Sh. Sh. Shodmonov


Pul taklifi multipiikatori



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Pul taklifi multipiikatori
— bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha 
ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo'shimcha hajmiga nisbati 
bo'lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko'payishi iqtisodiyotdagi pul 
takliflning qanchaga o‘sishini ko'rsatadi:
M,
1
m

yoki 
m = ~,

r
bunda:
m —
pul taklifi multipiikatori koeffitsiyenti;
Ms —
bankdagi pul depozitlarining qo'shimcha ravishda o ‘sgan hajmi;
R —
majburiy zaxiralar qo'shimcha hajmi;
r —
majburiy zaxiraning foizdagi me’yori.
Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira 
m e’yori 20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivini 100 mln. so‘m 
deb olsak, u holda pul taklifi multipiikatori 5 ga teng bo‘ladi (100 mln. 
so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat banki 500 mln. so‘m hajmida (100 
mln. so‘m x 5) yangi pullarni muomalaga chiqarish imkoniga ega ekan- 
ligini ko'rsatadi.
Pulga talab ikki qismdan iborat bo‘lishi mumkin: ayirboshlash uchun 
zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun 
zarur bo‘lgan pulga talab.
Ayirboshlash uchun zarur pulga bo‘lgan talab aholining kundalik 
shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to ‘lash, material, yoqilg‘i 
va shu kabilami sotib olish uchun kerak bo‘lgan pul miqdorini ifodalaydi. 
Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori yuqorida ko‘rsatgan 
formula bilan aniqlanadi. Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga 
ikki holda ayirboshlash uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar 
o ‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, 
korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab 
turishlari mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar 
uchun pulga talab ham mavjud bo‘ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab 
foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa,
102


kishilar ko‘proq miqdoridagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. 
Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar 
shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy 
talab, aktivlar tomonidan pulga boigan va ayirboshlash uchun pulga 
bo'lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi. Shunday qilib, pul muomalasi 
qonunlarini, pulning harakat shakllarini bilish inflatsiyaning mohiyatini, 
turlarini va qonuniyatlarini bilishda uslubiy ahamiyatga egadir.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə