok, iqtisodiy bilimlar

xodimlar imkoniyatlari va innovatsiyalarni joriy etish yutuqlari ehtimolligi kutilayotgan natijalar haqida 

yaxshi tasavvurga ega bo‗lish, ilmiy xodimlar va bo‗linmalar menejerlari faoliyatini rag‗batlantiruvchi 



omillarni tanlay olishni talab qiladigan ancha murakkab muammo sifatida qaralishi kerak.

 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə