Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR



Seminar mashg’ulotlari mavzulari
1. Individual psixologik maslaxatning asosiy tushunchalari va predmeti.
2. Psixologik muammo
3. Konsultativ yordam tamoyillari.
4. Konsultatsiya bosqichlari. 
5. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi. 
6. Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari.
7. Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yoʻnalishlar. 
8. Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar talqini. 
9. Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari.
10. Geshtalt-terapiya.
11. Rotsional-emotiv terapiya.
12. Art-terapiya. 
1-MAVZU. KONSULTATIV PSIXOLOGIYANING ASOSIY 
TUSHUNCHALARI VA PREDMETI 
Reja: 
1.
 
Psixologik xizmat tarixi va uning asosiy vazifalari va yo’nalishlari 
2.
 
Psixologik maslaxat nima va uning vazifalari. 
Tayanch tushunchalar
: psixologik xizmat, psixodiagnostika, korreksion ishlar, psixoprofilaktika, 
konsultativ psixologiya, psixoterapevt, psixoterapiya, mijoz (klient yoki patsient), psixolog konsultant. 
 1. Psixologik xizmat tarixi va uning asosiy vazifalari va yo’nalishlari. 
Insonlarga psixologik yordam 
ko’rsatish ildizi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu yumushlarni qadimda aynan psixologlar bo’lmasa-da, kohinlar, diniy 
arboblar, faylasuflar bajargan. Diniy ullamolar odamlarga ruhiy jihatdan ko’mak berishda maxsus psixologik 
metodlardan foydalanmagan bo’lsa-da, uning elementlarini o’z faoliyatlarida aks ettirishgan. Ya’ni insonlarni 
qiynayotgan muammolarini eshitganlar, taskin berganlar. Psixologik xizmatning aynan mutaxassislar, xususan, 
psixologlar tomonidan amalga oshirilishni boshlanish XIX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Psixologik xizmat 
AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o‘z-o‘zini 


tarbiyalash muammosini o'rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot 
koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining rivojlanishiga olib keldi. 
Franso’z maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo‘lib, u bu sohada 1894 yildan ish boshlagan. 1905 
yilda Fransiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo‘yicha o'qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi 
bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi. 
1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik 
yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo‘yicha 
bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo'yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo'yicha bir mutaxassisni o'z 
ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o'quvchiga xizmat qiladi. bir maktabda joylashib. bir necha maktabga xizmat 
qilishi mumkin. 
1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har 
tomonlama rivojlanishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlami qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o‘qituvchilarni va 
ota-onalami ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o‘z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi 
chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan. 
Ko‘pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-
pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo‘yicha 
modda maktab to‘g‘risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni - sog‘lom shaxsning o‘sishini 
ta’minlash, 
shaxs 
rivojlanishidagi 
turli 
qiyinchiliklarni 
korreksiya 
qilish, 
kasb 
tanlash 
muammolaridir.Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funksiyasi psixodiagnostik faoliyatdan 
iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar 
pedologiya doirasida vujudga keldi.
Pedologiya rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab 
oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus 
psixologiari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to‘xtab qoldi. Faqat 60 yillarning 
oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.
Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo‘lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi 
(rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo'Iib, tarbiyasi qiyin o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). 
Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning 
rivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar 
muallifidir.1984 yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida " Psixologik xizmat muammolari " 
bo‘yicha I umumittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi.
Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati. Psixologik xizmat-ijtimoiy psixologik muammo sifatida 
talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, O‘zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat 


muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o‘rganish, tahlil qilish va 
talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-
ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko‘lamiga ma’lum tartibda baho bermay turib, O'zbekistonda psixologik 
xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda 
psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va 
pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi. Mazkur yillarda ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish 
o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham 
bergan. Biroq, afsuski, o‘sha davrda sobiq ittifoq mafkurasi va xalq ta’limi o‘rtasida paydo bolgan ayrim ob’ektiv va 
sub’ektiv ziddiyatlar oqimi umumta’lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedologik xizmat ildiziga 
bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo‘qqa chiqardi. Natijada, pedagogik psixologiya yo‘li bilan bajariladigan barcha 
ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday bolsa- da, O‘zbekistondagi 
umumta’lim tizimi bilan bogliq izlanishlar va tadqiqotlar to‘xtab qolgani yo‘q. Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. 
Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar 
maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma’lum darajada asos bolib keldi. 
Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan ijtimoiy 
psixologik tadqiqotlarning havotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psixologik 
xizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat 
faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va rentabellik, rahbar va jamoa psixologiyasi 
bilan bogliq ilmiy-amaliy ishlar olib borildi. Shuningdek, 60-70 yillarda O‘zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy 
Tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda 
psixologik xizmat tatbiqini o‘rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi. Ayniqsa, 1966 yilda 
Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid, 1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog 
N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish 
mumkin. 
1989 yilda O‘zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPIda 
amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. O‘zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida 
M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov, E.N.Sattarov, 
F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo‘shgan!ar. 1998 yilda 
Sh.R.Baratov "Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari" 
mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 
Bugungi kunga kelib, psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: 
-
ilmiy nuqtai nazardan; 
-
tashviqot nuqtai nazardan; 
-
amaliy nuqtai nazardan. 
Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi. 



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə