stimullar (rag‗bat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste‘molni tashkil etish,
iqtisodiy faoliyatning ixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo‗jalik aloqalarini
o‗rnatish usullari kiradi. Iqtisodiy mexanizmning etakchi bo‗g‗ini iqtisodiy stimullar hisoblanadi.
Innovatsiya iqtisodiyoti fanining vazifasi – bozor ishtirokchilari va unda asosiy o‗rinni
egallovchi infratuzilmalar rivojlanishi, qonuniyatlari va ularning harakatlari modellarini
optimallashtirishdir. Firma yoki korxonaning marketing izlanishlarida yoki uning iqtisodiy
strategiyasini belgilashda va amalga oshirishda turli modellardan foydalanish iste‘molchilarning
o‗zgarishlarga bo‗lgan munosabatlarini bashorat qilishga yoki raqobatchilarning aks ta‘sirlari,
xatti-harakatlarini ma‘lum ehtimollik darajasi bilan aniqlashga imkon beradi.
Innovatsiya iqtisodiyoti fanini mukammal o‗rganishning afzalligi yana shu bilan
izohlanadiki, to‗g‗ri qaror qabul qilishda insonlar doimo kerakli va ishonchli nazariy bilimga va
ma‘lumotga ega bo‗lishizarur. Agar ular o‗z bilimlariga ega bo‗lmasa tajriba va xatolaridan kelib
chiqqan, holdao‗ziga qimmatga tushgan usulni qo‗llashi mumkin yoki boshqalarning tajribasi,
xatolarini o‗rganishi mumkin, lekin, innovatsiya iqtisodiyotidan olgan bilimlariga murojaat qilsa
ularning ishi ancha engillashadi, belgilagan strategiyasi va rejasi aniq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: