Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/123
tarix28.11.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#136630
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Xo‘jaliklararo kredit 
bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga 
beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi muno­
sabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan muno­
sabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti 
— bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat 
krediti, awalo, to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida beriladi.
Iste’mol krediti 
— xususiy shaxslarga, hammadan awalo, uzoq mud- 
dat foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va 
boshqalar) sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladi. U chakana 
savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to‘lash bilan 
sotish shaklida yoki iste’mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida 
amalga oshiriladi. Iste’mol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori 
foiz undiriladi.
Ipoteka krediti 
— ko‘chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq 
muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, 
banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari 
hisoblanadi.
Davlat krediti 
— kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, 
bunda davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa 
kreditorlari bo‘lib chiqadi. Davlat krediti mablag‘lari manbayi bo‘lib, 
davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shakli­
da, awalo, davlat budjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
Xalqaro kredit 
— ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul 
(valuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy 
firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, farfeyting, trast 
kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing — bu kreditning pulsiz shakli bo'lib, odatda, ishlab chiqarish 
vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar 
tomonidan muntazam ravishda haq to*lab borib, sotib olish sharti 
bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo‘yicha bitimlar 
1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda, ishlab chiqarish 
vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompa- 
niyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring 
— bu boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha 
majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi. 
Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o‘zi uchun
105


foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni 
qarzdordan undirib oladi.
Farfeyting 
— bu uzoq muddatli faktormg munosabatlari bo‘lib, 
qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni, odatda, 1—5 
yil vaqt o'tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə