Seminar mashg’ulotlari mavzulari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Psixologik maslaxat
- bu deyarli barcha imkoniyat va psixik soglom odam uning xayotida yo’zaga 
keladigan barcha psixologik muammolarni xal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik 
yordam ko’rsatish yo’zaga kelgan amaliyotdir. Lekin mijoz xar doim xam uning muammosi moxiyati ni- madan 
iborat ekanligini va o’zining kuchi va imkoniyatlarigatayanib, uni kanday qilib xal etishni anik bilmaydi va 
tushunmaydi. Professional tayyorlangan psixolog-maslaxatchi mana shu buyicha unga yordam ko’rsatishi kerak. 
Psixologik maslaxatning asosiy vazifasi mana shundan iborat. Maslaxat berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt 
ichida mijoz muammosini amaliy xal etish usulini topish va anik ifoda etish uchun karatilgan mijoz bilan maxsus ish 
uslublari va unga ta’sir ko’rsatish metodlarini kullaydi, shu bilan birga ushbu yechim mijoz amalga oshirishi uchun 
tushunarli va mumkin bo’ladigan qilib amalga oshiriladi. Psixolog-maslaxatchining mijoz bilan uchrashuvi 
ko’pincha bir-ikki uchrashuv bilan cheklanmaydi. Ko’pchilik xollarda mijoz bilan uch marta va undan ko’p 
uchrashib ancha uzoq mudsat davomida maslaxat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslaxatlarning 
zarurligi kuyidagi odatiy xollarda yo’zaga keladi: Mijozning muammosi shunday murakkab bo’ladi-ki, bir- ikki soat 
davomida uni tushunib olish deyarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, 
ularning xar birini xal etish aloxida maslaxatni talab etadi. Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz 
tomonidan darxol va tula mustakil amalga oshirilishi mumkin emas va maslaxatchi tomonidan kushimcha yordam 
ko’rsatishni talab etadi.
Psixolog-maslaxatchida mijoz masalan uning individual xususiyatlari sababli o’z muammosini darxol va 
kushimcha yordamsiz xal eta olishiga tula ishonmaydi. Agarda mijoz o’ziga yetarlicha ishonmasa, o’z xayajonlari va 
xulkini boshqara olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda okilona, tugri yechimni 
mustakil kabul kilish uchun yetarli bo’lmaganda bunday xollar uchrab turadi . 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə