Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/9
tarix06.04.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#85110
1   2   3   4   5   6   7   8   9
To\'ychiyev Shaxzod Kurs ishi.

ishchilar munosabati.


1848-yil 23-fevral kechqurun Parij markazi Kaputsino bulvarida fojiaviy qo‘zg‘alon boshlandi. Gizo yashagan tashqi ishlar vazirligi binosi tomon yo‘l olgan qurolsiz demostrantlar to‘dasi binoni qo‘riqlovchilar tomonidan otib tashlandi. Bir necha o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, bir qanchasi yaralandi. Bu mudhish voqea to‘g‘risidagi xabar butun shahar bo‘ylab tarqaldi, Parijning barcha mehnatkash aholisi oyoqqa turdi. Minglab ishchi, hunarmandlar, talabalar jangga kirdi va bir kechada 1500 dan ortiq barrikada qurishdi.

Monarxiyaga qarshi qo‘zg‘alon umumxalq xarakteriga ega bo‘ldi. Uning o‘zagi va tashkil etuvchi kuchi maxfiy respublika jamiyatlari a‘zolari bo‘lishdi. 24-fevral tongida Parij ko‘chalaridagi kurash avj oldi.Milliy gvardiyaning katta qismi qo‘zg‘alonga qo‘shildi.Xalq okruglar meriyalarini bosib olishdi.Peshinga borib qirol qarorgohi – Tyumliriy saroyiga qo‘zg‘alonchi xalq otryadi hujum boshlashdi.

Lui-Filiff chorasiZ holatda qolib taxtdan voz kechadi.Bundan keyin qirol va uning oilasi poytaxtni tark etib Angliyaga qochadi.Tyumliriy saroyi xalq tomonidan bosib olinadi, qirol taxti Bastiliya maydoniga ko‘chirilib va tantanali ravishda yoqib yuboriladi. Respublika deputatlari guruhlari Lamartinni o‘z tomonlariga og‘dirib, Muddatli hokimikyatni tuzish taklifi bilan chiqdi va shu yerda masalani parlamentning majlislar zaliga bostirib kirgan barrikada jangchilari hal qildi. Muddatli hokimiyatning shakllanishi Fransiyaning an‘anaviy joyi – Parij shahar Ratushasida sodir bo‘ldi. Lekin bu bilan xalq isyoni yakunlanmadi. Vaqtli hukumat tarkibi to‘g‘risidagi ―Natsional va ―Reform arboblari o‘rtasidagi tortishuvlar vaqtida qo‘shni xonada ―Xalq deputatlarining o‘zboshimcha qo‘mitasi tuzildi, bu qo‘mita hukumat ishlarini kuzatishni, uning majlislarida ishtirok etishni, xalqqa zudlik bilan uning natijalari va so‘zsiz respublikaning e‘lon qilinishi kerakligini xohlagan.5

Bu markaziy masalaning yechimi inqilob g‘alabasi davrida sinfiy kuchlarning o‘ziga xos munosabatlarini yorqin namoyan etdi.O‘z tarkibiga ko‘ra Vaqtli hukumat koalitsiyasi edi. Hukumatdagi raxbarlik roli burjuaziya – respublikachi vazirlariga tegishli edi, ularga asosiy hukumat lavozimlari tegishli edi.

Vaqtli hukumat raisi etib 1830-yil inqilobi ishtirokchisi qariya Dyupon de L‘er saylandi. Hukumatning haqiqiy rahbari tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan Lamartin edi.―Reforma‖ ning mayda burjuaziya sardorlaridan faqat Ledryu- Rollan tashqi ishlar vaziri lavozimini olgan. Fevral inqilobi davrida Parij proletariyati katta kuch va ta‘sirga ega edi. Kuchlarning haqiqiy munosabati respublika haqidagi masalani chiqardi. Lamartin, Dyupon, Kreme va boshqa burjuaziya vazirlari bu masalaning yechimini topishga qarshilik qildi.

24-fevral kechki soatlarda Lamartin va boshqa vazirlar zudlik bilan respublikaning e‘lon qilinmasligi uchun har tomonlama harakat qilishdi. Biroq Parij ishchilari respublika haqidagi masalaning yaxshi tomonga hal bo‘lmasligini bilib, norozilik bildirdi.Ular tezkor, aniq, hech bir to‘siqlarsiz yechimini topishga qilishgan.

25-fevral ertalab xalq ommasi Ratusha binosi va maydonni yana to‘ldirdi. Hukumat tepasiga kelgan ishchi deputatlari zudlik bilan respublikaning e‘lon qilinishini talab qildi, uning boshida mashhur inqilob arbobi, shifokor Raspayl turgan, u Parij ishchilari orasida jida mashhur edi.6 Agar bu talab 2 soat davomida bajarilmasa, 200 ming parijliklar bilan kelib yanqi inqilobni amalga oshirishni aytib po‘pisa qilgan. Bu po‘pisa ta‘sirga ega bo‘ldi.Ikki soat o‘tmay respublika e‘lon qilindi.Parij ishchilari respublika to‘g‘risidagi burjuaziyadan farq qiluvchi tasavvurlardan ta‘sirlangan.

Fransiya ishchilarida respublika shiori ozodlik, tenglik, do‘stlikni amalga oshiruvchi g‘oya va orzular bilan uzliksiz bog‘liq edi. Shuning uchun ham Parij ishchilari fevral kunlari nafaqat respublikani, balki ― demakratik va ijtimoiy respublika ‖ ni talab qilgan. Bunday shior nafaqat sinfiy hukmdorlikning monarxik shaklini, balki sinfiy hukmdorlikni o‘zini bartaraf etuvchi respublikaga noaniq intilishni ifodalagan. Bu shiorning mazmuni Vaqtli hukumatga respublikaning e‘lon qilinganidan keyin zudlik bilan ishchi qo‘zg‘alonchilarning qizil bayroqni respublikaning davlat bayrog‘i deb tan olinishi haqidagi ko‘rsatilgan talabida, shuningdek ishchi delegatsiyaning ―mehnat huquqini qonuniy tan olish haqidagi talabida ochib berilgan. ‘Mehnat huquqi‘‘ ishchilar ommasida keng tarqaldi. U inqilob davrida ishchilar harakatining asosiy shiori bo‘lib qoldi. Bu shior ishchilarning ijtimoiy taraqqiyot, ishsizlikka qarshi kurash talabi va mehnatkashlar uchun ishni kafolatlash uchun bo‘lgan kurashni ifodalagan.

Shu bilan birga ―Mehnat huquqi‖ ishchilarning notinch sotsialistik intilishi, ishlab chiqarishning kapitalistik anarxiyasini muhokama qilishlari va uni yangilash istagini ifodalagan. Vaqtli hukumat qizil bayroq haqidagi talabni oson rad etishdi. Vazirlar o‘rtasidagi kuchli munozaralardan keyin Lui Blan va Alber ishchilarning bu talablari rad etilsa , hukumatdan chiqib ketishlarini aytgan. Vaqtli hukumat ishchi sinfiga yon bosdi.Hukumat tomonidan ish vaqtini 1 soatga qisqartirish haqidagi dekret qabul qilindi.

4-martda Fransiyada 21 yoshga to‘lgan erkalar uchun umumiy saylash huquqini kiritish haqidagi dekret qabul qilindi. Bu voqealarning yakunida Fransiya ishchilari 1848-yilning fevral kunlari XIX asrning birinchi demakratik respublikasini zabt etib siyosiy sharoit tayyorlanmagan.

1848-yil inqilobining tarixiy mazmuni Fransiyadagi burjuaziya tuzumining siyosiy qayta ta‘mirlanishi bo‘ldi, u yetuk kapitalizmning keng rivojanishiga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etgan bo‘lar edi. Sanoat to‘ntarishi, fabrika – zavod sanoatining qurilishi va rivojlanishi burjuaziya davlatining yanada yetuk siyosiy shakllarini talab qilgan. Bunday shakllarni yaratish kerak edi. Chunki XIX asrning birinchi yarmida Fransiya burjuaziyasining siyosiy hukmdorligi to‘la tashkil etilmadi va sof siyosiy ifodasini topmadi.

Haqiqiy siyosiy shakl o‘shanda burjuaziya respublikasi edi. Shuning uchun ham Fransiyada XIX asr o‘rtalarida burjuaziya – demakratik inqilob ob‘ektiv navbatda turgan edi. Biroq sanoat to‘ntarilishi sharoitida ko‘proq barcha burjuaziya inqilobi qonunlari namoyon bo‘lgan.

Demakratik inqilob anti burjuaziya va antikapitalistik yo‘nalishni qabul qilgan ijtimoiy portlash bo‘ldi. Keyingi jarayonlarda inqilobning juda zaif rivojlanishini ko‘rish mumkin. Bunday zaiflikning asosiy omillaridan biri yoki manbai sifatida shunday o‘ylash mumkinki, ishchi ommasida hukmronlik qilgan jamiyatni tinchlik yo‘li bilan qayta qurish imkoni haqidagi soxta tushunchalar edi.

Bu mayda burjuaziya soxta tushunchalari inqilobning ilk haftasining vaziyati bilan qo‘llab-quvvatlangan. Ingliz baronessasi Red yaqinlariga Parijdan turib shunday yozgan: ”Biz hammamiz soyabonsiz yuramiz va ishchilarimizga bo‘ysinamiz”. “Barcha joyda ― Ishchilar oldida bo‘ysinamiz” ! degan shior osilgan edi. Ishchilarning buruaziyaga bo‘lgan ishonchi Lui Blan va Alberning hokimiyatda mavjud bo‘lishi bilan yanada mustahkamlandi. Bu holat ― ishchi sinfning inqilobiy harakatlarini umumiy to‘xtatdi‖.

Sotsialist vazirlarning siyosati xiyonatkorona bo‘ldi. Ular ishchi ommadan o‘zlarining burjua-respublikachi vazirlar bilan kelishmovchiliklarini yashirgan va ularning ishchilarga bo‘lgan yovuzlarcha fikrini yashirgan . ―Tezkor gvardiyaning loyihasi birdan ikki qiyonni o‘ldirgan. Birinchidan, bu chora inqilobning ilk kunlarida Vaqtli hukumatga yetmagan qurolli kuchlarni tezroq tuzishga yordam berdi, bunda Parijlik ishchilar birma-bir qurollangan va milliy gvardiyada ishtirok etish huquqini olgan.

Vaqtli hukumat M.Kassider tuzgan yangi poytaxt politsiyasiga ishonmadi. M.Kassiderning politsiya kuchi barrikada jangchilari va maxfiy jamiyat ishtirokchilaridan tuzilgan bo‘lib,Vaqtli hukumatga bo‘ysinmasdi. Ular o‘zlarini ― Inqilobning avtonom kuchi, ―montanerlar deb atashgan. Undan tashqari, ―Tezkor gvardiyani tuzish bilan hukumat inqilob kuchiga qarshi ishsiz yoshlarni yollashga harakat qilgan. 26- fevralda Parijda ishsizlar uchun ijtimoiy ishlar tuzish haqidagi Vaqtli hukumat qarori chiqdi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə