Shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning



Yüklə 182,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü182,7 Kb.
#146942
  1   2
Tarbiya - Vikipediya



Tarbiya
Tarbiya
shaxsda muayyan 
jismoniy
,
ruhiy

axloqiy

maʼnaviy
sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy
pedagogik jarayon; insonning 
jamiyatda
yashashi uchun zarur boʻlgan
xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash
yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar
yigindisi. Tarbiya insonning insonligini
taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy
qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam
ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla


olmaydi. Chunki odam va jamiyatning
mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar
tarbiya tufayligina bir avloddan
boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya"
atamasi keng va tor maʼnolarda
ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson
shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat
ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy,
Tarbiya atamasi


maʼrifiy hayotida faol ishtirokini
taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar,
tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini
anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya
faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum,
uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, sanʼat,
kino, radio, televideniye va boshqalarni
ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng
maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga
taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy
rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy
qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga
yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni


anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy
muassasalar hamda jamoat tashkilotlari
amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish
tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi.
Lekin har qanday tar
rbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq
holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim
va maʼlumot olish jarayonida
shaxsningqaakat bilimi koʻpayibgina
qolmay, balki aqo--qiymaʼnaviy
sifariningnri qaror topishi ham tezlasha
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday
mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat
Ahamiyati


kasb etadi. Yosh avlodning , umuman,
jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat
turgʻunlik va inqirozga mahkumdir.
Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har
qanday jamiyatda ham moddiy va
maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish
toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim.
Buning uchun yosh avlod moddiy va
maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari
darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab
chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana
shunday moddiy va maʼnaviy
qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun
esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali
faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy
intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim.


Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli
davrlarida turlicha izoxlab kelingan.
Shoʻro zamonida hukmron kommunistik
mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy
hodisa sifatida yondashishni talab etgan.
Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda
tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega
boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-
biriga qarama-qarshi turadi degan qarash
qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi,
ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va
oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi
tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega
emasligini isbot etdi. Shuningdek,
kommunistik mafkura tazyiqi tufayli
tarbiyada ijtimoiy muassasalarning
oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu


jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar
deyarli xisobga olinmadi.
Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har
qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga
solish mumkin degan qarash hukmron
boʻlganligi uchun ham uning shaxsni
shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho
berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining
tarbiyaga berilish yoki berilmaslik
xususiyatlarining hisobga olinmasligi
tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo boʻlishdek
pedagogik xatolikka olib keldi. Buning
natijasida tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi,
tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs
sifatida emas, istalgan ijtimoiy
yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan


qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash
qaror topdi, Bu hol tarbiyaning
samarasizligiga olib keldi. Chunki
tarbiyaning asosiy obyekti boʻlmish
shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari
unutilgan edi. Shoʻro pedagogik
tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan,
mana shu yondashuv tarziga borib
taqaladi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach,
tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi
hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga
tayangan holda yondashuv qaror topa
boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy
sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz
kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida


eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq
pedagogikasi boyliklari, oʻzbek
mutafakkirlarining pedagogik qarashlari
sinchikovlik bilan oʻrganilayapti. Natijada,
Oʻzbekiston pedagogikasi fani va
amaliyotida oila tarbiyasining ham,
ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni
borligi tan olina boshlandi. Shuningdek,
tarbiyada irsiy va biologik omillar ham
hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda,
shaxsning shakllanishida tarbiyaning
oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham
barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyr
hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash,
tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin
etish imkonini berdi.



Yüklə 182,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə