Scientific progress volume ǀ issue ǀ



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix31.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#99820
  1   2   3   4   5
ish-hujjatlari-va-ularga-qo-yiladigan-asosiy-talablar (1)



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1161
ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR 
 
Parvina Abbos qizi Abdullayeva 
Sabina Qobil qizi Narzullayeva 
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabalari
 
 
ANNOTATSIYA
Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. 
Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaq tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va 
harakatga keltiriladi 
Kalit so‘zlar.
Davlat idoralari, hujjatlar, majburiyatlar, qonun va qarorlar, davlat 
tartibi, o‘zbek tili, tartib, majburiyat. 
Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va 
muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, 
ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Hujjatlarning 
mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi
davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar, ma’lum darajada 
kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan 
zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy 
asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlarar bo‘ladigan 
ma’lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an’analarni ham o‘zlashtiradi. 
Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. Davlat 
tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki 
uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga 
keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga 
qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston 
jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924-yilning 31-dekabrida qabul 
qilingan bo‘lib, “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining 
inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay’ati va mahallalarda muzofot 
yerlashdirish hay’atlari tuzilish(i) to‘g‘risida” deb nomlangan. Yurtimizning 
mustaqilligi arafasida (1989-yil 21-oktabr) “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul 
qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-
moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi 
va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta’kidlab o‘tildi. 
Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish 
masalasiga yana ham jiddiy e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə