Sh. Sh. Shodmonov


Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

7.2. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda 
bo‘lishi lozim. Buning uchun esa bo‘sh pul mablag‘lari ham pul-kredit 
muassasalari orqali to ‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo‘nal- 
tirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda 
kredit munosabatlari
muhim ahamiyat kasb etadi.
K redit
bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash 
va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy hamda jismoniy shaxslarga 
ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz 
to ‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifoda- 
laydi.
Pul shaklidagi kapital 
ssuda kapitati
deyilsa, uning harakati 
kreditning
mazmunini
tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o'rtasida, ya’ni pul egasi (qarz 
beruvchi) va qarz oluvchi o'rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona (firma)lar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari 
hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari 
hisoblanadi. Sanab o‘tilgan subyektlaming aynan har biri bir vaqtning 
o‘zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan 
pul mablag‘laridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy 
resurslar va pul mablag‘larining doiraviy aylanishi 
kredit munosabatla­
rining
mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish 
jarayonida muqarrar suratda vaqtincha bo‘sh turadigan pul mablag‘lari 
va boshqa pul resurslari kredit mablag'larining manbayini tashkil qiladi.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
1) korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
2) mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
3) korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish 
fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari;
103


4) korxonalar foydasi. Ular davlat budjeti va kredit tizimi bilan 
hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona 
ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
5) bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa 
ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
6) aholining bo‘sh pul mablagiari.
Takror ishlab chiqarish jarayonida vaqtincha bo‘sh pul resurslari 
hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari va 
sohalarida qo‘shimcha pul mablagMariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Awalo kredit 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə