Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


Fransuz Burjua inqilobining tarixiy ahamiyati



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə8/9
tarix06.04.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#85110
1   2   3   4   5   6   7   8   9
To\'ychiyev Shaxzod Kurs ishi.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

2.2. Fransuz Burjua inqilobining tarixiy ahamiyati


Gap fransuz burjua inqilobi haqida ketganida, unga nisbatan «Buyuk» so 'zi qo'shib ishlatiladi. Xo'sh, nega shunday? Chunkib u inqilob o'rta asr feodal tartiblarini to'l a bekor qilgan edi. Kishining kishiga shaxsan qaramligini tugatdi. Monarxiyaning hech qanday ко 'rinishi bilan murosa qilmadi.

Fransiyada respublika tuzumi qaror topdi. Angliya burjua inqilobi burjuaziya va dvoryanlar kelishuvi bilan yakunlangan bo'lsa, Fransiyada burjuaziya dvoryanlarni yengdi. Eski jamiyat va davlat tuzumini to'la buzib tashladi. Sanoat inqilobi uchun sharoit hozirladi.

Buyuk Fransuz inqilobi tarixida uch bosqich mavjud:


  1. 1789 yil 14 iyul - 1792 yil 10 avgust;

  2. 1792 yil 10 avgust - 1793 yil 2 iyun;

  3. inqilobning eng yuqori bosqichi - 1793 yil 2 iyun - 1794 yil 27/28 iyul.

Buyuk Fransuz inqilobining asosiy natijalari

1. U inqilobdan oldingi mulkchilik shakllarining murakkab xilma-xilligini mustahkamladi va soddalashtirdi.

2. Ko‘p (barchasi emas) zodagonlarning yerlari dehqonlarga mayda tomorqalarda (posilkalarda) 10 yillik to‘lovlar bilan sotilgan.

3. Dvoryanlar va ruhoniylarning imtiyozlari bekor qilindi va barcha fuqarolar uchun teng ijtimoiy imkoniyatlar joriy etildi. Bularning barchasi barcha Evropa mamlakatlarida fuqarolik huquqlarining kengayishiga, konstitutsiyalarning kiritilishiga yordam berdi.

4. Inqilob vakillik saylanadigan organlar: Milliy ta’sis majlisi (1789-1791), Qonunchilik majlisi (1791-1792), Konventsiya (1792-1794) shafeligida amalga oshirildi.Bu parlament demokratiyasining rivojlanishiga xizmat qildi, keyingi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay.

5. Qaror yangisini dunyoga keltirdi davlat tuzilishi- parlamentli respublika.

6. Davlat endilikda fuqarolarning asrlar davomida teng huquqliligining kafolati edi.

7. Moliya tizimi o'zgartirildi: soliqlarning mulkiy xususiyati bekor qilindi, ularning universalligi va daromad yoki mulkka mutanosibligi tamoyili joriy etildi. Byudjet e'lon qilindi.

Respublika hukumati ichki siyosatda bir qa tor muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 1881— 1882- yilarda ta’lim to’grisida qonunlar qabul qilindi. Unga ko’ra maktab cherkovdan ajratildi. Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi. 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi. Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi.

Oliy pedagogik bilim yurtlarida o’qituvchi kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Majburiy talim dasturida o’g’il bolalar uchun gimnastika maj-buriy deb belgilandi. Bundan o’smirlarni bo’lajak harbiy xizmatga jismo-nan yetuk qilib tayyorlash maqsadi ko’zda tutilgan edi. Qiz bolalar uchun litseylar ochildi. Maxsus oliy o’quv yurtlarida ayol o’qituvchilar tay-yorlana boshlandi. 1884- yilda kasaba uyushmalarming erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun ham qabul qilindi. Ishchilar o’z kasaba uyushmalari va mehnat birjalarini tuzdilar. Ular ishsizlar va ish tashlovchilar haqida g’amxo’rlik qila boshladilar.

Munitsipal kengashlarga o’z merlarini saylash huquqi berildi. Bungacha ular markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar edi.

Mamlakatda Respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa bordi. 1876- yilgi Senatga bo’lgan saylovlarda respublikachilar qo’li baland keldi. Mak Magon iste’fo berdi. Jyul Grevi prezident etib saylandi. Monarxiyani tiklashga urinishi behuda ketdi. Ichki siyosiy hayotning o’ziga xos bir xususiyati — bu,— ko’pfirqalikning qaror topganligi bo’ldi. Ularning ichida Radikal, Sotsialistik va Respublikachilar firqasi yetakchi nufuzga ega edi.

1887- yilgi siyosiy tanglikdan keyin Jyul Grevi o’rniga Sadi Kar-no (1887—1894) prezident bo’ldi. Bu davrda Fransiya siyosiy hayotida ayni paytda demokratiyaga qarshi kuchlar ta’siri o’sib bora-yotgan edi. Chunonchi, mamlakatda rnillatchilik, shovinizm g’oyalari keng tarqala boshladi. Ular qudratli armiyagina Elzas va Lotaringiyani qaytarib olishi mumkinligiga ishonar edilar.

Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxistlar va monarxiyachilar faoliyati ham kuchaydi. Ularning maqsadi — mavjud tuzumni ag’darish edi. Bu maqsadga erishish uchun anarxistlar kurashning terror usulini qo’lladilar. Chunonchi, ular 1893- yilda Parlament binosiga bomba tashladilar. Buning oqibatida 80 kishi yarador bo’ldi.

1894 yiida Sadi Karno o’ldirildi va uning o’rnini Kazimir Pere qisqa muddatga egalladi. 1894- yil Fransiya kontrrazvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida josus tomonidan Germaniyaga maxfiy malumotlar berilib turilayotganligini aniqladi.

Maxsus xizmat bu masalada Fransiya armiyasi Bosh shtabida xiz-mat qiluvchi, kapitan A. Dreyfusdan shubha qila boshladi. Tez orada u josuslikda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortildi. Aslida A. Dreyfus josus emas edi. Biroq, soxta hujjatlar va soxta guvohlar yordamida uning «josus»ligi fosh etildi. 1894- yilda harbiy sud uni umrbod surgun jazosiga hukm qildi.

Bu orada Feliks For prezidentlik lavozimini egalladi (1895—1899). Reaksiya «Dreyfus ishi»dan mamlakatda demokratiyaga qarshi tash-viqotni kuchaytirish, millatchilik, shovinistik kayfiyatlarni yanada avj oldirish uchun foydalandi.

Mamlakatda, A.Dreyfusning josus emasligiga, hali haqiqiyjosus fosh etilmaganligiga ishonuvchilar bor edi. Ular haqiqiy josusni fosh etish uchun tekshiruvni davom ettirdilar. Va, nihoyat haqiqiy josus aniqlandi. U bosh shtab mayori, vengr avantyuristi, graf Estergazi bo’lib chiqdi.

Biroq, Bosh Shtab va u bilan mustahkam bog’langan kuchlar bu haqiqatni oshkor etishni o’zlari uchun katta sharmandalik deb hisob-ladilar. Lekin, bu haqiqat sirligicha ketmadi. 1897- yilda u matbuot yuzini ko’rdi. Mashhur yozuvchi Emil Zolya maktubi e’lon qilindi.

Fransiyaning barcha demokratik kuchlari A.Dreyfus ishini qayta ko’rib chiqishni talab eta boshladi. Sharmanda bo’lishni istamagan kuchlar soxta guvohning o’ldirilishini uyushtirdilar. Estergazi esa Fran-siyadan qochib ketishga muvaffaq bo’ldi.

1899- yilda F.For to’satdan vafot etdi. «Mo’tadil» respublikachi Emil Lube (1899—1906) prezident etib saylandi. «Dreyfus ishi» atro-fidagi kurash uzoq davom etdi. Hukmron doiralar uni ozodlikka chiqarishga majbur bo’ldilar. Biroq, u aybsizligi uchun emas, «sog’ligi yomonlashgani» uchun ozod qilindi. A.Dreyfus faqat 1906- yildagina to’la oqlandi.

20 asr boshlariga kelib mamlakatda mo’tadil barqarorlik ta’minlandi. Bunga 19 asr 90-yillarining o’rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildi. 1900- yildagi 5,4 mln. tonna o’rniga 1913-yilda Fransiya 22 mln. tonna temir ruda ishlab chiqara boshladi. Bu sohada Fransiya AQSh va Germaniyani ortda qoldirdi.

Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo) tez rivojlana boshladi. Oqibatda sanoatda xizmat qilayotgan aholining soni 36 foizga yetdi. 40 foiz aholi qishloq xo’jaligida band edi. 1889-yilda balandligi 312 metrli mashhur Eyfel minorasi quriladi.

Fransiyaning 1909- yildagi eksportida tovarning qimmatligi jihatidan jun birinchi, ip-gazlama ikkinchi, shoyi gazlama uchinchi, fransuz vinolari to’rtinchi o’rinni egalladi. Fransiyada moliya kapitali tez o’sdi. Uning chetga kapital chiqarish quvvati yanada ortdi. Bu borada u dunyoda Angliyadan so’ng ikkinchi o’ringa chiqdi. 1914-yilga kelganda Rossiyaga 13 mlrd., Angliya va AQShga 5 mlrd., Janubiy Amerika davlatlariga 6 mlrd. frank miqdorida kapital chiqardi.

Bu kapitallar foiz hisobida Fransiyaga juda katta miqdorda daromad keltiribgina qolmay, ayni paytda siyosiy ittifoqchilarni ham vujudga keltirdi.

Fransiya mehnatkaslarining ahvoli og’ir edi. Ular kumga 10—12 soat, ba’zan 14—16 soat-gacha ishlashga majbur edilar. Mehnatkashlar o’z haq-huquqlari uchun kurasha boshladi. Bunday sharoitda ishchilar harakatini uyushtirish muhim ahamiyatga ega edi. 1880- yilda ishchi tashkilotlari vakillari «Fransiya Ishchi partiyasi» ni tuzdilar. Ayni paytda, ishchilar kasaba uyushmalari va mehnat birjalari tuza boshladilar. Ular ishsizlar va ish tashlashda qatnashayotganlar haqida g’amxo’rlik qilardi.

Chunonchi, mehnat qonunlari Kodeksiga ko’ra, ish vaqtida olingan jarohat uchun to’lov to’lanadigan bo’ldi. Haftada bir kun—dam olish kuni joriy etildi.

1910- yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi. Unda pensiya yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu ko’rsatkich Germaniya va Angliyada 70 yosh edi). Ijtimoiy harakatda ikki asosiy oqim mavjud edi. Ularning biri—jamiyatni parlament yo’li bilan (islohotlar orqali) qayta qurish, ikkinchisi esa noqonuniy yo’l bilan (qurolli qo’zg’olon) qayta qurish yo’li edi. Ikkinchi yo’l bora-bora o’z ta’sirini butunlay yo’qotdi.

19 asrning 70-yillardan boshlab Fransiyaning xalqaro ‘) mavqeyi zaiflashdi. Uning kontinental Yevro-padagTyetakchi davlat mavqeyi barham topdi. Endi, Fransiya Ger-maniya hujumidan xavfsirab yashaydigan davlatga aylandi.

Ayniqsa, 1879- yilda tuzilgan Germaniya—Avstriya-Vengriya it-tifoqi Fransiyaning xalqaro mavqeyini yanada yomonlashtirib yubordi. Shunday bo’lsa-da, Fransiya boshqa buyuk davlatlar o’rtasidagi ni-zolardan ustalik bilan foydalanib, mustamlaka imperiyasini tobora kengaytirib borishga muvaffaq bo’ldi.

Chunonchi, 1881- yilda Tunis tobe etildi. Germaniya atayin bunga qarshilik qiladi. Uning maqsadi Fransiya-Italiya munosabatlarini keskinlashtirish edi. Chunki, Italiya ham Tunisga da’vogar edi. Germaniya o’z niyatiga erishdi. Tunis-dan quruq qolgan Italiya endi Germaniya bilan yaqinlasha boshladi. Bu esa 1882-yilda Germaniya—Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat harbiy-siyosiy ittifoqning tuzilishiga olib keldi. Bu ittifoq tarixga «Uchlar ittifoqi» nomi bilan kirdi.

Fransiya 1883- yilda Vyetnamga, 1885- yilda Xitoyga qarshi urush boshladi. 1891-yildaGvineya, 1892-yHdaSenegalbo’ysundirildi. 1893-yilda Sahroyi Kabirdagi Tambuktani zabt etdi, Laos ustidan protek-torat o’rnatildi, 1894—1896-yillarda Madagaskar bosib olindi.

Ko’p o’tmay Fransiya Marokashni ham egalladi va uni asoratli shartnoma tuzishga majbur etdi.

1912- yilda bu davlat ustidan Fiansiya protektorati o’rnatildi. 1914-yilda Marokashda 100 ming fransuz jangchisi bor edi.

Ayni paytda, «Uchlar ittifoqi» Fransiyaga tobora ko’proq xavf sola boshladi. Bu hol uni Angliya va Rossiya bilan yaqinlashish yo’llarini qidirishga majbur etdi. Oxir-oqibatda bu 3 davlat ittifoqi qaror topdi.

Shu tariqa, Yevropaning buyuk davlatlari bo’lingan dunyoni qayta bo’lish girdobiga tortildilar


XULOSA


Inqilobiy Fransiya va Napolеon urushlari Fransiyaning yirik mag`lubiyati bilan yakunlanganidan so`ng g`olib mamlakatlar Yevropada xalqaro munosabatlarning yangi tartibini yaratdilar. Bu tartib tarixga «Vеna tizimi» nomi bilan kirdi. «1815 yil traktatlari» dеb nom olgan shartnomalar va ittifoqlar tizimi bosqichma-bosqich 1814 y. mayidan to 1818 noyabrigacha yaratildi. Bu davrda to`rtta yirik xalqaro uchrashuv bo`lib o`tdi:

Fransiya bilan birinchi Parij tinchlik shartnomasini tuzish bo`yicha muzokaralar (1814 yil may oyi); Vеna kongrеssi (sеntyabr 1814 y. - iyun 1815 y.); ikkinchi Parij tinchligi bo`yicha muzokaralar (iyul-noyabr 1815 y.); Axеn kongrеssi (sеntyabr-noyabr 1818 yy.). Bu uchrashuvlardan eng muhimi-Vеna kongrеssi edi. Vеnaga butun Yevropa mamlakatlaridan vakillar kеldi. Ular orasida impеratorlar, qirollar,vazirlar va yirik siyosiy arboblar bor edi. «Vеna tizimi» asosan uch masalani hal etdi:

Fransiyani 1792 yil chеgaralariga qaytarish va hokimiyat tеpasida Burbonlar sulolasini tiklash;

Yevropada va mustamlakalarda Angliya, Rossiya, Prussiya va Avstriya manfaatlaridan kеlib chiqqan holda hududiy o`zgarishlarni amalga oshirish; Fransiyada va boshqa Yevropa mamlakatlarida inqilobiy xarakatlarni oldini olish bo`yicha kafolatlarni qabul qilish (bu maqsadda 1815 y. sеntyabrida Rossiya, Prussiya va Avstriya Parijda «Monarxlar va xalqlarning Muqaddas ittifoqini» tuzdilar)

Inqilobiy Fransiya va Napolеon urushlari Fransiyaning yirik mag`lubiyati bilan yakunlanganidan so`ng g`olib mamlakatlar Yevropada xalqaro munosabatlarning yangi tartibini yaratdilar.

Bu tartib tarixga «Vеna tizimi» nomi bilan kirdi. «1815 yil traktatlari» dеb nom olgan shartnomalar va ittifoqlar tizimi bosqichma-bosqich 1814 y. mayidan to 1818 noyabrigacha yaratildi. Bu davrda to`rtta yirik xalqaro uchrashuv bo`lib o`tdi:


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə