Seminar mashg’ulotlari mavzulari


Psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlari:
1.
Psixologik targ’ibot va tashviqot. 
2.
 
Psixoprofilaktika. 
3.
 
Psixodiagnostika. 
4.
 
Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya. 


5.
 
Psixologik maslahat. 
6.
 
Kasb - hunarga yo’naltirish. 
Psixologik diagnostika 
- insonni psixologik-pedogogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan 
bo’lib, individual xususiyatlarini, muloqotdagi va xulq-atvoridagi nuqsonlarning sababini aniqlashga 
mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda o’tkaziladi. 
Psixologik profilaktika 
- aholi orasida inson shaxsining har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi 
psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirish, odamda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy 
og’ishlarning o’z vaqtida oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlardan iboratdir. Shuningdek, oiladagi 
shaxslararo muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; og’ir kasalliklarga uchragan mijozlar ruhiyatini 
tetiklashtirish yo’zasidan tavsiyalar berish. 
Psixologik tashviqot 
- ota-onalarni psixologik bilimlar-ni egallashga jalb etish, ularning psixologik 
madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg’ulotlar, o’quv-ma’ro’zalar uyushtirishdan iboratdir. 
Psixologik korreksiya 
- psixologik xizmatning mazkur yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va 
individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o’tkazishni taqoza qiladi.Rivojlantiruvchi va psixokorreksion 
ishlar dasturi, o’z ichiga psixologik va pedagogik muammolarni qamrab oladi.Korreksion faoliyatning psixologik 
qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedogogik jihati esa psixologning pedagoglar
ota-onalar bilan hamkorligida o’tkaziladi va butun ma’suliyat uning zimmasiga tushadi.Rivojlantiruvchi va 
psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har hil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi. 
Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday to’zish kerakki, unda korreksion ishga jalb 
qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo’nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o’z aksini 
topsin.Korreksion ishlar ma’lum tartibda, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi shart. Bunda emotsional zo’riqishga 
uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual tipologik xususiyati, ta’sirla-nish darajasi hisobga olinishi kerak. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə