Savol: Fridmanning monetar maktabi



Yüklə 87,58 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.12.2023
ölçüsü87,58 Kb.
#155590
Savol Fridmanning monetar maktabi



Variant-20 
Xasanov Komiljon IM-90 
Savol: 
1. Fridmanning monetar maktabi. 
2. Me’yoriy unumdorlik nazariyaning axloqiy tomonlari.
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish hajmining 
o’zgarishi.
Javob: 
1.
 
Fridmanning
Monetar maktabi 
bozor iqtisodiyotini o‘z
-
o‘zidan 
tartiblanuvch tizim sifatida baholab, 
uning narx mexanizmining o‘zi 
bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini ta’kidlaydilar. Bunday 
tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning o‘zini
-
o‘zi 
tartibga solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida 
yalpi talabn
i rag‘batlantirishi esa pirovardida inflyasiya jarayonlarining 
kuchayishini keltirib chiqaradi. 
Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud 
bo‘lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. 
Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif 
kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo‘lsa, 
bu inflyatsiyaning jadallashuviga, 
agar kam bo‘lsa, deflyasiyaning 
jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo‘yicha 
siyosat 
ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab chiqarish 
hajmi va band bo‘lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish 
uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan 
foydalanishni tavsiya etadilar. 
2.
 
Marjinalizm (frans. marginal -
chegaraviy, eng soʻnggi) —
iqtisodiy 
qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar 
tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. 
Dastlab 19-
asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. 
Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy 


nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida 
ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning 
nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-
yillaridan M. subʼyektiv
-
psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud 
shart-
sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha 
iqtisodiy gʻoy
alar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning 
davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. 
Marjinalim 
meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy 
harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, 
meʼyoriy
unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi 
krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, 
iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.
Marjinalim 
iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida 
qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ishlab chiqarish jarayonidagi 
va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat 
M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq 
etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga 
imkon beradi. 
SSSR davrida Marjinalim markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan 
tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik
iqtisodiyotidan 
bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M
arjinalizm
ning asosiy gʻoyalari 
tan olina boshlandi. 
3. 
Korxona ishlab 
chiqarish hajmini oʻstirish uchun qisqa davrda faqat 
oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu 
qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab 
chiqarish bino va inshoatlar maydoni, mashina va uskunalar miqdori) 
doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish 
darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin.
Boshqacha aytganda qisqa davr oraligʻida korxonaning ishlab 
chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli 
mehna
t, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini koʻpaytirish orqali 


oʻzgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan 
foydalanish intensivligini oshirish mumkin 
Uzoq muddatli davr 

bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va 
butun band boʻlgan
resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli 
boʻlgan davrdir.
Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining 
oʻzgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va 
korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, 
yengil sanoat tarmogʻida kiyim
-kechak ishlab chiqaradigan kichkina 
firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining 
ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish 
mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvv
atlarni ishga tushirish 
uchun bir necha yil talab qilinadi.

Yüklə 87,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə