Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Dt Bino va inshootlar Kt



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə39/194
tarix29.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#142873
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194
Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashk-fayllar.org

Dt Bino va inshootlar
Kt Tugallanmagan qurilish



  • Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularni hisobga olish. To’g’ri chiziqli, qismlarga bo’lib chiqarish ikki barobar kamaytirishning balans metodlari. Eskirish smetasini qayta ko’rib chiqish

Ma’lumki, asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat mobaynida ishlatiladi. Jismoniy va ma’naviy eskiriadi. SHu sababli asosiy vositalarning qiymati ularni ishlatish muddati mobaynida, ular foyda keltiradigan hisobot davrida ishlab chiqarilgan maxsulotga teng ravishda taqsimlanishi kerak. Bu jarayon asosiy vositalarning eskirishi deb ataladi.


Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy vazifasi - uzoq muddatda foydalanadigan moddiy aktivlar qiymatini taxmin qilinayotgan xizmat muddati davomida mutanosib taqsimlashdir.
Barcha uzoq foydalaniladigan aktivlar (erdan tashqari) cheklangan ishlatish (xizmat) muddatiga ega bo’lib, ularning qiymati barcha ishlatilish muddati davomida xarajatlarga taqsimlanishi kerak. Aktivlarning xizmat muddatini cheklanganligining asosiy sabablari ularning jismoniy va ma’na-viy eskirishidir. Asosiy vositalar ko’pincha jismoniy eskirishga ulgur-masdan, ma’naviy eskirib qoladi. Buxgalteriya xisobida bu xolat aloxida xisobga olinishi kerak.
Asosiy vositalarning eskirish miqdorini hisoblashga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular asosiy vositalarning:
  • boshlang’ich qiymati;


  • qoldiq qiymati (tugatish qiymati);


  • eskirish hisoblanadigan qiymati;


  • taxmin qilinayotgan foydalanish muddati.


Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro amaliyotda asosiy vositalarga eskirish hisoblashning quyidagi usullari qo’llaniladi:


  • bir tekisda (chiziqli) eskirishni hisoblash usuli;


  • bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash (ishlab chiqarish) usuli;


  • tezlashtirilgan eskirishni hisoblash usullari:


    1. kamayib boruvchi qoldiq usuli;


    2. kumulyativ (sonlar yig’indisi ) usuli.


Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning yuqoridagi sanab o’tilgan usul-lari mazmuni bilan batafsil tanishib chiqamiz.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə