Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari


Imom Ismoil al- Buxori, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy merosi



Yüklə 25,63 Kb.
səhifə4/5
tarix21.05.2022
ölçüsü25,63 Kb.
#87586
1   2   3   4   5
6-must Sharq mutafakkirlarining ta\'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qa

4.2 Imom Ismoil al- Buxori, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy merosi.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikirlar katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug'laydi. Uning fikricha, insonning ulug'ligi aql-idroki, so'zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o'quv va bilimni farqlaydi:o'quv tug'ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o'qish-o'rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o'zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:


  • Zakovat qayerda bo'lsa:ulug'lik bo'ladi,

  • Bilim kimdabo'lsa, buyuklik bo'ladi.

  • Zakovatli uqadi, bilimli biladi,

  • Bilimli, zakovatli tilakka vetadi.

Yusuf Xos Hojib ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liq holda bo'lishini tavsiya etadi, o'g'il bolalarning bir necha san'at turlarini va hunarlarni tugal o'rganmog'i lozimligini ta'kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, Jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.

4.2 Imom Ismoil al- Buxori, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy merosi.

Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o'zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo'lgan. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o'zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o'rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar Olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganligi qayd etib o'tiladi;

O'z davrida madrasalarda o'qitilishi yo'lga qo'yilgan fanlarni Abu Ali Ibn Sino quyidagi tizimlar bo'yicha ajratadi: Odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikr (musulmon qonunchiligi). Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlar esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy 2) Jismoniy sog'lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) manaviy tarbiya; 5) hunarga o'rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda Uyg'onish davridagi ta'limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g’oyalariga asoslangan edi.


Yüklə 25,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə