Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

taraqqiyot yoʻnalishlari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. AQSH qachon oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan?
2. Janubiy Amerika mamlakatlari qaysi Yevropa davlatlarining mustam
­
lakalari hisoblangan?
3. Nima deb oʻylaysiz: nega Shimoliy va Janubiy Amerikada taraqqiyot 
yoʻnalishlari bir-biridan tubdan farq qiladi?


28
A
QSHda 1861–1865­yillarda boʻlib oʻtgan fuqarolar 
urushi oʻz mohiyatiga koʻra burjua­demokratik 
inqilob edi. U AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 
masalalarini, ular ichida eng muhimlaridan biri boʻlgan 
qulchilikning taqdirini burjuacha ruhda hal qildi. Natijada 
sanoat jadal rivojlandi, qishloq xoʻjaligida esa kapitalizm 
rivojlanishining erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” 
yoʻli qaror topdi.
Fuqarolar urushidan soʻng Gʻarbdagi keng hududlarni 
oʻzlashtirish va bu jarayon bilan bogʻliq temiryoʻl va shosse 
yoʻllar, kanallar va portlar qurilishi sanoatning oʻsishiga, 
keng ichki bozorning shakllanishiga olib keldi. Amerika 
burjuaziyasi Yevropa kapitali va ilgʻor mamlakatlarning tex
-
nik yutuqlaridan unumli foydalandi. Yevropa va Osiyodan 
kelayotgan millionlab immigrantlar sanoatni zarur ishchi 
kuchi bilan taʼminlab turdi. Sanoat mahsulotlarining umu
-
miy hajmi boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlari 1894­yili 
barcha rivojlangan mamlakatlarni quvib oʻtdi va dunyoda 
birinchi oʻringa chiqib oldi.
Y
angi asrga AQSH iqtisodiyotning koʻplab sohalarida birinchilikka 
intilayotgan, jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida kirib keldi. 
1901-yili AQSHda prezidentlik lavozimini 
Teodor Ruzvelt
egalladi. 
Koʻp vaqtdan beri mamlakatni bunday dadil, yorqin va zabardast shaxs 
boshqarmagan edi. U oʻz faoliyatini mamlakatda islohotlar oʻtkazish 
zarurligiga xalqni ishontirishdan boshladi. 
1912-yilgi saylovlarda demokratlar vakili, taniqli tarixchi, davlatchilik 
va xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis 

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə