Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Psixologik maslahat 
- bunda shaxsga shaxsiy, kasbiy va hayotiy muammolarini hal etishga yordam 
beriladi, ularni o’z psixologik salomatliligini muhofaza qilishga o’rgatiladi.Psixologik maslahat individual, guruhiy 
tarzda o’tkaziladi, profilaktik va korreksion xarakterga ega bo’ladi.Bu jarayonda psixolog quyidagi ishlarni amalga 
oshirishi lozim: Shaxsda sodir bo’luvchi har xil nizolarning psixologik ildizini o’rganish, shaxslararo 
munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulotdagi 
vaziyatlarni yengillashtirish va ularni tamoman bartaraf qilish yo’llari yo’zasidan maslahatlar berish. 
Kasb-hunarga yo’naltirish
- o’quvchilarni layoqati, qiziqishi va qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli 
tanlashga tayyorlashdan iborat tadbirlar majmuasidir. Mazkur yo’nalishlarning o’zviy va o’zluksiz bog’liqligi 
psixologik xizmat mazmunining yaxlitliligini ta’minlaydi. 
2.Psixologik maslaxat nima va uning vazifalari.
Psixologik maslaxat deb bunga muxgoj boʻlganlarga 
maslaxat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan bevosita kursatiladigan psixologik yordam ko’rsatish 
bilan boglik bo’lgan amaliy psixologiyaiing aloxida soxasiga aytiladi. Ular psixolog tomonidan mijoz xayotida duch 
kelgan muammoni dastlab o’rganib chiqish va shaxsiy suxbat asosida beriladi. Ko’pincha psixologik maslaxat 
oldindan belgilangan soatda, buning uchun maxsus jixozlangan xonada, odatda begona odamlardan xoli va 


yakkama-yakka, yo’zma-yo’z utkaziladi. Psixologik maslaxat bir necha o’n minutdan yarim soatgacha, ikki va 
undan ortiq soat davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suxbati shaklida utkaziladi. Mana shu suxbat 
davomida mijoz o’z muammolari, o’zi to’g’risida gapirib beradi. Psixolog o’z navbatida muammoning moxiyatini 
tushunib yetish, bu muammoni o’zi uchun xam mijoz uchun xam oydinlashtirishga xarakat qilib diqqat bilan 
tinglaydi, maslaxatlar davomida mijozning shaxsini baxola- nadi, uning shaxsiy xususiyatlarini xisobga olib mijozga 
uning muammosini kanday qilib amaliy xal etish buyicha ilmiy, asosli tavsiyalar beriladi. Psixolog - maslaxatchi 
tomonidan mijozga beriladigan maslaxat va takliflar ko’p xollarda ulardan mustakil foyda- lanib, mijoz psixolog-
maslaxatchi tomonidan yordamsiz o’z muammosini o’zi tula xal eta olishiga karatilgan bo’ladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə