Savol: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni tushunchalaringizni yozing


Gimnastikaning metodik xususiyatlari



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə4/10
tarix26.01.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#99437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oroliq topshiriqlari gimnastika

Gimnastikaning metodik xususiyatlari

Gimnastikaga mashqlarni ka'tiy bir me'yorda bajarish va shug'ullanuvchilar faoliyatini aniq uyushtirish metodi xos bo'lib, ana shuning natijasida yangi-yangi malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun eng ko'llay sharoit , shuningdek, oshirilgan ish qobiliyatiga zamin buluvchi tegishli emosional

muxit yaratiladi. Ko'yidagilar gimnastikaning metodik xususiyatlariga kiradi:

1.Kishi organizmining funksiyalari - gimnastika mashqlari yordamida muvaffakiyatli tarzida takomillashadi. Demak kishini umumiy jismoniy rivojlantirish va uning xarakatlantruvchi kobiliyatolarini xar yoqlama komolga yetkazish vazifalarini gimnastika yordamida muvaffaqiyatli xal qilsa bo'ladi.

2.Nixoyatda xilma-xil jismoniy mashqlarni qo'llash. Organizmning morfologik va funksional tizimlari va jismoniy xislatlari ( kuchlilik, tezkorlik, kaytqoqlik, chakkonlik, chidamlilik)ni xar yoqlama va garmonik rivojlantirish xilma-xil jismoniy mashqlarni qo'llash orqali ta'minlashadi. Shuning bilan bir vaqtda nerv tizimining koordinasion mexanizmiga ko'rsatiladi uning moyilligi ortadi, sport texnikasining asoslari shakillana beradi.

3.Organizmga tanlab ta'sir ko'rsatish. Tegishli mashqlarni kerakli dastlabki xolatlarni tanlab qo'llanishi, ijro usullarining aniq bo'lish natijasi ularoq muayyan muskul, bug'ing gruppalariga ta'sir etiladi va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarni muvaffaqiyat bilan tuzish imkonini beradi.

4.O'quv jarayonining qa'tiy me'yorda bo'lishi va jismoniy nagruzkali aniq tartibga solish. Ta'lim jarayonini tartib tashkil qilish xilma-xil metodik priyomlardan foydalanish bir vaqtda ta'lim berishning xususiy vazifalarining birin-ketin xal qilish prinsipiga bog'lik bo'ladi. Bu xolat jismoniy va boshqa xislatlarining tobora rivojlanib borishini ta'minlaydi. Yuklamani xarakat su'rati va amplitudasinio'zgartirish, takrorlash miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish, dastlabki xolatlarni o'zgartirish va mashqlarni ijro etish ketma-ketligini turliga yo'lga qo'yish, toshlar va amartizasion qo'rilmalardan foydalanish orqali, shuningdek shug'ullanuvchilarning qay darajada tayyorgarligiga qarab belgilasa bo'ladi.

5.Mashqlarni uzliqsiz murakkabldashtira borish va kombinasiyalash xamda bir xildagi mashqlarni bir qancha maqsadlarda ko'llanishning mumkinligi. Biron mashqni bilib olgandan keyin odatda, uning murakabroq variantlarini o'rgatishga o'tiladi bora-bora shu mashqning o'zi xam murakkablashtiriladi Biron elementni ikkinichisiga qo'shib bajarish kombinasiyalarga yangi xarakatlar kiritiladi va x.q. Bir xil mashqlarni turliga vazifalarni xal qilish uchun foydalanishda ularni metodik jixatdan xilma-xil o'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi.





Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə