Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

G.Lassuel
besh unsurdan iborat bo’lgan 
kommunikativ jarayonning modelini taklif etadi. 

Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda) 

Nima (qanday axborot uzatilmoqda) 

Qanday (axborot qanday yo’l bilan uzatilmoqda) 

Kimga (axborot kimga yo’naltirilmoqda) 

Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi) 
Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim aniq odamlarga 
yo’naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan 
resipientlarga yo’naltiriladi) xarakterda bo’lishi mumkin. 
Kommunikativ jarayonda o’zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlarini 
tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari paydo 
bo’ladi, ya'ni mazmundorlik, tushunarlilik, ifodalilik, ta'sirchanlik ko’rsatiladi. 


Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi 
"Muloqot - shunday 
ne'matki, u orqali inson lazzatlanadi", 
deb yozgan edi. 
So’zning mohiyati haqida Sa'diy "Aqllimisan yoki ahmoq kattamisan yoki 
kichik buni bir so’z aytmaguncha bila olmaymiz" degan edi. 
Xalqimizda shunday ibratli ibora bor "inson aql farosati uning nutqining 
aniqligida namoyon bo’ladi". 
Noverbal kommunikasiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, 
poza (holat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal 
kommunikasiya - so’zni to’ldiradi, kuchaytiradi va ba'zan uning o’rnini bosadi. 
Bolgarlarda boshni qimirlatish yo’q degani, ruslarniki teskarisi bo’ladi. Turli yosh 
guruhlarida noverbal kommunikasiya vositasi turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar 
ko’pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o’z qoqish va kayfiyatlarini o’tkazishda 
yig’idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so’z bilan bayon etishning 
mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikasiya vositalarining mos kelishi 
muomala madaniyatining bir turidir.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə