Savol va Javoblar Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari



Yüklə 16,8 Kb.
tarix08.02.2022
ölçüsü16,8 Kb.
#83600
Umirova Farangis


Savol va Javoblar


1. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.

Pedagogik mahorat egasi kam kuch (mehnat) sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin.

Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o'zaro bog'liq bo'lgan asosiy qismlarini ajratish mumkin:

1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi.

2. Ixtisos-mutaxassislikka doir bilimlar. (kasbiy bilimlar)

3. Pedagogik qobiliyat.

4. Pedagogik texnika (ko'nikma-iqtidor).

2. Pedagogik mahorat nima? Uning mazmun mohiyatini qisqacha yoriting.

Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensik!opediya,'da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta ola-digan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta-xassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining peda­gogik mahorati tushuncbasi mazmunini shunday izohlash mumkin:

1.   Madaniyatning yuqori darajask bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi.

2.   O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.

3.   Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.

4.    O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.



3. Pedagogik fikrlar taraqqiyotidagi o`qituvchining mahorati masalalarini qisqacha tushuntiring

Biz bu yerda pedagogik mahoratni shaxsiy faoliyat nuqtai na-zaridan tushunishga harakat qilamiz hamda uni kasbiy faoliyatni tashkil etishni yuqori saviyada amalga oshirilishini ta’minlaydigan shaxsiy kompleks xususiyatlar yig‘indisi degan tushuncha nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilamiz. Bunday muhim xususiyatlarga faoliyatning insonparvarlik yo‘nalishi, o‘z kasbiy bilimi, pedagogik qobiliyati va pedagogik texnika kiradi. Bu tarifda biz uchun eng muhimi quyidagilardir.

Birinchidan: pedagogik mahorat - shaxs tuzilishida bu o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum talabi darajasida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ikkinchidan: pedagog kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, uning chuqur, tushunib, 11 anglab etadigan pedagogik bilim muhim hisoblanadi. Yo‘naltirilgan kasbiy bilim, yaxlit o‘z - o‘zini tashkil etuvchi yuqori kasbiy faoliyat asosini tashkil etadi.

Uchinchidan: pedagogik qobiliyat, pedagogik mahoratning tezroq takomillashuvini ta’minlaydigan omildir.

To‘rtinchidan: bilim va qobiliyatga tayanadigan texnika, barcha vositalarni maqsad bilan mustahkam bog‘lashga yordam beradi va bu bilan pedagogik faoliyat strukturasini kengaytiradi.



Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimida yuqoridagi barcha elementlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda, uning tashqi ta’sir yordamida o‘sishigina emas, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham asos bo‘la oladi. Muvaffaqiyatning muhim sharti qobiliyat yaxlitlik beruvchi vosita: yo‘naltiruvchanlik va natijaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik texnika hisoblanadi.

4.Sharq mutafakkirlarinining pedagogic faoliyati haqida aytib bering.

Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago’y, qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar 65 qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bo’lishgan. Alisher Navoiy “Voiz olimning o’zi avvalo halol ish ko’ruvchi bo’lishini, uning nasihatidan chiqmaslikni” o’z asarlarida bayon etgan. SHuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir o’qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O’qituvchining tili, nutqiy qobiliyati o’quvchilarning o’zlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O’qituvchining “til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan” (A.P.Chexov). Uning his tuyg’usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O’qituvchi til boyligi bilan o’quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g’azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg’otadi, bilim olishga undaydi. SHuning uchun o’qituvchi “tilning xalq o’tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita” (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak.
Yüklə 16,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə