Scientific Bulletin of Namsu-научный вестник Намгу-namdu ilmiy axborotnomasi-2022-yil maxsus sон



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#163524
6455384f4eee2 1. Axborotnoma 2022 maxsus son. 1-maqola



Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sон
1


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1012
сезиларли ишлар амалга оширилди. Жумладан, тўй ва бошқа маросимларни ўтказиш
анъаналари тикланди, ота- оналар билан фарзанд ўрталарида авлод - аждодларимиздан
мерос бўлиб келган муносабатларни : ота-онанинг оиладаги роли, фарзанднинг улар
олдидаги бурчларини англаш каби анъаналарга эътибор ошди . Айнан шунинг учун ҳам
айрим тадқиқотчилар умуминсоний ва миллий қадриятлар ўртасидаги диалектик
боғлиқликни цивилизатцион ёндашув орқали очиб беришга ҳаракат қиладилар. Чунки,
цивилизация бугун минтақалар ва элатларни, халқларни бирлаштирувчи,
яқинлаштирувчи, улар ўртасидаги интеграцияни кенгайтирувчи омил сифатида
кўрсатилмоқда. Шу нуқтаи назардан улар умуминсоний қадриятлар тизимининг
шаклланишини
космоген
цивилизация,
техноген
цивилизация,
антропоген
цивилизацияларга гуруҳлаб ўрганишга интиладилар. Бу эса, шахс маънавиятига ҳам
ушбу цивилизацияга хос белгиларни шакллантириш нуқтаи назаридан ёндашишга
ундайди.
Фойдаланилган адабиётлар
1.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 31 декабрдаги
“Узлуксиз маънавий тарбия концепциясини тасдиқлаш ва уни амалга ошириш чора-
тадбирлари тўғрисида”ги 1059-сон Қарори 1-иловаси. // Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси, 03.01.2020 й., 09/20/1059/4265-сон.
2.
Туленов Ж. Қадриятлар фалсафаси. – Т.: Ўзбекистон, 1998. – 236 б.
3.
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 3-жилд. – Тошкент: Давлат илмий
нашриёти, 2002. – 382 б.
O’ZBEKISTONNING MUQOBIL ENERGIYA RESURSLARI VA ULARDAN
SAMARALI FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Qoriyev Mirzohid Rustamjonovich
NamDU, Ekologiya kafedrasi katta o’qituvchisi, g.f.f.d. (PhD)
Abdujabborov Abdujamil Abdulaziz o’g’li
NamDU, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ekologik toza tabiiy energiya resurslari bo’lgan muqobil
energiya resurslaridan foydalanishning zarurati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek,
O’zbekistonning muqobil energiya resurslari potensiali, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari
hamda bu borada olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar xususida olib borilgan tadqiqot natijalari
keltirilgan.
Kalit so’zlar:
muqobil energiya resurslari, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, gidroenergiya
resurslari, chiqindisiz energiya ishlab chiqarish texnologiyalari.
ALTERNATIVE ENERGY RESOURCES OF UZBEKISTAN AND POSSIBILITIES
OF THEIR EFFECTIVE USE
Annotation.
This article provides information on the need to use alternative energy resources,
which are ecologically clean natural energy resources. Also, the results of the research on the potential
of alternative energy resources of Uzbekistan, the possibilities of their effective use and the large-scale
reforms being carried out in this regard are presented.


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1013
Key words:
alternative energy resources, solar energy, wind energy, hydropower resources,
waste-free energy production technologies.
АЛЬТЕРНАТИВНЫЕ ЭНЕРГЕТИЧЕСКИЕ РЕСУРСЫ УЗБЕКИСТАНА И
ВОЗМОЖНОСТИ ИХ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
Аннотация.
В данной статье представлена информация о необходимости
использования альтернативных источников энергии, которые являются экологически
чистыми природными энергоресурсами. Также представлены результаты исследования
потенциала альтернативных энергетических ресурсов Узбекистана, возможностей их
эффективного использования и проводимых в связи с этим широкомасштабных реформ.
Ключевые слова:
альтернативные источники энергии, солнечная энергия, энергия
ветра, гидроэнергетические ресурсы, безотходные технологии производства энергии.
Kirish
Hozirgi vaqtda dunyoning ko’plab mamlakatlarida elektr-energiya ishlab chiqarish
maqsadida an’anaviy yoqilg’i energetika resurslaridan (neft, gaz, ko’mir, torf, slanes va b.)
keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Bu esa atmosfera havosini zararli issiqxona gazlari
(CO
2
, CO, CH
4
va b.) bilan yuqori darajada ifloslanib borishiga olib kelmoqda. Natijada butun
insoniyatni tashvishga solayotgan “global iqlim o’zgarishi” muammosi yil sayin kuchayib,
ayanchli oqibatlarga sabab bo’lmoqda. Mazkur holatni yumshatish maqsadida dunyoning
ko’plab rivojlangan mamlakatlarida an’anaviy yoqilg’i energetika resurslaridan foydalanishni
imkon qadar kamaytirib, muqobil energiya manbaalaridan samarali foydalanish bo’yicha
keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun 2019 yil Germaniyada qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan ko‘mir va atom elektrostansiyalaridagiga nisbatan
ko‘proq energiya ishlab chiqarildi. Quyosh, shamol, biomassa va suv orqali olingan elektr
energiyasi ulushi 47,3%ni tashkil etdi [18].
Ta’kidlash joizki, atrof-muhitga zarar keltirmay insoniyat xizmatini bajaradigan
energiya tabiatda mavjud bo’lgan ekologik toza tabiiy energiyalardir. Bu energiya turlariga
suv, quyosh, shamol, geotermal suvlar, geyzerlar, to’lqinlar, suv sathining ko‘tarilib-tushishi,
vulqonlar, chaqmoqlar, okean va dengizlardagi har xil oqimlar, biomassa, vodorod yoqilg'isi,
shahar chiqindilari, fotosintez; fotoelektrik o‘zgartiruvchilar, kimyoviy (galvanik) elementlar
va boshqalar kirishi mumkin. Mana shu energiya turlari noana’naviy va qayta tiklanuvchi
energiya manbalari deyiladi [5].
Mamlakatimizda birinchi bo’lib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan biri bo’lgan
suv energiyasidan foydalanish 1926-yili qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasini ishga
tushirishdan boshlangan [11]. 1987 yilda esa Toshkentda 3000°C dan ortiq issiqlik to’playdigan
quyosh pechi ishga tushirilgan [13]. Namangan viloyatining Pop tumanida 2014 yilning
dekabr oyida quvvati 130 kVt·soat bo‘lgan mamlakatimizdagi dastlabki quyosh fotoelektr
stansiyalaridan biri qurildi va ishga tushirildi [17]. Shamol energiyasidan foydalanish
nazariyasi va usullari 1950 yillarda ishlab chiqilgan bo’lib, Respublikamizda birinchi shamol
energetik qurilmalaridan 1983-yilda Navoiy viloyati Tomdi tumani chorvadorlari foydalana
boshlashdi [12].


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1014
So’nggi 5 yil ichida xukumatimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan
samarali foydalanish, ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb etish bo’yicha juda katta
islohotlar amalga oshirildi. Bu borada Prezdentimiz tomonidan e’lon qilingan qaror va
farmonlar soha rivojiga jiddiy turtki bo’lmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 26 maydagi “2017 – 2021-yillarda qayta tiklanuvchi
energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-son qarorni alohida
takidlash lozim [1]. Chunki ushbu qaror bo’yicha qayta tiklanuvchi energetikani yanada
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining maqsadli ko‘rsatkichlari keltirilgan. Unga
ko’ra mamlakatimizda energiya ishlab chiqarish quvvatlari tuzilmasida qayta tiklanuvchi
energiya manbalari hisobiga hosil qilinadigan energiya ishlab chiqarish quvvatlari ulushini
2025 yilga qadar 19,7 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shundan, 15,8 foizi gidroenergetikaga,
2,3 foizi quyosh energetikasiga, 1,6 foizi esa shamol energetikasiga to’g’ri kelishi belgilangan.
Ushbu maqsadga erishish uchun qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga doir yirik
investitsiya loyihalarini amaliyotga tadbiq etish belgilangan. Shular qatoriga Samarqand,
Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining har birida quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh fotoelektr
stansiyalarini, Navoiy viloyatida quvvati 102 MVt bo’lgan shamol elektr stansiyasini qurish,
bundan tashqari Respublikaning turli burchaklarida 2017-2025 yillar oralig’ida jami 18 ta yangi
gidroelektr stansiyalarini qurish loyihalarini kiritish mumkin.
Asosiy qism
O’zbekiston qayta tiklanadigan energiya resurslariga boy bo’lib, bu qariyb 51.0 milliard
t.n.e. (tonna neft ekvivalenti) miqdorida baholanmoqda [9]. Shulardan eng muhimlariga
quyosh, shamol va gidroenergiya resurslari kiradi. O‘zbekistonning mana shu turdagi qayta
tiklanadigan energiya manbaalari salohiyati bo’yicha katta tafovutlarga ega (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyati [9]
Salohiyat
Jami
(mln. t.n.e.)
Shu jumladan energiya (mln. t.n.e.)
Quyosh
Gidro
Shamol
Geotermal
Yalpi
50984,6
50973,0
9,2
2,2
0,2
Texnik
179,0
176,8
1,8
0,4
-
O’zlashtirilgan
0,6
-
0,6
-
-
1-rasm. O‘zbekistondagi qayta tiklanadigan energiya resurslarining texnik salohiyati
bo’yicha taqsimoti


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1015
O‘zbekistondagi qayta tiklanadigan energiya resurslarining texnik salohiyati (mavjud
texnologiyalar asosida o’zlashtirish imkoniyati mavjud bo’lgan yalpi salohiyatning bir qismi)
bo’yicha ma’lumotlarni (1-jadval) tahlil qiladigan bo’lsak, quyosh energiyasi salohiyati qariyb
98,8% ni, gidroenergiya resurslari 1,0% ni, shamol energiyasi esa 0,2% ni tashkil etar ekan (1-
rasm).
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha
yetarlicha yuqori texnik salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Jumladan,
O’zbekistonning quyosh energiyasidan elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyati yiliga 525
- 760 milliard kVt/soatgacha, shamol energiyasidan elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyati
esa 1 milliard kVt/soatdan ortishi mumkin [7].
Quyosh energiyasi.
O’zbekiston Respublikasi serquyosh mamlakatlardan biri bo’lib,
bir yilda o‘rtacha:
- 300 kun quyoshli kun hisoblanadi;
- 2980 ÷ 3130 soat temperaturaning o‘rtacha miqdori +42°C ni, kunning uzunligi 14-16
soatni tashkil qiladi;
- cho‘l rayonlarida temperatura + 50°C gacha ko‘tariladi;
- har bir m
2
maydonda 1 yilda 1900-2000 kWt gacha quyosh radiatsiyasi hosil bo’lishi
mumkin [5].
«O’zbekenergo» DAK (AJ) mutaxassislarining hisoblariga qaraganda O’zbekiston
Respublikasi hududi Quyosh energiyasi bo’yicha juda katta imkoniyatlarga ega.
Mamlakatdagi barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99% i ni quyosh energiyasi
tashkil qilib, 50 mlrd. tonna neft ekvivalentiga teng ekanligi aniqlandi [5]. Eng so’nggi
ma’lumotlarga ko’ra O‘zbekistonda quyosh stansiyalarini qurish orqali jami 600 mlrd kVt-soat
elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu respublikning bugungi kunda
energiyaga bo‘lgan jami ehtiyojidan 8 barobar ko‘p [16].
O’zbekistonning janubiy hududlari (Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro,
Navoiy) boshqa hududlarga nisbatan quyosh energiyasiga boy hisoblanadi. Buni quyidagi
O’zbekistonning quyosh energiyasi potensiali kartasida ham ko’rish mumkin (2-rasm).


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1016
2-rasm. O’zbekistonning quyosh energiyasi potensiali kartasi [4]
O’zbekistonning janubiy hududlari quyosh energiyasiga boy bo’lganligi sababli (2-
rasm) quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish ishlari aynan mana shu hududlarda barpo
etilmoqda. Misol uchun Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 megaVatt bo‘lgan
zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-
soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz
tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi [16]. Xuddi
shunday quvvati 100 megaVatt bo‘lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi Samarqand
viloyatining Nurobod tumanida joriy yilning 24 may kuni ishga tushdi. Ma’lum qilinishicha,
ushbu elektr stansiya yiliga 260 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqarib, 80
mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shuningdek, stansiya ishga
tushirilishi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda
atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilarning chiqishi oldi olinadi [19]. Bundan tashqari,
2022 yilning 24-may kunidan boshlab Samarqand viloyatining Nurobod tumanida qurilgan,
quvvati 100 megavattga teng bo‘lgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasi O‘zbekistonning
yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi. Energetika vazirligi matbuot xizmatining
xabar berishicha, ushbu elektr stansiya yiliga 260 million kilovatt-soat elektr energiya ishlab
chiqarib, 80 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shuningdek,
stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi
hamda atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilarning chiqishi oldi olinadi [15].
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston quyosh energiyasiga juda
boy mamlakat va bu energiyadan samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.
O’zbekistonning nafaqat janubiy hududlari, balki, har bir qismi quyosh energiyasiga boy


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1017
hisoblanadi. Misol uchun Namangan viloyatida joylashgan Namangan meteostansiyasining
so’nggi 5 yillik (2016-2021 yy.) ma’lumotlari tahlili Namangan viloyati hududidining ham
serquyosh ekanligini, ya’ni, quyosh energiyasiga boy ekanligini ko’rsatmoqda (2-jadval).
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Namangan viloyatida yil davomida 2000-
2500 soat (o’rtacha 2400 soat) quyosh nur sochib turadi. Oylar kesimida olganimizda may,
iyun, iyul, avgust, sentyabr oylarida 250-350 soat (o’rtacha 300 soat) quyosh nur sochib turadi.
Bu esa, Namangan viloyatining quyosh energiyasiga boy ekanligini, undan samarali
foydalanish muhim masalalardan biri ekanligini ko’rsatmoqda.
2-jadval
Namangan viloyatining Namantgan meteostansiyasi ma’lumotlari bo’yicha so’nggi 5
yillikdagi (2016-2021 yy.) quyosh yog’dusi ma’lumotlari [6]
(soat)
Oy
Yil
I
II
III
IV
V
VI
VII VIII
IX
X
XI
XII Yillik
201
6
99,7 209,
9
167,
3
221,
2
288,
8
225,
1
106,
3
359,
3
291,
4
203,
4
148,
4
47,
5
2368,
3
201
7
115,
0
105,
5
158,
4
198,
1
316,
9
309,
9
317,
9
296,
6
269,
9
193,
4
151,
3
42,
4
2475
201
8
64,6 108,
3
114,
5
178,
0
230,
2
300,
3
349,
7
301,
9
278,
5
164,
7
122,
5
79,
8
1926
201
9
78,9 92,6
183
156
335,
1
278,
5
367,
6
354,
2
275,
2
243,
6
142,
1
61,
0
2568
202
0
74,0 144,
8
178,
8
241,
3
301,
0
313,
5
303,
7
266,
0
260,
4
216,
6
120,
4
18,
9
2439
202
1
121,
5
115
23
275,
8
270,
1
327,
2
325,
5
326,
6
309,
4
189,
1
112,
5
93,
8
2479,
5
Izoh: Ushbu ma’lumot Namangan viloyat gidrometeorologiya boshqarmasining
statistik ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzildi.
Namangan viloyatida mavjud quyosh resurslaridan samarali foydalanish maqsadida
bir qator amaliy ishlar bajarilgan. Jumladan, Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya
Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi ko‘magida 2014 yilning dekabr oyida
quvvati 130 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurildi va ishga tushirildi, ushbu
stansiya yagona elektr energetikasi tarmog‘iga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr
energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega [17].
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022 – 2026-
yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi
turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarorida Namangan viloyatining Pop tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi quvvatini 150
MVtga yetkazish maqsadida 2022-yilda investorlar tanlovini amalga oshirish va 2024-yilda
Pop tumanida 150 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan
[2].
Shamol energiyasi.
Shamol - bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib
turishi natijasida yuzaga keladigan havo massasining harakatidir [5].
Shamollarning yillik nazariy zahirasi Yer yuzidagi barcha energiya zahiralaridan 100
marta ortiq bolib, 3300xl0
12
kW soatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning faqatgina 10-12%


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1018
dan foydalanish mumkin. Masalan, 1987-yilda Yer yuzidagi barcha shamol qurilmalari
tomonidan 10x10
12
kW soat energiya ishlab chiqarilgan, ya’ni yillik zahiraning atigi 0,3% i dan
foydalanilgan [5].
Bugungi kundа O’zbekistonning shаmоllаr аtlаsi tuzilgаn bo’lib, ungа ko’rа shаmоl
enеrgiyasining yalpi imkоniyati 2,2 mln.t.n.e. (million tonna neft ekvivalenti) dеb
bаhоlаnmоqdа, uning tехnikаviy imkоniyati esа – 0,427 mln.t.n.e. gа tеng [8]. Mаmlаkаt
hududining 75 fоizi shаmоl kuchi yordаmidа enеrgiya hоsil qilish uchun fоydаlаnishgа
yarоqsiz. Chunki, Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5 m/s dan kam bo‘lmasa,
shamol generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizning katta
hududida shamol kuchi bunday tezlikka erisha olmaydi. Buni quyidagi jadval orqali
ko’rishimiz mumkin (3-jadval).
3-jadval
O’zbekistonning ayrim hududlarida oylik o’rtacha shamol tezligi (m/s) [8]
Hududlar Yan. Fev. Mart Apr. May. Iyun Iyul Avg. Sen. Okt. Noy. Dek.
Toshkent
1,1
1,2
1,5
1,3
1,4
1,4
1,3
1,3
1,2
1,2
1,2
1,1
Nukus
3,4
4,3
4,0
3,5
3,8
3,6
4,1
3,7
2,6
2,6
2,7
3,8
Urganch
3,6
4,4
4,1
3,3
3,1
3,3
2,7
2,7
2,3
2,4
2,8
4,0
Buxoro
2,9
2,9
3,7
2,6
3,2
3,7
4,6
4,0
3,7
2,2
2,3
3,4
Navoiy
3,7
4,0
5,1
2,5
2,8
2,5
3,6
1,9
2,6
2,7
3,1
4,2
Samarqand
1,6
1,4
1,6
1,5
1,3
1,3
1,5
1,0
0,9
0,7
0,8
0,8
Jizzax
1,5
1,6
2,1
1,8
2,1
1,7
1,5
1,4
1,6
1,1
1,5
1,3
Sirdaryo
1,2
1,2
1,5
1,2
1,3
1,0
0,9
1,0
1,0
1,1
1,1
1,1
Qarshi
2,7
3,1
3,6
2,7
3,0
3,3
3,5
2,7
2,5
2,1
2,1
2,5
Termiz
2,9
3,7
4,6
2,7
2,9
2,5
2,6
2,3
2,4
2
2,4
2,4
Andijon
0,8
1,2
1,7
2,1
2,1
2,3
1,9
1,4
1,5
0,8
0,8
0,8
Namangan
1,7
1,8
2,3
2,4
2,6
2,8
2,5
2,2
2,3
2,1
1,9
1,5
Farg’ona
0,7
0,8
1,0
1,2
1,1
1,1
1,0
0,9
0,9
0,8
0,9
0,8
3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Nukus, Urganch, Buxoro va Navoiy
viloyatlarida shamolning oylik o’rtacha tezligi boshqa hududlarga nisbatan bir oz yuqori.
Qolgan hududlar esa bu borada ancha kam imkoniyatlarga egaligi bilan tavsiflanadi.
Quyidagi O’zbekistonning shamol tezligi kartasi orqali hududlarning bu boradagi
imkoniyatlarini yanada aniqroq tavsiflash mumkin (3-rasm).
Karta ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonning tog’li hududlari (Toshkent,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarining tog’li hududlari) shamol tezligi bo’yicha bir
oz yaxshi ta’minlangan. Shu bois, O’zbekistonda dastlabki shamol elektr stansiyasi Toshkent
viloyatining tog’li hududida barpo etilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib Chorvoq suv omborining dam olish
zonasida (Toshkent viloyatida) shamol energoqurilmasi o‘rnatildi. Quvvati 750 kWt

soat
bo‘lgan shamol elektr stansiyasini o‘rnatish Janubiy Koreyaning «Doojin Co. LTD»
kompaniyasi yordamida olib borildi. Ushbu Shamol elektr stansiyasi bir yilda 12,3 million
kWt

soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Natijada yiliga 700 ming m
3
tabiiy gazni tejab
qolishga erishiladi [14].


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1019
3-rasm. O‘zbekiston hududi bo‘ylab shamol tezligining taqsimot kartasi [10].
O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari (ShES)ni qurish uchun aniqlangan yer
maydonlaridagi shamol potensiali ko‘rsatkichlari jahonda mavjud shamol elektr
stansiyalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori hisoblanadi. Ushbu hududlarning shamol
energiyasidan samarali foydalanish maqsadida O’zbekistonda yirik loyihalarni amalga
oshirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, Energetika vazirligi matbuot
xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy
viloyati Tomdi tumanida qiymati 600 million AQSh dollari bo‘lgan 500 MVt quvvatli shamol
elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Ushbu stansiya 2024 yilda to‘liq
foydalanishga topshirilgach, yillik 1,8 milliard kVt

soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 1
yilda 546 million kub metr tabiiy gaz tejaladi [21].
Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Buxoro
viloyati G‘ijduvon va Peshku tumanlarida qiymati 1,3 milliard AQSh dollari bo‘lgan 1000 MVt
quvvatli 2 ta ShES qurishi bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, ushbu stansiyalar 2023 yilda
ishga tushirilgach, yillik 3,6 milliard kVt

soat elektr energiyasi yetkazib beriladi va yiliga 1,1
milliard kub metr tabiiy gaz tejalishini ta'minlaydi [21].
Mana shunday yirik loyihalardan yana biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy
va Qorao‘zak tumanlarida qiymati 110 million AQSh dollari bo‘lgan 100 MVt quvvatli shamol
elektr stansiyasini qurish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda
tanlov o‘tkazildi. “ACWA Power” kompaniyasi 1 kVt

soat elektr energiyasi uchun 2,57 AQSh
senti tarif taklifi bilan tanlov g‘olibi bo‘ldi. Ushbu stansiya 2023 yilda ishga tushgach, yiliga
350 million kVt

soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va bir yilda 106 million kub metr tabiiy
gazni tejaydi [21].
Bildirilishicha, Energetika vazirligi shamol energetikasini rivojlantirish konsepsiyasida
belgilangan rejalarni muddatidan oldin bajarmoqda. 2030 yilga qadar mamlakatda ShESlar


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1020
umumiy quvvatini 5000 MVtga yetkazish kutilmoqda. Ularning katta qismini
Qoraqalpog‘iston Respublikasida barpo etish nazarda tutilmoqda [21].
Gidroenergiya resurslari.
O‘zbekiston gidroenergetika resurslariga boy mamlakat
hisoblanadi. Bu borada respublikamizda o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan gidroenergetika
resurslari yiliga 27,4 milliard kilovatt/soat elektroenergiya ishlab chiqarish hajmiga tengligini
aytishning o‘zi kifoya. Shu bilan birga, hozirda mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatining
atigi 6,5 milliard kilovatt/soati yoki 23,7 foizi o‘zlashtirilgan, xolos [20].
O‘zbekistonning nazariy jihatdan bir yillik umumiy gidroenergetik imkoniyati
quyidagicha:
1. Yillik umumiy (yoki nazariy) giroenergetik potensial – 88,5 mlrd. kVt/soat, shundan:
- katta daryolar - 81,1 mlrd. kVt/soatni;
- o‘rtacha daryolar – 3,0 mlrd. kVt/soatni;
- kichik daryolar – 4,4 mlrd. kVt/soatni tashkil qiladi.
2. Energiya hosil qiluvchi suv oqimi o‘z yo‘lida juda ko‘p qarshiliklarga duch keladi va
isrof bo‘ladi. Isrof bo‘lgan energiyadan qolgan energiya – texnik gidroenergetik potensial, 27,4
mlrd. kVt/soatga teng bo‘lib, shundan:
- katta daryolar - 24,6 mlrd. kVt/soatni;
- o‘rtacha daryolar – 1,5 mlrd. kVt/soatni;
- kichik daryolar – 2,3 mlrd. kVt/soatni tashkil qiladi.
3. GES jihozlaridan o‘tayotgan suv oqimi, juda ko‘p qarshiliklarni engib o‘tadi. Barcha
qarshiliklardan so‘ng qolgan sof iqtisodiy samarador gidroenergetik potensiali 16,6 mlrd.
kVt/soatni tashkil qiladi (shundan 6,5 milliard kilovatt/soati o‘zlashtirilgan) [9].
O’zbekiston hududidan oqib o’tuvchi asosiy daryolarning gidroenergetika resurslari
bo’yicha ma’lumotlar 4-jadvalda keltirib o’tilgan.
4-jadval
O’zbekistondagi asosiy daryolar gidroenergetika resurslari [3
].

Daryo
Texnik
Iqtisodiy
O’zlashtirilgan
МVt
GVt·soat
МVt
GVt·soat
МVt
GVt·soat
1.
Chotqol
500
1,1
500
1,1
-
-
2.
Pskom
1250
3,06
1250
3,06
-
-
3.
Chirchiq
1246
4,48
1228
4,78
1200
4,72
4.
Qoradaryo
188
0,78
188
0,78
168
0,61
5.
Sirdaryo
166
0,75
166
0,75
126
0,43
6.
Surxondaryo
320
1,46
160
0,47
-
-
7.
Qashqadaryo
70
0,21
12
0,065
-
-
8.
Zarafshon
168
0,62
40
0,18
40
0,18
9.
Amudaryo
770
3,27
650
2,57
150
0,47
Jami
16,07
13.75
6,43
4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, O’zbekistondagi gidroenergetika
resurslariga boy bo’lgan asosiy daryolar Pskom, Chirchiq, Amudaryo va Chotqol daryolari
hisoblanadi. Ularni o’zlashtirish darajalari ham turlichadir. Misol uchun, Chirchiq daryosining
texnik salohiyati 1246 MVt ga teng bo’lib, shundan 1200 MVt qismi to’liq o’zlashtirilgan.
Shuningdek, Qoradaryoning texnik salohiyati 188 MVt ga teng, shundan 168 MVt qismi,
Sirdaryoning texnik salohiyati 166 MVt ga teng bo’lib, shundan 126 MVt qismi to’liq
o’zlashtirilgan. Ko’rinib turibdiki bu daryolar gidroenergiya resurslarining texnik salohiyati


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1021
darajasidagi miqdori deyali to’liq o’zlashtirilgan va iqtisodiyotda foydalanilmoqda. Aksincha,
Pskom, Chotqol, Surxondaryo va Qashqadaryolarning gidroenergiya resurslari umuman
o’zlashtirilmagan.
Umuman olganda O’zbekiston hududidan oqib o’tadigan 650 ta daryo, ko’plab
irrigatsiya kanallari va suv omborlarining gidroenergiya resurslari bir yilda 21 TWt·soat
(teravatt/soat) elektroenergiya ishlab chiqaradigan ko’plab gidroelektr stansiyalar barpo etish
uchun texnik imkoniyatlarga ega hisoblanadi [9].
2009 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, Respublikamizda o’rnatilgan, quvvati 1689 MVt ga teng
41 ta GES mavjud bo’lib, ulardan 30 tasi harakatda bo’lgan. Shu bilan birga quvvati 383,2 MVt
ga teng 35 ta kichik GESlar qurilgan, ulardan 24 tasi harakatda bo’lgan (Chirchiq Bo'zsuv trakti
GESi, Toshkent GESlari kaskadi, Andijon GESlari, Samarqand GESlari) [3].
2014 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekiston hududidagi kichik, o‘rtacha va katta
daryolarda hamda irrigatsiya tizimlarida konservatsiya qilingan, ekspluatatsiya qilinayotgan,
qurilayotgan, loyihalanilayotgan, loyiha qidiruv ishlari olib borilayotgan GESlar soni 204
donani tashkil qiladi. Shundan: ekspluatatsiya qilinayotgan (foydalanilayotgan) GESlar 34
(«Uzbekenergo» DAK (AJ) ga qarashlisi 30 dona, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
qoshidagi «Suvenergo» birlashmasiga qarashli GESlar 4 dona); konservatsiya qilingan GESlar
11 donani; qurilishi mo‘ljallanib, loyiha-qidiruv va loyiha ishlari bajarilayotgan GESlar soni 45
donani; qurilishi mumkin bo‘lgan GESlar daryolarda 12 donani, suv omborlarida 23 donani
va magistral kanallarda 79 donani tashkil qiladi [5].
2017 yilda berilgan ma’lumotlarga ko’ra esa O‘zbekiston gidroenergetika sohasi 36 ta
gidroelektrostansiyalarni o‘z ichiga olib, shundan yiliga o‘rtacha 5,2 milliard kilovatt/soat
elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega 28 tasi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati
tizimiga kiradi, yiliga o‘rtacha 1,3 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish
quvvatiga ega 8 ta gidroelektrostansiya esa Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi
«O‘zsuvenergo» birlashmasi tasarrufidadir [20].
Bugungi kunda O‘zbekiston gidroenergetika sohasida mavjud bo’lgan 36 ta
gidroelektrostansiyalarnining 25 tasi qirq-sakson yil muqaddam ishga tushirilgan va o‘zining
texnik resurslarini deyarli o‘tab bo‘lgan, asbob-uskunalar va inshootlar modernizatsiya va
rekonstruksiyaga muhtojdir. Shu bois mamlakatimiz prezidenti tomonidan mazkur masalaga
jiddiy e’tibor qaratilgan holda soha mutaxassislariga bir qator topshiriqlar berilgan. Jumladan,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 26 maydagi “2017 – 2021-
yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy
sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-son
qarorda gidroenergetikani rivojlantirishga katta e’tibor berilgan [1]. Ushbu qarorda 2017-2025
yillar davomida quvvati 984,7 MWt·soat bo’lgan 18 ta yangi gidroelektr stansiyalarni qurish
va quvvati 1384,9 MWt·soat bo’lgan 14 ta mavjud gidroelektr stansiyalarni modernizatsiya
qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2021-2030 yillar davomida quvvati 637,3 MWt·soat
bo’lgan yangi gidroelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 24 ta istiqbolli loyihalarni amalga
oshirish va mavjud gidro elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha quvvati 588
MWt·soat bo’lgan 18 ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish qat’iy belgilangan hamda
ularning ijrosini ta’minlash “O‘zbekgidroenergo” AJ zimmasiga yuklatilagan [1].
Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbai
bo‘lgani sababli ulardan foydalanishni har tomonlama kengaytirish respublikamizning


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1022
zamonaviy taraqqiyot strategiyasiga mosdir. Bu sanoat va kommunal korxonalari, qishloq
xo‘jaligi va hududlarda axolining elektr energiyasiga bo‘lgan oshib borayotgan ehtiyojini
kafolatli qoplashni, mamlakatimizdagi organik yoqilg‘i zaxiralaridan oqilona foydalanish va
ularni tejashni, shuningdek, atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarilishi kamaytirilishini
ta'minlaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytgada, O’zbekiston Respublikasi muqobil energiyaning eng asosiy turlari
– quyosh, gidro va shamol resurslariga juda boy xisoblanadi. Yuqorida keltirib o’tilgan dalillar
bunga yorqin misoldir. Bu resurslarning juda katta qismi hali o’zlashtirilmagan bo’lib, keyingi
yillarda mavjud quvvatlardan unumli foydalanish bo’yicha dastlabki yirik qadamlar
tashlandi, keng ko’lamli chora tadbirlar amalga oshirilib, yirik loyihalar hayotga tadbiq etib
kelinmoqda. Bu boradagi say harakatlarni og’ishmasdan davom ettirish, shuningdek
islohotlarni yanada rivojlantirish barqaror iqtisodiy taraqqiyot va ekologik farovonlikka
erishish imkonini beradi.
Bundan tashqari:
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining asosiy afzalligi tugallanmasligi va ekologik
tozaligi hisoblandi, ulardan foydalanish planetaning energetik muvozanatini o‘zgartirmaydi.
Tiklanuvchan energiya manbalari insoniyat oldida turgan uchta global muammolarni
yechishda sezilarli rol o‘ynaydi: energetikada, ekologiyada, savdo-sotiqda;
- muqobil energiya manbalari birlamchi uglevodorod resurslarini (neft, gaz, ko’mir va
b.) tejash, mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi;
Shunday qilib, energiya balansiga ekologik toza, qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini keng jalb qilish orqali atrof-muhitga texnogen ta’sirlarni kamaytirish
imkoniyatlari kengayadi. Bu esa uglevodorod resurslarini elektr energiyasi ishlab chiqarish
uchun emas, balki neft-kimyo sanoatida xomashyo sifatida ishlatish maqsadida saqlab qolish
imkonini beradi. Markaziy energiya ta’minotidan uzoq, borish qiyin bo‘lgan aholi yashash
joylarida qulay va ishonchli energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 2017 – 2021-yillarda qayta tiklanuvchi
energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida. Toshkent sh., 2017-yil 26-may,
PQ-3012-son.
https://lex.uz/docs/-3221894
[2]. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “2022 – 2026-yillarda
Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush
darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Toshkent sh.,
2022-yil 25-aprel, 211-son.
https://lex.uz/uz/docs/-5984308
.
[3]. Badalov A.S., Zenkova V.A., Uralov B.R., Shaazizov F.Sh. Gidroelektrostansiyalar (o’quv
qo’llanma). Toshkent, 2009. – 124 b.
[4].
Global
Solar
Atlas.
www.globalsolaratlas.info
https://globalsolaratlas.info/download/uzbekistan
[5]. Majidov T.Sh. Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari. T.: «Voris nashriyot»,
2014. – 168 b.


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1023
[6]. Namangan viloyat gidrometeorologiya boshqarmasining statistik ma’lumotlar to’plami.
Namangan, 2022 y.
[7]. Nilufar Avezova, Azizboy Khaitmukhamedov, Akmal Vokhidov. Uzbekistan renewable
energy short overview: programs and prospects. International Journal of Energy and Smart
Grid. Vol 2, Number 2, 2017. – P. 43-46. doi:10.23884/IJESG.2017.2.2.03
[8]. Safarov A.B, NematovSh.N. O’zbekiston hududida shamol energiyasidan foydalanish
istiqbollari.
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/joomla/129-o-zbekiston-hududida-
shamol-energiyasidan-foydalanish-istiqbollari
[9]. Toshpo‘latov N.T., Qodirov D.B. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (o’quv qo’llanma).
Toshkent, 2020. – 170 b.
[10]. Zakhidov, R.A., Kremkov, M.V., The wind power potential of Uzbekistan, Appl. Solar
Energy, 2015, vol. 51, no. 4, pp. 336–337.
[11]. O’zbekiston milliy ensklopediyasi. 2 - tom, Toshkent, 2001. - 704 bet.
[12]. Имомов Ш.Ж. и другие. Aлтернативное топливо на основе органике. Тошкент
“Фан”, 2013 й. – 260 c.
[13].
www.alternativenergy.ru
. Большая Солнечная Печь Узбекистана. 04 март. 2022 год.
https://alternativenergy.ru/solnechnaya-energetika/840-bolshaya-solnechnaya-pech-
uzbekistana.html
[14].
www.cleandex.ru
. Первая ветровая энергетическая установка возводится в
Узбекистане.
02
августь
2010
год.
http://www.cleandex.ru/news/2010/08/02/the_first_wind_power_plant_is_being_built_in_uzbeki
stan
[15].
www.daryo.uz
. Samarqandda quvvati 100 megavattga teng yirik quyosh fotoelektr
stansiyasi ishga tushirildi. 24 may 2022 yil.
https://daryo.uz/2022/05/24/samarqandda-quvvati-
100-megavattga-teng-yirik-quyosh-fotoelektr-stansiyasi-ishga-tushirildi/Internet
[16].
www.gazeta.uz
. Karmanada quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga
tushirilmoqda. 27 avgust 2021 yil.
https://www.gazeta.uz/oz/2021/08/27/karmana/
[17].
www.kun.uz
. 2025 yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi 19,7
foizga yetkaziladi. 30 may 2017 yil.
https://kun.uz/uz/75443998?q=%2F75443998
[18].
www.kun.uz
. Germaniya AES va IESdan «muqobil energetika»ga o‘tmoqda: buning
sababi nima?. 19 iyul 2019 yil.
https://kun.uz/uz/news/2019/07/19/germaniya-aes-va-iesdan-
muqobil-energetikaga-otmoqda-buning-sababi-nima
.
[19].
www.daryo.uz
. Samarqandda quvvati 100 megavattga teng yirik quyosh fotoelektr
stansiyasi ishga tushirildi. 24 may 2022 yil.
https://daryo.uz/2022/05/24/samarqandda-quvvati-
100-megavattga-teng-yirik-quyosh-fotoelektr-stansiyasi-ishga-tushirildi/
[20].
www.kun.uz
. O‘zbekistonda yagona gidroenergetika sohasi yaratiladimi? 20 may 2017
yil.
https://kun.uz/uz/42686834
[21].
www.kun.uz
. O‘zbekistonda shamol energetikasi hajfmini 5 000 MVt/soat gacha
yetkazish
rejalashtirilmoqda.
3
noyabr
2021
yil.
https://kun.uz/uz/news/2021/11/13/ozbekistonda-shamol-energetikasi-hajmini-5-000-
mvtgacha-yetkazish-rejalashtirilmoqda


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_maxsus sоn
1250
204
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tasavvurlarini rivojlantirishda
mantiqiy masalalarning o’rni
Sulaymonova S.U., Ma’rufxonova M.I. ..........................................
...............................................
1002
205
Talabalar mustaqil ishlarini raqamli texnologiyalar yordamida tashkil etish
Maxmudov A.Z. ..........................................
.........................................................................................
1006
206
Аксиологик ёндашув асосида бўлажак тарих ўқитувчиларни педагогик
тайёргарлигини такомиллаштиришнинг ижтимоий – педагогик зарурияти
Юлдашев Ж.А. ..........................................
.................................
..........................................
..........
1009
207
O’zbekistonning muqobil energiya resurslari va ulardan samarali foydalanish
imkoniyatlari
Qoriyev M.R., Abdujabborov A.A. ..........................................
......................................................
1012
208
Бўлажак ўқитувчиларни тайёрлашда ижтимоий-педагогик
компетентликнинг аҳамияти
Маматханова Н.Т. ..........................................
....................................................................................
1024
209
Талабларни касбий тайёргарлик жараёнида пeдагогик толерантликни
шакллантириш модели
Нарзуллаев Д.Ш. ..........................................
......................................................................................
1029
210
Maктaбгача таълимда иккинчи тил ўргатишнинг илмий-педогогик асослари
Эргашева Х.Ю. ..........................................
..........................................................................................
1033
211
Yuqori malakali gandbol darvozabonlarining jismoniy tayyorgarliginining
ahamiyati
Boltabayev Sh.O. ..........................................
.......................................................................................
1037
212
Наманган вилоятининг қишлоқ хўжалиги соҳасида сувни тежаш ва ундан
самарали фойдаланиш масалалари
Қориев M., Камолов Б., Баратов А., Мухиддинова С.
...........................................................
1041
213
Маҳалланинг
ҳудудларни
ижтимоий-иқтисодий
ва
маданий
ривожлантиришдаги ўрни
Тешабоев А.Х., Дехканов Н.Б.
..........................................................................................................
1048
214
Чет тил таълимида интеграцион ёндашув
Muradov M.O.
...............................................................................................................................................
1055
215
Тacвиpий caнъaт тaълими мaзмунидa миллий-ҳудудий мaтepиaллapнинг
ўpни вa aҳaмияти
Суяров Н.Т.
..............................................................................................................................................
1059
216
Янги педагогик технология асосида технологик таълимини интерфаол
тамойилларини танлаш
Набиев А.Б., Ботиржанов А.А.
........................................................................................................
1065
217
Sanitariya gigienik qarshi tadbirlar o`tkazish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar
Nabiyev A.B., Botirjanov A.A.
................................................................................................................
1067
218
Бўлажак қишлоқ хўжалиги сохаси мутахасисларига физика фанини
инновацион технологиялар асосида ўқитишни такомиллаштириш
Болтаева М.Л, Набиева Г.О
..............................................................................................................
1069
219
Қишлоқ хўжалик фанларини ўқитиш методикасининг педагогика ва бошқа
фанлар билан боғлиқлигининг илмий-амалий аҳамияти
Назарова К.
................................................................................................................. ............................
1074

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə