Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Innovatsion boshqarishning mexanizmlari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix26.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#86035
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
innovatsion iqtisodiyot

1.6. Innovatsion boshqarishning mexanizmlari. 

Korxona  iqtisodiyoti  infratuzilmasini  samarali  boshqarish  natijasida  O‗zbekistonda 

aholining moddiy, ma‘naviy,  ijtimoiy ehtiyojlarini  qondirish  darajasini ifodalaydigan  «turmush 

darajasi»  yaxshilanib  boradi.  Bunday  tavsif  ko‗proq  turmush  darajasi  statistikasini  tavsiflaydi. 

SHu  bilan  birga  turmush  darajasi  ko‗plab  omillar  yig‗indisi  ta‘sirida  bo‗lgan  o‗zgaruvchan 

jarayondir.  Bir  tomondan  turmush  darajasi  muntazam  o‗zgarib  turadigan  turli  ne‘matlarga 

ehtiyojlarning  tarkibi  va  darajasi  bilan,  boshqa  tomondan,  ehtiyojni  qondirish  imkoniyatlari, 

tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, ish haqi, mulkdan olinadigan daromad 

bilan belgilanadi. 

Ishlab  chiqarish  innovatsion  infratuzilmasi



 

tarkiban  moddiy  ne‘matlar  ishlab  chiqaruvchi 

tarmoq  va  korxonalarga  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  iste‘molchiga  etkazishni  tayyorlash, 

saqlash, o‗rash, qadoqlash yoki joylashtirish, tovar joylanadigan  yoki o‗raladigan idishlar bilan 

ta‘minlash, tashish, ta‘mirlash hamda sotish kabi xizmatlar ko‗rsatuvchi, ularning to‗xtovsiz va 

samarali faoliyat yuritishni ta‘minlovchi tashkilot va korxonalar majmuini tashkil etadi. 

 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə