Aim.uz
Sharga urinma tekislik. Shar bo’laklari.
Reja:
1) Sharga urinma tekislik
2)Shar simmetriyasi
3)Shar bo’laklari
Sharga urinma tekislik
Shar sirtidagi A nuqtadan utib, shu nuqtaga o`tkazilgan radiusga perpendikulyar tekislik urinma tekislik deyiladi. A nuqta urinish nuqtasi deyiladi (j-rasm).

j-rasm f-rasm
3.1- t e o r e m a. Urinma tekislik shar bilan faqat bitta umumiy nuqtaga – urinish nuqtasiga ega.
Isboti. A – sharga urinma tekislik va A – urinish nuqtasi bo`lsin (f-rasm), a tekislikda A nuqtadan farqli ixtiyoriy X nuqtani olamiz. OA – perpendikulyar, OX – ORME bo`lgani uchun
OX > OA = R.
Demak, X nuqta sharga tegishli emas. Teorema isbotlandi.
Sharga urinma tekislikda urinish nuqtasidan o`tuvchi to`g`ri chiziq shu nuqtada sharga urinma deyiladi.
Urinma tekislik shar bilan faqat bitta umumiy nuqtaga ega bo`lgani uchun urinma to`g`ri chiziq ham shar bilan faqat bitta umumiy nuqtaga – urinish nuqtasiga ega bo`ladi.
Masala. Radiusi R ga teng shar tomoni a ga teng muntazam uchburchakning hamma tomonlariga urinadi. Shar markazidan uchburchak tekisligigacha masofani toping.
Y e c h i l i s h i. A, B, C – sharning uchburchak tomonlariga urinish nuqtalari bo`lsin.Sharning O markazida uchburchak tekisligiga OO1 perpendikulyarni tushiramiz. OA, OB, OC kesmalar uchburchak tomonlariga perpendikulyar. Uch perpendikulyar xaqidagi teoremaga ko`ra O1A, O1B, O1C kesmalar ham uchburchakning mos tomonlariga perpendikulyar.
To`g`ri burchakli OO1A, OO1B, OO1C uchburchaklarning tengligi uchun ularda OO1 katet umumiy, gipotenuzalari esa radiusga teng) tomonlar teng: O1A = O1B = O1C.
Demak, O1 – uchburchakka ichki chizilgan aylananing markazi. Bu aylananing radiusi, biz bilamizki, gat eng. Pifagor teoremasiga ko`ra izlanayotgan masofani topamiz. Bu masofa quyidagiga teng:
Shar simmetriyasi.
3.2 – teorema. Sharning istagan diametral tekisligi uning simmetriya tekisligi bo`ladi. Sharning markazi uning simmetriya markazidir. D-rasm
I s b o t i. - diametral tekislik va X – sharning ixtiyoriy nuqtasi bo`lsin (d – rasm). tekislikka nisbatan X nuqtaga simmetrik X` nuqtani yasaymiz.
tekislik XX` kesmaga perpendikulyar va uni bu tekislik teng ikkiga bo`ladi (A nuqtada). To`g`ri burchakli OAX va OAX` uchburchaklarning tengligidan: OX`=OX.
bo`lgani uchun , ya`ni X nuqtaga simmetrik nuqta sharga tegishlidir. Teoremaning birinchi da`vosi isbotlandi.
Endi X`` - shar markaziga nisbatan X nuqtaga simmetrik nuqta bo`lsin. U holda OX`` = , ya`ni X`` nuqta sharga tegishli. Teorema isbotlandi.
Ikkita sferaning kesishmasi.
3.3 – teorema. Ikkita sferaning kesishish chizig`i aylanadir.
Isboti. O1 va O2 – sferaning markazi, A – ularning kesishish nuqtasi bo`lsin k-rasm). A nuqta orqali O1O2 to`g`ri chiziqqa perpendikulyar a tekislikni o`tkazamiz.
A tekislikning O1O2 to`g`ri chiziq bilan kesishgan nuqtani B bilan belgilaymiz 20.3 – teoremaga asosan a tekislik ikkala sferani A nuqtadan o`tuvchi B markazli K aylana bo`yicha kesib o`tadi. Shunday qilib, K aylana sferalarning kesishmasiga tegishli ekan.
Endi sferalar K aylananing keyin kesishish nuqtalaridan boshqa nuqtalariga ega emasligini ko`rsatamiz. Faraz qilaylik, sferalarning X kesishish nuqtasi K aylanada yotmasin. X nuqta va O1O2 to`g`ri chiziq orqali tekislik o`tkazamiz. Bu tekislik sferalarni markazlari O1 va O2 bo`lgan aylanalar bo`yicha kesib o`tadi. Bu aylanalar K aylanaga tegishli bo`lgan ikki nuqta va yana X nuqtada kshishadi. Ammo ikkita aylana ikkitadan ortiq kesishish nuqtasiga ega bo`lmaydi. Biz ziddiyatga uchradik.
k-rasm l-rasm
Shunday qilib, sferalarimizning kesishmasi (K) aylana ekan. Teorema isbotlandi.
Masala . Radiusi K bo`lgan ikkita teng shar shunday joylashganki, birining markazi ikkinchisining sirtida yotadi. Bu sharlar sirtlarining kesishgan chizig`i uzunligini toping. <
Yechilishi. (l-rasm)Sharlarning markazlaridan kesim utkaza-miz Masalada so`z borayotgan chiziq aylanadir (3.3-teorema). Uning radiusi tomonlari R ga teng bo`lgan teng tomonli OAO1 uchburchakning balandligiga teng. Balandligi ga teng. Demak, izlanayotgan chiziqning uzunligi gat teng. .
Agar ko`pyoqning hamma uchlari shar sirtida yotsa, ko`pyoq sharga ichkichizilgan deyiladi. Agar ko`pyoqning hamma yoqlari shar sirtiga urinsa, bunday ko`pyoq sharga tashqi chizilgan deyiladi.
Masala. Muntazam piramidaga tashqi chizilgan , sharning markazi uning o`qida yotishini isbotlang.
Yechilishi. Sharning O markazidan piramida asosi tekisligiga OA perpendikulyar tushiramiz .
X – piramida asosining ixtiyoriy bir uchi bo`lsin. Pifagor teoremasiga ko`ra:
AX2 = OX2 – OA2 =R2 – OA2
Shunday qilib, piramida asosining istagan uchi uchun aynan bir xil.Bu esa A nuqta piramida asosiga tashqi chizilgan aylananing markazi ekanini anglatadi. Demak sharining O markazi piramidaning o`qida yotadi.
Nazorat savollari:
1.Sharning tekislik bilan kesishmasi doira ekanini isbotlang.
2. Qanday tekislik sharning diametral tekisligi deyiladi? Katta doira nima?
3. Sharning istagan diametral tekisligi uning simmetriya tekisligi bo`ladi. Sharning markazi uning simmetriya markazi bo`ladi. Shularni isbotlang.
4. Qanday tekislik sharga urinma tekislik deyiladi?
5. Urinma tekislik shar bilan faqat bitta umumiy nuqtaga – urinish nuqtasiga egaligini isbotlang.
6. Qanday to`g`ri chiziq sharga urinma deyiladi?
7. Ikkita sferaning kesishish chizig`I aylana bo`lishini isbotlang.
8. Qanday ko`pyoq sharga ichki chizilgan (sharga tashqi chizilgan) ko`pyoq deyiladi?
Tayanch so’zlar:
Shar ,sfera ,deametr ,ko”pyoq ,tekislik,radius.....
Adabiyotlar:
1.”Geometriya” II-qism, I.Isroilov. L.Z.Pashayev.
Toshkent-2005
2.A.B.Pogorelov “Geometriya”. O’rta maktabning 7-11 sinflari uchun darslik. Toshkent -1991
3.A.P.Kiseyov “Geometriya”, o’rta maktabning 9-10 sinflari uchun darslik II-qism. Toshkent -1975
4.1996-2007 Axborotnomalar.
5.N.Ribkin “Geometriyadan masalalar tuplami” II-qism, stereometriya.O’qituvchi nashri1.
Aim.uz
Dostları ilə paylaş: |