Savol Javob 1



Yüklə 27,52 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#110655
  1   2
mening o\'lkam tarixi (1)


MENING O’LKAM TARIXI



Savol

Javob

1

O’lkamning hozirgi nomi va qachon bu nom berilgan? (qishloq, ovul, mahalla, guzar, ko’cha, shahar, shaharcha, tuman)

Nurafshon shahar, Toshkent viloyati mamuriy markazi,O`zbekiston Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 25-avgust kungi 11-yalpi majlisda To`ytepa shahrining nomini “Nurafshon”ga o`zgartirish haqidagi qarori tasdiqlangan

2

O’lkamning qadimgi nomlari (qishloq, ovul, mahalla, guzar, ko’cha, shahar, shaharcha, tuman)

Navkat , To`ytepa ,hozir Nurafshon

3

O’lkam haqida quyidagi yozma manbalarda keltirilgan(yunon-rim, fors, xitoy, arab, mahalliy va boshqa manbalar).

Syuan Szanning yo`l hotirasi asosida yozilgan “DaTang siyuji” (Buyuk Tang sayohatnomasi) asarida.
Abu Ishoq al-forisiy al-Istaxriy (850-934) “Kitob masolik va l-mamolik”(Yo`l va mamlakatlar kitobi) asarida Shosh va Iloq haqida malumotlar bor.

4

O’lkamning tarixiy geografiyasi (qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan davrda qaysi davlatlar, sulolalar tarkibiga kirgan va uning hududi)

Qang` davlati (mil avv III asr – milodiy III asr)hududi sharqda Farg`ona, shimoli-sharqda Usun davlatlari, shimoli-g`arbda Sarisu,g`arbda Sirdaryoning quyi oqimigacha bo`lgan yerlar bila chegaradosh bolgan.
Eftalilar davlati (V asr o`rtalari-VI asrning o`rtalari)uning hududi hozirgi Afg`onistoning katta qismi,O`rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning sharqiy va janubiy-sharqiy viloyatlarini o`z ichiga olgan.
Turk xoqonligi (551-747) imperiya eng rivoj topgan davrda Oxota dengizidan,Qrim yarim oroligacha, Sibirdan, Hindistongacha hududlarga egalik qilgan.
Arab xalifaligi ,Somoniylar, G`aznaviylar,Qoraxoniylar, Xorazimshohlar, Mo`g`illar imperyasi, Amir Temur va temuriylar , Shayboniylar, Ashtarxonilar, Qo`qon xonli kabi davlatlar tarkibida bo`lgan.



5

O’lkamning hozirgi kundagi geografiyasi (hududi, chegarasi)

Toshkent vohasi shimoli va shimoli- g`arbdan Qozog`iston Respublikasi,shimoli –sharqdan Qirg`iziston Respublikasi,sharqdan Namangan viloyati,janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-g`arbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh

6

O’lkamdagi arxeologik yodgorliklar haqida ma’lumot (rasmlar bo’lsa orqa qismga ilova qiling)

Ko`l buloq ilk paleolitdavriga oid yodigorlik. Toshkent viloyati hududida Chotqol tog` tizmasi yonbag`rida, Ohangaron daryosining o`ng qig`og`ida joylashgan. M.R. Qosimov (1963-1983) keng tatqiqot ishlari olib brogan . 600 kv. Metrdan ziyod maydon ochib o`rganilgan va 49 ta madani qatlam aniqlangan. Bulardan 3 tasi songgi paleolit,21 tasi o`rta va 23 tasi ilk paleolit davriga xos deb topilgan. Ilk paleolit qatlamlaridan 3000 dan ziyod tosh qurollar,hayvon suyak qoldiqlari topilgan. Yodigorlikning o`rta paleolit davriga oid qatlamlaridan qirg`ichlar , paykonlar,retushli plastinkalar, tosh bigizlar va quyon ,sug`ur suyaklari topilgan.

7

O’lkamdagi me’moriy yodgorliklar haqida ma’lumot (rasmlar bo’lsa orqa qismga ilova qiling)

Abulqosim (Eshon) madrasasi-qurdirgan shayx nomi bilan atalgan. Eng eski binosi- xonaqoi Mo`yi Muborak 1820-yil bunyod etilgan, 1850-yilda madrasa qurilgan, dastlab bir qavatli bo`lgan. Madrasa chortoq tarhli (55x46 mert), hovlisi(22x28 metr) atrofida miyonsaroy, darsxona, masjid, to`rda Mo`yi Muborak xonaqohi (6,1x6,1 metr) joylashgan.Hovliga old va orqa tomondagi peshtoq kiriladi. Madrasa eshiklarini o`ratepalik Usta Hasanboy o`yma naqsh bilan bezagan.ta`mirlashda A.Solihov, X.Nishonov, O.Polvonovlar qatnashgan (1979-yil).
Toshkent vohasida shu kabi Baraqxon madrasasi, Ko`kaldosh madrasasi,Zangiota yodigorik majmuasi kabi memoriy yodigorliklar mavjud.

8

O’lkam hududidan topilgan paleoantropologik topilma haqida ma’lumot(agar topilgan bo’lsa)

Toshkent vohasining tarixiga oid antropologik topilmalarning eng qadimgisi mil avv 1 ming yillik o`rtalariga to`g`ri keladi. Paleoantropologik topilmalar, Niyozboshtepa(yangiyo`l tumani), Bo`zsuv soxilidan, Tuyabo`g`iz atroflaridan topib o`rganilgan.

9

O’lkam hududidan topilgan etnografik ma’lumotlar (agar topilgan bo’lsa)




10

O’lkam haqida quyidagi arxiv manbalarda keltirilgan:




11

O’lkam toponimihaqida

To`ytepadagi “to`y”so`zi qadimgi turkey “qal`a, qorg`on” ma`nosidagi, Mahmud Koshg`ariy asarlarida tilga olingan “to`y”so`zi bilan bog`liq. To`ytepa esa “qo`rg`ontepa” degan ma`noni anglatgan.

12

O’lkam hududidagi oronimlar haqida ma’lumot (o’tmishdagi va hozirdagi. Masalan:Bobotog’,Hisor)

Tyanshan,Piskom, Ugom, Chimyon, Qiziltog`, Qoratosh.

13

O’lkam hududidagi etnonimlar haqida ma’lumot (o’tmishdagi va hozirdagi Masalan:Do‘rmon, mang’it)

Achamayli, Qibray, Chinoz, Appaq, Burgalik, Ko`kmo`yin, Mamut, Choldar ,

14

O’lkam hududidagi gidronimlar haqida ma’lumot (o’tmishdagi va hozirdagi Masalan:Amudaryo,Sirdaryo)

Chirchiq daryosi, Xonariq (O`rta chirchiq tumani), Tentaksoy(Parkent tumani), Sargardonsoy, Kelinchaksoy, G`alvasoy (Bo`stonliq tumani), Shovvozsoy, qashqasoy Jidalisoy (Ohangaron tumani).

15

O’lkam hududidagi patronimlar haqida ma’lumot (o’tmishdagi va hozirdagi Masalan:Shayboniylar)




16

O’lkam hududidagi agronimlar haqida ma’lumot (o’tmishdagi va hozirdagi Masalan:dala, bog’)

Olmazor, Chordara

Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə