Shahrisabz axborot texnalogiyalari kasb- hunar kolleji



Yüklə 31,42 Kb.
tarix30.04.2018
ölçüsü31,42 Kb.
#40778

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

SHAHRISABZ AXBOROT TEXNALOGIYALARI KASB- HUNAR KOLLEJI

_____ guruh talabasi



_________________________________________________________________________mavzusida

______________________ fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI

Tekshirdi: ______________

Hisorak 2016



EKOLOGIK MUAMMOLAR
Keyingi yarim asr mobaynida jahonda ro‘y bergan ekologik xavfli jarayonlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Xususan, Orol va Orolbo‘yi hududi ekologik tanazzulga yuz tutmoqda, yerlarning cheklanganligi, sho‘rlanganligi va sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liq xavflar oshmoqda, shamol va suv ta’sirida yemirilish tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, atmosfera havosi va chuchuk suv zaxiralari taqchilligi va bunday sharoitda uning ifloslanishi ro‘y bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2014- yil 28—29-oktabrda Urganch shahrida «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlan- tirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Orol fojiasi chuqur tahlil etilganligi va uning mintaqa aholisi va tabiatiga salbiy ta’sirlarini kamaytirish, bioxilma-xillikni saqlash, mintaqada cho‘llanishga qarshi kurashish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, hayvonot va o‘simlik olamini asrab-avaylash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlanib, Orol inqirozining atrof-muhit va bu yerda yashayotgan millionlab aholi hayotiga halokatli ta’sirini, xususan, puxta o‘ylangan, aniq manzilli va moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlangan loyihalarni amalga oshirish orqali kamaytirish bugungi kunning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.
Ekologiya (yunon. oikos — yashash muhiti, turar joyi; logos — ta’limot) — tirik mavjudotlarning yashash shart-sharoitlari va organizmlar bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadigan fan. Azaldan ekologiya biologiya fanining tarkibiy qismi sifatida kimyo, fizika, geologiya, geografiya, tuproqshunoslik kabi boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqlikda rivojlanib kelgan.
Ekologiyaning mavzu bahsi (predmeti) organizmlar bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar majmuyi yoki tuzilishi hisoblanadi. Ekologiyaning asosiy o‘rganish obyekti — ekologik tizimlar (ekotizimlar), ya’ni tirik organizmlar bilan ularning yashash muhitidan tashkil topgan tabiiy majmualardir. Bundan tashqari, uning sohasiga organizmlarning ayrim turlari (organizm darajasi), ularning populatsiyasi, ya’ni bir turga mansub zot yoki navlar majmuyi (populatsiya-tur darajasi) va biosferani bir butun (biosfera darajasi) o‘rganish ham kiradi.
Ekologiya biologiya fanining asosiy, an’anaviy qismi sifatida istalgan tirik organizm (odam) bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro mu- nosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan umumiy ekologiya hisoblanadi. Umumiy ekologiya tarkibida quyidagi asosiy bo‘limlar ajratib ko‘rsatiladi:


  • autekologiya — ayrim organizm (tur)ning atrofdagi muhit bilan o‘ziga xos aloqalarini o‘rganadi;

  • populatsiya ekologiyasi — ayrim turlar populatsiyasining tuzilishi va o‘zgarish sur’atini o‘rganadi;




  • sinekologiya — populatsiyalar, har xil turlarni o‘z ichiga olgan uyushmalar (fitotsenoz, zootsenoz) va ekotizimlarning muhit bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi.

Tirik mavjudotlarning atrof-muhitda saqlanib qolishi va ularning biologik xususiyatlari: organizmlar va uyushmalarning atrof-muhitga moslashishi, ekotizimlar va biosferaning o‘z-o‘zidan boshqarilishi, barqarorligi kabi qonuniyatlarni o‘rganish yuqorida ta’kidlangan barcha yo‘nalishlarga xosdir. Umumiy ekologiyani yuqorida bayon etilgan tarzda tushunish, ko‘pincha, bioekologiya deb ham yuritiladi.


Vaqt omili nuqtayi nazaridan tarixiy va tadrijiy ekologiya ajralib turadi. Ekologiya, bundan tashqari, o‘rganishning aniq obyektlari va muhitlari bo‘yicha ham tasniflanadi, ya’ni hayvonlar ekologiyasi, o‘simliklar ekologiyasi va mayda organizmlar ekologiyasi farqlanadi.
Asosiy o‘rganish obyekti biosfera (umumiy ekologik tizim) bo‘lgan dunyo ekologiyasi Yer sayyorasining ekologik muammo- lari bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda «kishilik jamiyati — tabiat» tizimidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi ijtimoiy ekologiya, uning bir qismi bo‘lgan va odamning bioijtimoiy mavjudot sifatida atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatini o‘rganuvchi odam ekologiyasi jadal rivojlanayotir.
Ekologiyaning umumnazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:


  • ekologik tizimlar barqarorligining umumiy nazariyasini ishlab chiqish;

  • muhitga moslashishning ekologik tuzilmasini o‘rganish;

  • populatsiyalar sonining boshqarilishini tekshirish;

  • biologik xilma-xillik va uni saqlash tuzilmasini o‘rganish;

  • biologik mahsuldorlik jarayonlarini tadqiq etish;

  • biosferaning barqarorligini saqlash maqsadida unda ke- chayotgan jarayonlarni tekshirish;

  • ekologik tizimlar holati va biosferada kechayotgan jarayon- larni modellashtirish.


Ekologiyaning amaliy vazifalariga quyidagilar kiradi:


  • odamning xo‘jalik faoliyati ta’sirida atrof tabiiy muhitda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni oldindan aytib be- rish va baholash;

  • atrofdagi tabiiy muhit sifatini yaxshilash;

  • tabiiy resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan to‘g‘ri foydalanish;

  • ekologik xavfsiz barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida, birinchi navbatda, ekologik jihatdan birmuncha noqulay hududlarda muhandislik, agrotexnik, iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy- madaniy va ma’rifiy masalalar yechimini maqbullashtirish.

Ekologiyaning rivojlanish tarixi, dastlabki ilmiy-ekologik bilimlarning kurtaklari kishilik jamiyatining ilk davrlariga borib taqaladi. Odamlarning atrofdagi tabiiy muhitga munosabati hamda jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar mohiyatini tushuntiruvchi bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlar juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan.


Qadimda ovchilar uchun ovlanadigan qushlar, baliqchilar uchun baliqqa mo‘l suvlar, dehqonlar uchun ekin ekishga yaroqli va qulay hududlar joylashgan yerlar muhim ahamiyat kasb etgan. Chorvachilik va dehqonchilik rivojlanib borgani sari tabiat va atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarning ahamiyati ham ortib, odamlar muayyan joylarni baholash va tanlashga o‘rganishgan. Kishilar avvaliga to‘qay va o‘rmonlardan yer ochib, dehqonchilik qilishgan. Quyi Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon daryolari sohillarida vujudga kelgan dehqonchilik madaniyati tarixi bunga misoldir.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining uzoq davrlarida odamlar o‘zlarini tabiat bilan birgalikda his qilgan holda uni ilohiy kuchga ega maskan, deb hisoblaganlar. Odamlarning tabiatga bunday yondashuvi, birinchidan, tabiat turar joy, kiyim-kechak va oziq- ovqat manbayi ekanligi, ikkinchidan, tabiat hodisalari va ularning sodir bo‘lish sabablari to‘liq anglanmaganligi — ilohiy kuchga e’tiqod tufayli vujudga kelgan.
O‘zbekistonda o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tez sur’atlar bilan o‘sishi hamda aholining ko‘payishi tufayli yer-suv resursla- ridan keng va ko‘p foydalanilgan, ayni paytda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilib, uning dastlabki tabiiy holati o‘zgara boshlagan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik) ishlab chiqarishi nati- jasida atmosfera havosi, tuproq va suv havzalarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi ba’zi turlarining kamayib ketish holatlari kuzatila boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasida milliy mustaqillik tufayli tabiat va inson, ijtimoiy ekologiya sohasidagi haqiqiy ahvol oydinlashgan: respublikada o‘ta og‘ir va noqulay ekologik vaziyatli hududlar, xususan, Orol dengizi va Orolbo‘yi ekologik tanazzuli mavjudligi jahon hamjamiyatiga ayon bo‘ldi. O‘zbekistonga sobiq sho‘ro tu- zumi davridan juda og‘ir ijtimoiy-ekologik vaziyat meros bo‘lib qolgan. O‘zbekiston tabiatidagi salbiy o‘zgarishlarning bosh sabab- chisi tabiiy jarayonlar bo‘lsa-da, ular antropogen omil — tabiiy ekologik qonuniyatlarni hisobga olmasdan noto‘g‘ri xo‘jalik yuri- tish tufayli vujudga kelgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Pan Gi Mun Orol dengizining qurishini «dunyoning eng og‘ir ekologik halokatlaridan biri» sifatida baholadi.

Ta’kidlash joizki, hech bir ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligidek tabiat bilan bevosita uzviy bog‘lanmagan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yaroqli yerlarning cheklanganligi, tuproq sho‘rlanishi.
Yüklə 31,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə