Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsiyaon g„oyalar va intellektual salohiyat



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
innovatsion iqtisodiyot

 

1.5. Innovatsiyaon g„oyalar va intellektual salohiyat. 

Joriy  yilning  1-3  mart  kunlari  poytaxtimizdagi  "O‗zekspomarkaz"  ko‗rgazmalar  binosida 

III  Innovatsion  g‗oyalar,  texnologiyalar  va  loyihalar  Respublika  yarmarkasi  bo‗lib  o‗tdi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi,  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Fan  va 

texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‗mitasi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar va 

savdo  vazirligi  hamkorligida  tashkil  etilgan  mazkur  ko‗rgazmada  O‗zbekiston  Fanlar 

akademiyasi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim, Sog‗liqni saqlash, Qishloq va suv xo‗jaligi vazirliklari 

hamda  boshqa  idoralar  tasarrufidagi  120  dan  ortiq  ilmiy-tadqiqot,  oliy  ta‘lim,  tajriba-

konstruktorlik  tashkilotlari,  kichik  innovatsiya  korxonalari,  shuningdek,  ixtirochilar  o‗zlarining 

600 dan ortiq texnologiyalari, ishlanmalari hamda g‗oyalari bilan ishtirok etdilar. 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yildagi PQ-916-sonli "Innovatsion loyihalar 

va  texnologiyalarni  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etishni  rag‗batlantirish  borasidagi  qo‗shimcha 

chora-tadbirlar  to‗g‗risida"gi  Qaroriga  muvofiq  o‗tkazilayotgan  mazkur  yarmarkaning  bosh 

maqsadi  –  ilmiy  hajmdor,  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarishning  o‗sishi,  shu  jumladan,  kichik 

innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, respublikaning 

ilmiy  salohiyatidan  mamlakatning  iqtisodiyoti  va  ijtimoiy  sohasini  rivojlantirishning  dolzarb 

muammolarini  hal  qilishda  samarali  foydalanish,  korxonalarning  investitsiya  va  innovatsiya 

faolligini  rag‗batlantirish,  innovatsiya  faoliyatini  kengaytirish  uchun  investitsiyalarni  jalb 

qilishga ko‗maklashishdan iborat. 

Ta‘kidlash joizki, o‗tgan 2015 va 2016 yillar mobaynida yarmarkalar doirasida jami 1000 

dan  ortiq  shartnoma  imzolangan  bo‗lib,  bugungi  kunda  ulardan  320  tasi  muvaffaqiyatli 

yakunlangan,  120  tasi  bo‗yicha  esa  faol  ishlar  olib  borilmoqda.  Tahlillarning  ko‗rsatishicha, 

shartnomalar bajarilishi natijasida 16 nomdagi mahalliy dorivor vositalarning ishlab chiqarilishi 

tashkil  etilgan,  14  ta  korxonada  yangi  turdagi  (dekstrin,  kraxmal,  gaz  analizatorlari, 

gelioqurilmalar, elektrotexnika vositalari) ilmiy  hajmdor mahsulotlarni  ishlab chiqarish  boshlab 

yuborilgan, 14 ta korxonada yangi axborot texnologiyalari, 24 ta korxonada yangi texnologiyalar 

joriy  etilgan  va  mavjudlari  takomillashtirilgan,  35  dan  ortiq  tashkilotlarga  ilmiy  xizmatlar 

ko‗rsatilgan. Amaldagi shartnomalarning moliyalashtirilishi bo‗yicha tarmoq grafiklari tuzilgan 

bo‗lib, ularning ijrosi har chorakda monitoring qilib boriladi. 



Seminar  doirasida  sanoat,  qishloq  xo‗jaligi,  farmatsevtika,  sog‗liqni  saqlash,  axborot 

texnologiyalari, fan va ta‘lim yo‗nalishlarini o‗z ichiga olgan ilmiy-amaliy anjumanlar o‗tkazildi. 

Unda  muvaffaqiyatli  ishlar  tahlil  qilinib,  mavjud  muammolar  muhokamasiga  asosiy  e‘tibor 

qaratildi. SHu jumladan, yosh olimlar va talabalarning 63 ta ishlanmalari hamda "Kelajak ovozi" 

Respublika tanlovi g‗oliblarining 18 ta ishlanmalari ilk bor yarmarka doirasidan o‗rin oldi. 

Jumladan,  o‗tkazilgan  innovatsiya  yarmarkasi  ishlanmalar  mualliflari  va  investorlarning 

bevosita  aloqalari  mustahkamlanishiga  va  ilm-fan  taraqqiyoti  rivojiga  munosib  hissa  qo‗shib, 

intellektual mulk bozori sifatida faoliyat ko‗rsatadigan maydon bo‗lib xizmat qiladi. 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə