Sanoq sistemalari


Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o`tish



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə3/7
tarix31.12.2021
ölçüsü137,5 Kb.
#81781
1   2   3   4   5   6   7
sanoq sistemasi

3. Bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o`tish.

Quyidagi jadvalda ba`zi bir sanoq sistemalarining sonlari orasidagi bog`lanish berilgan.




Sanoq sistemalari

2 lik

8 lik

10 lik

16 lik

0

0

0

0

1

1

1

1

10

2

2

2

11

3

3

3

100

4

4

4

101

5

5

5

110

6

6

6

111

7

7

7

1000

1 0

8

8

1001

11

9

9

1010

12

10

A

1011

13

11

V

1100

14

12

S

1101

15

13

D

1110

16

14

E

1111

17

15

F

10000

20

16

10

Bu jadvalga e`tibor beradigan bo`lsak, 8 lik sanoq sistemasining raqamlarini 2 lik sanoq sistemasida ifodalash uchun 2 likning kamida 3 ta raqami kerak bo`lar ekan. Bu 3 talik triada deb ataladi. Masalan,

8 lik: 0 1 2 3 ... 7

2 lik: 000 001 010 011 ... 111

Bu qoidadan foydalanib, 8 lik sanoq sistemasidan 2 lik sanoq sistemasiga o`tish mumkin. Buning uchun har bir 8 lik raqamini unga mos 2 lik triada bilan almashtirish kerak bo`ladi. Sonning qaysi sanoq sistemaga tegishli ekanligini ko`rsatish uchun indeksda shu sanoq sistemasining asosini yozib qo`yamiz. Masalan, 178 yozuvi 17 sonining 8 lik sanoq sistemasidaligini ko`rsatadi, A1216 yozuvi A12 sonining 16 lik sanoq sistemasidaligini bildiradi. 6128 sonini 2 lik sanoq sistemasiga o`tkazish uchun har bir raqamni mos 3 lik (triada) bilan almashtiramiz:

6128 - 110 001 0102 ,

Xuddi shuningdek,

1258 – 001 010 1012 yoki 1 010 1012;

-7028 - - 111 000 0102;

Bundan tashqari, biror sanoq sistemada berilgan sonni ikkinchi sanoq sistemaga o`tkazish uchun berilgan sonni o`tkazilishi kerak bo`lgan sanoq sistemaning asosiga bo`lib masalani hal qilish ham mumkin. Masalan, 610 ni ikkilik sanoq sistemaga o`tkazmoqchi bo`lsak, quyidagi algoritmlarni bajarishimiz kerak:


1. 6 ni 2 ga bo`lamiz: 6_2=3 (qoldiq 0) Birinchi qoldiqni q1(0) deb belgilab olamiz.

2. Bo`linma 3 ni 2 ga bo`lamiz: 3_2 (qoldiq 1), ikkinchi qoldiqni q2(1)

3. Bo`linmadagi 1 ni 2 ga bulamiz: 1_2 (qoldiq 1), uchinchu qoldiqni q3(1)

Bu jarayon bo`linma 0 ga teng bo`lguncha davom ettiriladi. Natijada hosil bo`ladigan son 6 =q3 q2 q1 ko`rinishda bo`ladi, ya`ni 10 lik sanoq sistemadagi 6 soni ikkilik sanoq sistemasida 110 kabi bo`lar ekan.

Demak, 610 = 1102. Barcha mavjud tillar kabi sonlar tili ham mavjud bo‘lib, u ham o‘z alifbosiga ega. Mazkur alifbo hozir jahonda qo‘llanilayotgan 0 dan 9 gacha bo‘lgan o‘nta arab raqamlaridir, ya’ni: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9. Bu tilda o‘nta belgi (raqam) bo‘lganligi uchun ham, bu til o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi.

Bizning kundalik hayotimizda qo‘llanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasi hozirgidek yuqori ko‘rsatkichni tez egallamagan. Turli davrlarda turli xalqlar bir-biridan keskin farqlanuvchan sanoq sistemalaridan foydalanganlar.

Hozirgi kunda ishlatilib kelayotgan 1, 2, 3,..., 9, 0 raqamdan iborat o'nlik sanoq sistemasi axborotni kodlashning yana bir usuli hisoblanadi. Yurtdoshimiz Muhammad al-Xorazmiy 0 raqamini kiritib bu arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi turgan o'rniga bog'liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirgan. Shuning uchun ham bu kodlash sistemasi ustida qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish kabi arifmetik amallarni bajarish juda oson.

Masalan, 12 lik sanoq sistemasi juda keng qo‘llanilgan. Uning kelib chiqishida albatta tabiiy hisoblash vositasi - qo‘limizning ahamiyati katta. Bosh barmog‘imizdan farqli qolgan to‘rttala barmog‘imizning har biri 3 tadan, ya’ni hammasi bo‘lib 12 ta bo‘g‘indan iboratdir. Mazkur sanoq sistema izlari hanuzgacha saqlanib qolgan. Masalan, inglizlarda

uzunlikni o‘lchash birligi:

1 fut = 12 dyum=30 sm,

pul birligi

1 shilling = 12 pens.

Qadimgi Bobilda ancha murakkab bo‘lgan sanoq sistemasi – 60lik sanoq sistemasi qo‘llanilgan. Bu sanoq sistemasining qoldiqlari hozir ham bor. Masalan:

1 soat = 60 minut

1 minut = 60 sekund

XVI – XVII asrlargacha Amerika qit’asining katta qismini egallagan atstek va mayyalarda 20 lik sanoq sistemasi qo‘llanilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Biz asosan o‘nlik sanoq sistemasidan foydalanamiz. Lekin, o‘nlik sanoq sistemasidan kichik sanoq sistemalarida sonlarni belgilash uchun arab raqami belgilaridan foydalaniladi. Masalan, beshlik sanoq sistemasida 0, 1, 2, 3, 4 raqamlari, yettilik sanoq sistemasida esa 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlaridan foydalaniladi.

Hisoblash texnikasida va dasturlashda asosi 2, 8 va 16 ga teng bo‘lgan sanoq sistemalari qo‘llaniladi.

O‘n ikkilik, o‘n oltilik sanoq sistemalarida qanday belgilardan foydalaniladi?- degan savolga javob aniq: raqamlardan keyin lotin alifbosidagi bosh harflardan foydalaniladi.

Shunday qilib, o‘n ikkilik sanoq sistemasida raqamlar 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B kabi; o‘n oltilik sanoq sistemasida esa 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F kabi yoziladi.

Kompyuterlarda boshqa sanoq sistemalaridan quyidagi imkoniyatlari bilan farqlanuvchi ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi:


  • uni ishlashini tashkil etish uchun ikki turg‘un holatli qurilmalar zarur ( tok bor – tok yo‘q, magnitlangan yoki magnitlanmagan);

  • axborotni ikki holat orqali tasvirlash ishonchli va ta’sirlarga chidamli;

  • ikkilikdagi arifmetika boshqalaridan sodda.

Ikkilik sanoq sistemasining asosiy kamchiligi – sonlardagi xona(razryad)larning juda tez ortib ketishidir. O‘nlik sanoq sistemasidan ikkilikka va teskari o‘tkazishlarni kompyuterning o‘zi bajaradi. Lekin kompyuterning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish uchun uning tilini tushunish zarur bo‘ladi. Shular sababli sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari ishlab chiqilgan.

Bu sistemalardagi sonlar o‘nlik sanoq sistemasi kabi oson o‘qiladi, lekin ikkilik sanoq sistemasidagi sondan 3 (sakkizlikda) va 4 (o‘n oltilikda) marta kam razryad talab qiladi, chunki 8 = 23 va 16 = 24.

Ikkilik sanoq sistеmasida ifodalangan sonlar ustida ham barcha arifmеtik amallarni bajarish mumkin. EHM da saqlanadigan eng kichik axborot o’lchov birligi bit dеb qabul qilingan, bo’lib, bit ikkilik sanoq sistеmasidagi 0 va 1 raqami bo’lishi mumkin. Sakkiz bitdan iborat kеtma - kеtlik bayt dеyiladi. Ikki bitlik kеtma - kеtlikdan foydalanib nеchta sonni ifodalash mumkin? Bu sonlar quyidagilar: 00 - 0, 01 - 1, 10 - 2, 11 - 3.

Dеmak ikki bitdan foydalanib to’rtta sonni ifodalash mumkin. Umuman, n bitdan foydalanib 2ning n darajasidagi sonni ifodalash mumkin.

"Bayt" birligi uchun quyidagi hosilot birliklari mavjud:

1024 bayt = 2 bayt = 1 kb (kilobayt)

1024 kb = 2 bayt = 1048576 bayt = 1 mb (mеgobayt)

Matn ko’rinishidagi axborotlarning tashkil etuvchilari xarflar, tinish bеlgilari, riyoziyot bеlgilari turli maxsus bеlgilardir.




Ikkilik sanoq sistemasida

O’nlik sanoq sistemasida

0

1

10



11

100


101

110


111

1000


1001

0

1

2(2ning 1-darajasi)



3

4(2ning 2-darajasi)

5

6

7



8(2ning 3-darajasi)

9




Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə