Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


II. BUYUK FRANSUZ BURJUA INQILOBINING YAKUNLARI VA TARXIY AHAMIYATI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə7/9
tarix06.04.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#85110
1   2   3   4   5   6   7   8   9
To\'ychiyev Shaxzod Kurs ishi.

II. BUYUK FRANSUZ BURJUA INQILOBINING YAKUNLARI VA TARXIY AHAMIYATI



2.1. Fransuz burjua inqilobining yakunlari. Yakobinchilarning hkimiyat tepasiga kelishi


. Lyudovik XVI qatl etilgach, Ispaniya, Angliya va Avstriya monarxlarining bosqinchilik hujumi kuchaydi. Jirondachilar mamlakat mudofaasini yetarli darajada tashkil eta olmadilar. Buning ustiga, mamlakat janubida yerlarning shahar burjuaziyasiga sotilayotganligidan norozi bo'lgan dehqonlarning isyoni boshlandi. Isyonchilar qirolning qatl etilishinijinoyat deb hisoblardilar. Yakobinchilar mamlakatdagi bu og 'ir vaziyat uchun jirondachilarni aybladi. Ular Parij aholisini qo'zg'olonga chaqirdi. Boshlangan qo'zg'olon 1793- yilning 2- iyun kuni jirondachilar holdmiyatining ag 'darilishi bilan yakunlandi.

Holdmiyat yakobinchilar qo 'Uga о 'tdi. M.Robespyer boshchiligida yangi hukumat - jamoat qutqaruv qo 'mitasi tuzildi.

Favqulodda sudlar yangi kuch bilan ishlay boshladi.

Yakobinchilarning ichki siyosati. 1793- yilda Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Feodal to 'lovlar butunlay bekor qilindi. Dehqonlar endilikda o'z yerlarining ozod egalariga aylandilar.

Feodallarning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar yoqib yuborildi. Chet ellarga qochib ketgan dvoryanlarning yerlari mayda bo 'laklarga bo 'linib sotildi. Cherkov davlatdan ajratildi. Birinchi iste'mol buyumlariga qat'iy narxlar o'rnatildi. Biroq bu tadbir kutilmaganda aks sado berdi. Savdogarlar hukumat belgilagan narxda tovarlarini sotmay qo 'ydi. Endi ular yashirincha savdo qilishga о 'tdilar. Oqibatda narx-navo kо'tarilib ketdi. Hukumat ish haqining eng yuqori daraj asini ham belgilab qo 'ydi. Biroq bu tadbir yaxshilikka oUb kelmadi. Natijada ishcMarning ish tashlashi boshlandi. Hukuma t esa uni shafqatsizlik bilan bostirdi. Chet el bosqmclmarinirig hujumi va birinchi isle' mol mahsulotlarining yetishmasligi sharoitida ahvolning g'oyatda og'irlashuvi yakobinchilarni diktatura о 'rnatishga majbur etdi.

1793- yil sentabrda Konvent «Shubhali kishilar to'g'risida» qonun qabul qildi. Bu qonun, yakobinchilar fikricha, «shubhali» deb hisoblangan barcha kishilarni to tinchlik о'rnatilgunicha qamoqqa olish va saqlashni ko'zda tutardi. Aslida yakobinchilar o'z raqiblaridan terror yo 'li bilan qutilmoqchi edi. Buning tasdig 'i о 'laroq, Konventdagi barcha jirondachi-deputatlar qamoqqa olindi va qatl qilindi.

Mamlakat ichkarisidagi isyonlar ham о 'ta rahmsizlik bilan bostirildi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz va ma'nosiz edi. Yakobinchilar, ayni paytda, qo 'shinni mustahkamlash choralarini ко 'rdilar. Bu tez orada o'z samarasini berdi. 1794- yilda bosqinchilar mamlakat hududidan surib chiqarildi. Bu ozodlik urushlarida yosh kapitan Napoleon Bonapart shuhrat qozondi.

Yakobinchilar partiyasi. Yakobinchilar ichida ichki siyosat borasida yagona birlik yo'q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo'linib ketgan edilar. Yakobinchilarni birlashtirib turgan omil - bu chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar о'rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shome t rahbarligidagi yakobinchilar «hech kim boy ham, hech kim о 'ta kambag 'al ham bo '1- maydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega bo Tishini ta' minlaydigan» jamiyat tarafdori edilar.

1794- yilda M. Robespyer tarafdorlari ularni qamoqqa oldilar va o'lim jazosiga hukm etdilar. M. Robespyer tarafdorlari yakobinchilarning Danton boshchiligidagi «shafqatlilar» guruhini ham xavfli deb hisoblaganlar. Danton mamlakatda faoliyat ko'rsatayotgan guruhlarning o'zaro murosasi tarafdori edi. U barcha partiyadagi yaxshi niyatli kishilarning ittifoqini tuzish yo'li bilan o'zaro ziddiyatlarni bartaraf qilishni taklif etdi. Danton inqilobiy diktaturani to 'xtatishni, konstitutsiyaviy tartibga qaytishni, terrordan voz kechishni talab

qila boshladi. M. Robespye r guruhi Danton talablarini rad etdi. Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindilar va qatl etildilar.

Mamlakatda о'rnatilgan terror siyosati dahshatlari hammaning tinkamadorini quritdi. Bu esa, Robespyeming obro'sini tushirib yubordi.

M. Robespyer siyosiy kurashda qonli usul orqaU raqiblarini yo 'qotish bilan o'z shaxsiy halokatini ham tayyorlab bordi. Xalq qonU boshqaruvga asoslangan respublikani yomon ко 'rib qoldi. Endi M. Robespyeming barcha dushmanlari yagona ittifoqqa birlashdilar.

Yakobinchilar diktaturasining ag'darilishi. Konventda M. Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna tayyorlandi. 1794- yilning 27- iyulida Konvent unga qarshi ayblov e'lon qildi va M. Robespyerni qamoqqa oldi. Shuningdek, Konvent uni qonundan tashqari deb ham e'lon qildi. Bu - sudsiz qatl etish degani edi. Hammasi bo'lib yuzga yaqin kishi qatl etildi. Shu tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi. Bu inqilobning tugashi ham edi.

Hokimiyat tepasiga inqilob yillarida boyib ketgan yangi boylar deb ataluvchi yirik burjuaziya keldi. Hokimiyat tepasiga kelgan kuchlar termidorchilar deb nom olganlar. Ular mulkni va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan Respublika tarafdori edilar. 1795- yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda respublika tazumini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda ikki palatali parlament tashkil etildi. Ijroiya hokimiyat besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. U

1795-1799- yillar mobaynida mamlakatni boshqardi. Bu davrda monarxiya tarafdorlari isyon ko'tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq general Napoleon Bonapart Konventning xaloskori bo'ldi. U isyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo '1 ochdi.

1799- yil 9- noyabrdagi davlat to'ntarishi. Direktoriya Shimoliy ItaUyani Avstriya qo' shinidan ozod qilishi uchun Napoleon Bonapartga umid bog 'ladi. 26 yoshli general bu vazifasini sharaf bilan uddaladi.

U Avstriyani tinchlik shartnomasi tuzishga va Fransiyaning g 'alabasini tan olishga majbur qildi. Shu tariqa Napoleon Italiyadan Parijga shonshuhratga ко 'milgan holda qaytib keldi.

Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleonde k qattiqqo'l siyosatchining hokimiyatini o'rnatishga fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to 'ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozibo'ldi.

1799- yil 9- noyabrda Davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 3 kishidan iborat bo 'ldi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining konsuli» unvoniga ega bo'ldi. Uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo 'lida to'plandi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə