Savol: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni tushunchalaringizni yozing



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə8/10
tarix26.01.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#99437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oroliq topshiriqlari gimnastika

O’rgatish usuilari

O’rgatish usuilari deganda, qo’yilgan vazifalarni hal qilish uchun kerakli muayyan yo’llar tanlashni tushuntrish kerak. Xilma-xil o’rgatish usullarini guruhlarga bo’lish mum kin. Birinchi guruh o’rgatish usuilari:


  • og’zaki usul universal usullardan biri bo’lib, talabalarga dars jarayonida yangi mashq bajarishni o’rgatishni idora qilish imkonini beradi. Bunda gimnastika atamalaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo’ladi, chunki atamalar yordamida cfqituvchining talabalarga nutq orqali ta’sir etishini aniq va qisqa bo’lishiga erishish mumkin;


  • harakat texnikasi to’g’risidagi ma’lumotni bildirish usulini, namoyish qiluvchi tomonidan mashqlarni bajarish, ko’rgazmali qurollar ko’rsatish, audio va videomateriallar, shartli belgilar berish, harakatning ayrim qismlari, miqdori talaba tomonidan harakat texnikasi elementlarini bajarish yo’li bilan namoyon qilinadi.


Mazkur o’rgatish usuilari, asosan, mashq texnikasi asoslari to’g’risidagi tasavvurni hosil qilish va aniqlashga qaratilgan bo’lib, but un inashg’ulot jarayonida qo’llanilishi mumkin.


O’rgatish usullarining ikkinchi guruhi:


  • yaxlit mashq usuilari, u o’rganilayotgan harakatni bir butun tarzda bajarishni nazarda tutadi. Bunda mashqlarni bajarish sharoitini yengillashtirish, yordam ko’rsatish va straxovka qilishning qo’shimcha vositalarini qo’llash, jihozlar balandligini pasaytirish, harakatni trenajorda bajarish, dastlabki yoki pirovard holatni soddalashtirish (masalan, past yakkacho’pda gavdani yozib ko’tarishni murabbiy yordamida bajarish) hisobiga bo’lishi mumkin;yordamchi mashqlar uslubi (yaxlit mashq usulining o’xshash turlaridan bin), u tarkib jihatidan asosiy mashqqa


o’xshash, lekin ayni vaqtda mustaqil mashq bo’lib, ilgari o’rganilgan harakatni yaxlit bajarishni nazarda tutadi (masalan, yakkacho’pda gavdani yozib ko’tarish uchun bir oyoqda ko’tarilib, tayanish yordamchi mashq bo’lib xizmat qiladi);


  • bo’lingan mashq usuli bu butun harakat texnikasini ayrim qism vabo’laklarga ajratib olish hamda ularning har hirini o’zlashtirib olgandan keyin uni qayta yaxlit bajarishdan iboratdir. Mashqni bo’laklarga bunday sun’iy bo’lish asosiy faoliyatni o’rganish sharoitini osonlashtirish maqsadida qilinadi;


  • xususiy harakat vazifalarini hal qilish usuli bo’lingan mashq usulining varianti bo’lib, harakat texnikasining muayyan elementlari bo’lgan o’quv vazifalarini tanlash bilan ifodalanadi (masalan, endi boshlovchi sportchilar oyoqni kerib, tayanib sakrashni o’rganib olish uchun yerga qo’nishni, yugurib kelishni, depsinish va so’ng «ko’prik» tushishni birin-ketin o’rganishadi).


Mazkur o’rgatish usullari talabalarga mashq haqida axborot olish va o’rganilayotgan harakat texnikasi asoslarini bilib olish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular harakat tarkibi to’g’risidagi tasawur paydo bo’lishiga, shuningdek, ro’y berishi mumkin bo’lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.


Uchinchi guruh: standart mashq usuli, bu usul mashg’ulot sharoitida harakat ko’nikmasini mustahkamlash maqsadida harakatni mustaqil bajarish bilan ifodalanadi;


  • o’zgamvchan mashq usuli quyidagi qiyinlashtirilgan sharoitlar bilan bog’liq bo’ladi: adashtiruvchi signallar (shovqin, begona tovushlar va h.k.), atrofdagi sharoitning o’zgarishi (jihozlarning odatdagidan boshqacha qo’yilishi, yoritishm o’zgartirish va h.k.), ma’lum topshiriqni bajarish haqida kutilmagan ko’rsatma berilishi, mashqning kombinatsiyadagi joyi o’zgarib qolishi, mashqni charchagan yoki ortiqcha hayajonlanib bajarish;


  • o’rgatishning o’yin va musobaqa usuli talabalarning


o’zaro raqobat qilishini yoki harakatdan muayyan natijaga erishish uchun mas’uliyat sezishni nazarda tutadi.

Mazkur o’rgatish usullari harakat ko’nikmalari barqarorligiga erishish imkoniyatini beradi.

To’rtinchi guruhi yangi harakatni o’rgatishning to’g’ri taktikasini va o’quv jarayonini tashkil qilishning samarali shaklini tanlab olish imkoniyatini beradigan dasturlash usullaridan iboratdir. Mashqni o’rgatish jarayonini algoritmlash dasturlashtirishning ilg’or turlaridan biridir.

Algoritmik turdagi topshiriqlar o’quv materialini qismlarga bo’lishni va ana shu qism vazifalarini shug’ullanuvchilarga qat’iyan aniq tartibda birin-ketin o’rgatishni nazarda tutadi. O’quv vazifalarining birinchi qismi o’rganib bo’lingandan keyingina ikkinchi qismiga o’tish huquqi beriladi, Topshiriqlarni tuzishga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • topshiriqlar yoki o’quv material ining qismlari har bir faoliyat ifodasini aniq ko’rsatishi, ularni tanlashda tasodifga yo’l qo’ymasligi va u kimlarga mo’ljallangan bo’lsa, shularga tushunarli bo’lishi kerak;


  • algoritmik tipdagi topshiriqlar bir harakat faoliyati uchun ham, tarkib jihatidan o’xshash harakatlarni takrorlash uchun ham tuzilishi mumkin;


  • o’quvvazifalarining hammasi bir-biri bilan bog’liq hamda murakkablashib borishi jihatidan izchil bo’lishi kerak.


Topshiriqqa binoan, o’quv materiali qismlarini o’rganish tar- tibi ular orasidagi aloqadorlikka qarab belgilanadi. Algoritmik turdagi topshiriqning har bir vazifalarining takrorlanishi muayyan maqsadni hal qilishga qaratilgan bo’ladi.


Chunonchi, o’rganiladigan harakat faoliyatini muvafifaqiyat bilan bajarish uchun zarur jismoniy sifatlarni rivojlantiradigan mashqlar, o’quv vazifalarining birinchi bor takrorlanishida bo’lishi darkor. O’rganiladigan harakat faoliyati
boshlanishi va tugallanishidagi dastlabki va pirovard holatlarni o’zlashtirishga mo’ljallangan mashqlarni esa o’quv vazifalarining ikkinchi marta takrorlanishi o’z ichiga olishi lozim.

O’quv vazifalarining birinchi va ikkinchi takrorlanishi bir vaqtda yoki boshqa-boshqa vaqtda o’zlashtirilishi mumkin. O’quv vazifalarining uchinchi takrorlanishi asosiy harakatlar bajarilishini nazarda tutadi. Masalan, qo’shpoyalarda qo’llarga tayanib turib, oldinga siltanib ko’tarilishni o’zlashtirish uchun talaba siltanib turishni va oldinga qarab zarur bo’lgan balandlikka siltanishni bajara bilishi kerak.


To’rtinchi takrorlashga bajarishni ayrim qismlarga fazo, vaqt, mushaklarning zo’riqish darajasiga qarab baholash bilan bog’liq bo’lgan o’quv vazifalari kiradi. Differensiatsiyalash miqdori va aniqlik darajasi o’rganiladigan mashqning murakkabligiga bog’liq.

O’quv vazifalarining beshinchi takrori yordamchi mashqlarni o’z ichiga oladi. O’quv vazifalarining takrorlari bajarilgandan keyin, harakat osonlashtirilgan sharoitda (trenajorda, o’qituvchi yordamida, texnika vositalaridan foydalanib va h.k.) yaxlit o’rganiladi. Har bir o’quv vazifasini o’rganayotganda topshiriqlar qanchalik to’g’ri bajarilayotganini nazorat qilish orqali o’quv jarayonini faol boshqarish imkoniyati yaratiladi.

Yaxlit o’rgatish usulini qo’llashning iloji bo’lmaganda yoki samarasi kam bo’lganda algoritmik turdagi topshiriqdan foydalanish kerak. Bu turdagi topshiriqdan, odatda, texnik jihatdan mu- rakkab mashqlarni o’rganishda foydalaniladi.




    1. Yüklə 51,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə