Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
Kengayish termometrlari. 
Bu termometrlar temperatura o‘zgarishi bilan 
suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga 
asoslangan. 
Suyuqlikli shisha termometrlarning ishlash prinsipi suyuqliklarni issiqdan 
kengayishiga asoslangan. Temperatura о‘zgarganda termometrik suyuqlikning 
hajmi о‘zgaradi va bu temperaturaning qiymati hisoblanadigan kapillyardagi 
suyuqlik sathini о‘zgarishi bilan namoyon bо‘ladi. Suyuqlikli termometrlar turli 
rusumli shishalardan tayyorlanadi va turli termometrli suyuqliklar - toluol, etil 
spirti yoki simob bilan tо‘ldiriladi. Amalda ko‘proq simobdan foydalaniladi
simobning boshqa suyuqliklarga kо‘ra afzalligi shundaki, uni kimyoviy toza olish 
oson, u shishani hо‘llamaydi va normal atmosfera bosimida keng temperaturalar 
oralig‘ida (-38,87 dan +356,86

C gacha) suyuq holatini saqlaydi . 


133 
84- va 85-rasmlarda ana shunday suyuqlikli termomterlarning tuzilishi 
ko‘rsatilgan.
84-rasm. Tajribaviy simob termometrlari: 
а
– 
shkalasi solib qo‘yilgan termometr:
1 – 
shihsa rezervuar; 2 – kapillyar; 3 – shkalali 
plastina; 4 – shisha qobiq; 
b
– 
tayoqchasimon termometr
: 1 – rezervuar; 2 
– qalin devorli kapilyar; 3 – kapilyarning 
tashqi sirtidagi shkala.
85-rasm. Texnik shishali termometrlar: 
а
– 
to‘g‘ri shakldagi;
b
 – burchakli
bu yerda
l
– termometr shkalasi graduslari 
o‘rnatilgan ustunning uzunligi; 
t
– nazorat 
qilinayotgan muhitning termometr bilan 
o‘lchangan temperaturai.
Shishali termometrlarning bо‘limlarini qiymati (0,01...10) °C oraliqda bо‘lib, 
termometrning nimaga mо‘ljallanganligi va termometrik suyuqlikning qо‘llanilish 
turi bilan belgilanadi.
Ishlab 
chiqariladigan 
termometrlarning 
asosiy 
qismi 
о‘zining 
konstruksiyasiga kо‘ra ikki guruhga bо‘linadi: 
1) solib qо‘yilgan shkalali termometrlar, ularda shkalali plastinka shisha 
qobiqning ichiga solinib, kapilliyarga mahkamlanadi (84-rasm, 
a
); 
2) tayoqchasimon termometrlar, ulardagi shkala bevosita qalin devorli 
kapillyarning tashqi sirtiga chizilgan bо‘ladi (84-rasm, 
b
). 
Suyuqlikli termometrlar vazifasiga kо‘ra tajribaviy, texnik (ishlab 
chiqarishdagi) va ishchi etalonlar (namunaviy) ga bо‘linadi. Tajribaviy 


134 
termometrlar ilmiy izlanishlarda qо‘llaniladi va tо‘la botirilish bо‘yicha 
darajalanadi. Ularning quyi о‘lchash chegarasi -30 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
diapazon ichida, yuqori chegarasi 20 dan 600 °C gacha bо‘lgan diapazon ichida 
yotadi. Bо‘limlarining qiymati 0.1 dan 2 °C gacha bо‘lgan oraliqda yotadi. Xatolik 
chegarasi bо‘lim qiymati va о‘lchash diapazoniga bog‘liq bо‘lib, 0,3 dan 4 °C 
gacha bо‘ladi (bu bо‘lim qiymatini oshirib yuborishi mumkin). 
Texnik termometrlar faqatgina quyi tо‘g‘ri yoki burchak ostida egilgan (90 
yoki 120° burchak ostida, 85-rasm) qismi botirilgan holatda darajalanadi. Ular 
maxsus vazifa (medisina, metrologiya va boshqalar uchun) yoki maxsus texnik 
xarakteristika (titrashga chidamli, elektrkontaktli) ga ega bо‘lishi mumkin. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə