Shavkat: onasi bo’pti men ketdim yaxshi o’tiringlar



Yüklə 28,03 Kb.
tarix29.05.2023
ölçüsü28,03 Kb.
#113950
Ochilgan sir epizod to\'liq


Ochilgan sir
1-epizod. (Kadrda Shavkatning uyi)
Shavkat: onasi bo’pti men ketdim yaxshi o’tiringlar
Nodira: mayli dadasi yaxshi borib keling, charchamang.
Endi eshikni yopmoqchi bo’lganda telefon jiringlab qoladi, eshikka qulf solmasdan telefonga chopadi.
Nodira: Alo Shohista dugonajon qalesan
Shohista: Yaxshi rahmad o’zingchi tinchmisan bolang va erring yaxshimi?
Nodira: Rahmad biz yaxshi o’zingdan gapirsak yaxshimisan?
Shavkat: eh kampaniya hujjatlari va pullar uyda qolibdiku… O’zim ham shoshdimda ozgina, bugungi loyiha ham uyda qolibdi.
Kamron: Aka uni olib keeling bo’lmasa bugungi hamkorlar ortga qaytishi mumkin.
Shavkat: Kampaniyada ularni kutib olib boshqa 2 ta loyihani ko’rsatib asosiy loyiha yaqinda keladi…… Xo’jayin olib keladi deign. Hali haydovchim ham kelmadi men o’zim ozgina yurib turgandaim ortga qaytib olib kelaman.
Kamron: hop ho’jayin.
Shavkat: Iya nega eshik qulflanmagan?
Hovliga kirib endi eshikni ochaman deganda qulog’iga bir nimalar chalindi va eshikni sekin ochib kirdi. Shavkatga eshitilgan ovoz bu Nodraning: birm soda bu erim birovni bolasini bolam deb yuribdi so’zlari edi. Shavkat uyga sekin kirdi va gaplarni eshitib turdi.
Nodira: sen o’sahnda DNK ni almashtirmaganingda nima bo’lardi shundoq soda erdan quruq qolardimda..?
Shohista: menga rahmad deign, meni bilsang bilarsan..
Nodira: Bugun qayerda o’tiramiz gapni doim bitta joyga taqaysan senam.
Shohista: erring ruxsat berarmikin?
Nodira: bermay qayoqqa ham borardi.
Shohista: bo’ldi men senga sms xabar qilib jo’nataman manzilni.
Nodira: Mayli charchama dugonajon.
Shavkat: ha iflos seni bu hunaring ham bormidi, aytishadiku qing’ir ishning qiyig’i qirq kunda ham chiqadi – deb. Sen ham bolang ham qaytib ko’zimga ko’rinmalaring.
Shaxboz shovqunni eshitdi va tushib keldi
Shaxboz: nima bo’ldi dada nega urushyabsizlar?
Shavkat: Kimni dada deyabsan sen tirrancha yana bir gap agar ketmasang onangni chaqirib, yaqinlaringa aytib sharmanda qilaman. Tanlash imkoniyati o’zingda. Ko’rdingmi aybing bormi indamay turibsan bir so’z aytmasdan.
Nodira: mayli ketamiz o’z hohishim bilan.
Shavkat: Bu boshqa gap qani ketlaring.

2-epizod (shahardan Parkent tumaniga borish sahnasi)


3 ta mashina puli yo’qligidan o’tib ketdi 4-mashina to’xtadi.
Nodira: Assalomu alaykum amaki yaxshimisiz?
Maqsud: Va alaykum assalom. Yaxshi rahmad xizmat?
Nodira: Meni va bolamni Parkentga tashlab qo’ying lekin yonimda pulim yo’q 3ta mashina o’tib ketdi.
Maqsud: Mayli o’tiringlar odamga savob ham kerakku
Nodira: qani chiq o’g’lim
Shaxboz: Oyi biz qayerga ketyabmiz.
Nodira: borganda bilasan o’g’lim qani mashinaga chiq
Maqsud: Sizlarga nima bo’ldi nega kayfiyatingiz yo’q kelin
Nodira: hech nima bo’lmadi, pulimizni yo’qotib qo’ydik uyga qaytayotgandik
Maqsud: ha yaxshida tinchlik bo’sa bo’ldi
Nodira: Aytganiz kelsin amaki.

3-epizod (Sadullaning uyi kadrda o’rtacha uy)


Sa’dulla: qizim tur bog’chaga boramiz
Shirin: Muzqaymoq olib berasiza
Sa’dulla: ko’p shirinlik, muzqaymoq sen xoxlagan narsani olib beraman.

4-epizod (Kadrda Shavkatning kampaniyasi)


Shavkat: Men aytayotgan loyiham shulardan iborat edi. Hammaylaga rahmad, uzr telefon qilib qolishdi.
Kamron: Xo’jayin sizni ishingiz ularga yoqdi va hamkorlik qilmoqchi
Shavkat: Kamron men senga ishonaman meni xo’jayin dema Shavkat Davlatovich desang bo’ldi xo’jayinni boshqa eshitmay kirganinga 1-oy bo’lgan bo’lsada men senga juda ko’p ishonaman.
Kamron: Hop bo’ladi, yuring hamkorlar ketishyabdi. Hamkorlardan eng kattasining so’zi
Tabriklayman sizning ishingiz bizga yoqdi juda mukammal va puxta loyiha biz sizga sarmoya kiritamiz va qo’llab-quvvatlaymiz.
Shavkat: Rahmad sog’-salomat bo’linglar hali bizni bundanda kata ishlar kutib turibdi
Kamron bizga boshqa ishchilar kerakmas bizga boshqa odamlar olma.
Kamron: ichimizga dushman kirmasin deysizda.

5-epizod (Kadrda Parkentdan – So’qoqqa chiqish sahnasi)


Nodira: shu yerdan So’qoqqa chiqadimi taksilar
Islom: ha opa shu yerdan
Nodira: Meni va bolamni tashlab qo’yomisizmi taksi bo’lsangiz agar
Islom: taksiman opa
Nodira: lekin pulimiz yo’q
Islom: mayli opa yuring tashab qo’yaveraman, shahardan ekansiza?
Nodira: Qattan bildiz
Islom: Fransuzkiy atirlarni bizda hech kim sepmaydi deyarli va ro’mol o’ramaganizdan ham bildim
Nodira: ha tushunarli eng yomoni pulimizni o’g’irlatib qo’yganimiz bo’ldi
Islom: ehtiyot bo’lish kerak nima ko’p bu shaharda o’g’ri ko’p, o’zi qishloqda nima ishiz bor edi.
Nodira: yashamoqchi edik
Islom: shahar bo’lmadimi eriz qayerdan shahardanmi ?
Nodira: erim vafot etgan
Islom: uzr opa men bilmagandim.
Nodira: mayli hech qisi yo’q aytgancha ismingiz kim va bu yerda So’qoqda yashashga uy topsak bo’ladimi.
Islom: ismim Islom ha bo’ladi gaplashib beraman opa nomerizni bering gaplashib beraman keyin sizga telefon qiladi
Nodira: Yozing
Islom: Hop opa mana yetib ham keldik.
Nodira: rahmad sizga Islomjon
Islom: tushmang hozir oldiga chiqamiz hozir hal qilib bera qoliy ko’chada turmanglar

6-epizod (kadrda Muhammad okani uyi)


Islom: Muhammad oka, Muhammad oka
Muhammad: hozir, kel ukam
Islom: Assalomu alaykum Muhammad aka charchamottizmi.
Muhammad: rahmad ukam yaxshiman nimaga tinchlikmi
Islom: oka bitta uy kerak pulini ishlab qilib beraman deyapti eski uyiz bo’sh bo’lsa shularga beraylik oka savob bo’lardi
Muhammad: qani yurchi
Nodira: Assalomu alaykum
Muhammad: Vo alaykum assalom uy sizga kerakmi
Nodira: ha amaki bizga kerak pulini ishlab qilib beraman.
Muhammad: qani yuringlar olib beraman. Mana shu uy bemalol behijolat turinglar. Manabu pul kechga ubu narsa olib yersizlar
Nodira: rahmad amaki qandoq bo’larkin
Muhammad: Tortinmasdan olavering
Nodira: rahmad
Muhammad: meni nomerim nima yordam kerak bo’lsa bemalol

7-epizod (Nodiraning yangi uyi kadrda)


Dilfuza: yangi qo’shni kelibti yuringlar Mavluda, Zubayda.
Mavluda: tushaylikchi opa keyin bilarmiz
Dilfuza: kim bor
Nodira: kelinglar
Mavluda: qalesiz qo’shnijon, biz shu mahallada turamiz mana bu Zubayda va Dilfuza opangiz men Mavluda opangiz bo’laman.
Nodira: Men Nodira shahardan qishloqqa ko’chib keldik
Mavluda: nega
Nodira: shu yerda yashagimiz keldi.
Mavluda: ha tushunarli bu eriz nega kelmadi
Nodira: vafot etganlar
Mavluda: kechiring yarangizga tuz sepdim biz qo’shnilar sizga qanday yordam bersak bo’ladi.
Nodira: maktab gaplashishim kerak qayerda maktab bor
Mavluda: men sizni o’zim olib tushaman ertaga sizga ko’ylak va ro’mol beraman shuni kiyib oling. Bu yer qishloq
Nodira: hop bo’ladi hammanglar bilan tanishganimdan hursandman.

8-epizod (Kadrda maktab)


Nodira: Assalomu alaykum
Oybek: Vo alaykum assalom keeling singlim
Nodira: shu desangiz o’g’lim bilan kelgandim o’qishga qabul qilinglar
Oybek: hop Yoshi nechida
Nodira: 9 yoshda
Oybek: oldin o’qiganmi
Nodira: ha shahar maktabida
Oybek: ha tushunarli bo’lmasa hujjatlarni olib kelish kerak
Nodira: men u yerga boromiman
Oybek: bo’lmasa manzil yoki telefon nomerini biling o’zim gaplashaman borib kelaman bo’lmasa
Nodira: buni hech kim bilmasligi kerak lekin bo’lmasa
Oybek: nima bo’lmasa
Orada ozgina sukut
Oybek: Ayting nima bo’ladi
Nodira: ko’p ishlar bo’lgan eslab yaramga tuz sepgim kelmaydi.
Oybek: Mayli kirib o’qaversin qolganini o’zim hal qilaman. Nazira bolani sinf xonasiga olib bor
Nazira: Nechinchi sinfga
Oybek: 3-sinfga
Nazira: hop qani yur isming nima seni
Shaxboz: Shaxboz ismim
Nazira: bu sening xonang tanishinglar bu bola maktabga yangi keldi ismi Shaxboz. Anavi joyga borib o’tir Shaxboz
E’zoza: Shaxboz sen kim bilan kelding
Shaxboz: men oyim bilan shahardan keldim
E’zoza: ha shahardanmisan
O’qituvchi kirib kelib suhbat bo’linadi salom berib o’tiriladi va ozgina o’tib yangi bolaga ko’zi tushadi. Go’zal: Sen bola tur o’rningdan, sen yangimisan?
E’zoza: ha yangi ustoz. Shahardan keldi
Go’zal: sen jimtur sendan so’ramadim. Sen gapirchi
Shaxboz: ha yangiman.
Go’zal: isming nima kim bilan kelding
Shaxboz: Shaxboz oyim bilan keldim.
Go’zal: men sizlarga matematikadan kiraman ismim Go’zal . tanib ol meni Shaxboz
Shaxboz: hop ustoz

9-epizod (Kadrda mashina yuvish)


Shaxboz: Amaki maylimi mashinangizni yuvib bersam
Amakini gapi: yuvaqol qancha bo’lyapti yuvish
Shaxboz: berganizni berarsiz
Amaki: hop mayli
Shaxboz: bo’ldi amaki yuvib bo’ldim
Amaki: mana puli
Shaxboz: bu ko’pku amaki
Amaki: olaver
Shaxboz: rahmad
Kuni faqat mehnat va onasiga qarashish va yordamlashishda davom etayotgan Shaxbozni yoshi ulg’aydi.
Oradan 8 yil o’tdi.

10-epizod (Kadrda Nodiraning uyi)


Shaxboz: oyi men ketdim ertaga yakshanba meni vohliroq uyg’otib yuboring
Nodira: kelganingdan keyin aytsang bo’ladiku shuni
Shaxboz: kechroq kelamanda oyi
Nodira: nega nima qilasan
Shaxboz: ish gaplashganman, bir odamni yerini chopib berishim kerak oyi
Nodira: hop bolam charchama

11-epizod (kadrda Dilfuza, Mavluda va Zubayda Shaxboz obrazlari)


Shaxboz: Assalomu alaykum Dilfuza xola
Dilfuza: Vo alaykum assalom birpasda kata bola bo’ldinga onang yaxshimi bolam
Shaxboz: ha yaxshilar Dilfuza xola mayli man shoshayotgandim maktabga bora qolay.
Dilfuza: mayli bor bolam. Men shu bolaga havas qildim onasiga yordamlashdi o’qiyidi yoshligidan mehnat qildi qiyinchilik ko’rdi, shunday o’g’il kuyoving bo’lsada.
Mavluda: meni 3 ta o’g’lim bor niyat qilib qo’yganmiz Zubayda singlimni qiziga uylanadi Ishaalloh.
Dilfuza: nega ekan mani nevaramga kuyov qilaman deganman bu bolani, gap tamom. Boshqa yomi silada bu bola menga kuyov bo’ladi qarab turila sizlar.
Mavluda: opa sizniki maniki bormi
Zubayda: to’g’ri opa lekin bolani ko’ngli kimdadur bo’lishi ham mumkinku.
Dilfuza: men o’zim bir Nodira bilan gaplashaman.

12-epizod (director va o’qituvchilar kadrda)


Oybek: Shaxbozni baholarini ko’rib hayron qoldim sinfdagi eng yaxshi o’qidigan qizlarda ham 4 baho bor ammo bu bolada hammasi besh.
Go’zal: bu bola maktabda juda zo’r o’qiydi miyasi yaxshi o’sha kuni mani hayron qoldirgani geografiya o’qituvchisi yo’qligida kirganimda 10-minut o’qib yangi mavzuni gapirib berdi.
Nigora: kimyodan Mendeleyev jadvalini mukammal yodlab vanentligi, birlik tenglamasi ya’ni reaksiyalarini yozib berdi.
Oybek: qoyil lekin o’qiyman degan bola shunaqa bo’ladida.

13-epizod (kadrda ko’chada E’zoza va Shaxboz)


Shaxboz: E’zoza sen meni qachon sizlaysan
E’zoza: hech qachon
Shaxboz: mayli men ketdim
E’zoza: hop mayli sizlayman
Shahlo: Assalomu alaykum Shaxboz aka yaxshimisiz charchamottizmi ishlar bilan
Shaxboz: Vo alaykum assalom yaxshi rahmad mayli charchama Shahlo.
E’zoza: Kim bu
Shaxboz: aytganim bilan tanimaysan baribir
E’zoza: ha yaxshi hali shunaqami
Shaxboz: qanaqa
E’zoza: qizlarga gap otayabsizmi
Shaxboz: kulib jinnimisan bu Dilfuza opani ana adashtirding Dilfuza xolani nevarasi bo’ladi
E’zoza: hop ishondim, o’qishni bitirib nima qilasiz
Shaxboz: shaharga ketib yana o’qiyman niyatim Vestministr yoki Yuridik universitetga kirish shu paytda telefon bo’ldi
Nodir: alo Shaxboz qattasan bugun tez yetib kel uy emas dalani chopib berasan.
Shaxboz: hop bo’ladi oka. E’zoza men ketdim
E’zoza: yana ishgami
Shaxboz: ha mayli charchama tez uyingga kir men ketdim

14-epizod (kadrda dal ava Shaxboz sahnasi)


Shaxboz ketmonda yer chopayabdi va Nodir keldi
Nodir: endi shuni chopdingmi
Shaxboz: oka chopyabmanu dam olmadimku hali
Nodir: tezroq chop
Ish tugadi
Nodir: ukam hafa bo’lma boya hazillashdim senga gap yo’q bir o’zin 4 ta odamni ishini qilyabsan. Mana ishlagan puling va bu qolgan mehnatinga
Shaxboz: bu ko’pku
Nodir: men roziman gap yo’q lekin joning sog’ bo’lsin.

15-epizod (kadrda Shaxbozni urush sahnasi)


Alisher: Sarvar qattasan u qaytyabdi
Sarvar: men uydaman ha bo’ldi biz rejani tuzib qo’yganmiz, men unga aytdim sinfdoshimsan u qizga gapirma oqibati yomon bo’ladi dedim endi o’zidan ko’rsin.
Alisher: Bo’pti ukam charchama.
Sarvar: Jahon tez Rahim bilan tushib kel
Jahon: qatga do’stim
Sarvar: Bugun Muxtor va Ergash do’dangni uyida hech kim yo’q, Gulchehra opangni yonidagi ko’chada uramiz
Jahon: ha bo’ldi.
3 ta bola kelishdi va Shaxbozni bir amallab ko’chaga olib kirishdi.
Sarvar: man sang anima degandim boshqa ko’rmay u qiz bilan deganmidim man sanga bollar urlarin. Tepadan bir kishi tushib keladi va bollar qochib ketishadi.
Sarvar: qochlaring bollar
Dilshod: yugurib keladi va bolani tanib qoladi Shaxboz tur ukam senga nima bo’ldi. Telefon olib tez yordamga telefon qiladi.
Dilshod: men ham sizlar bilan boraman. Alo Shahzod moshinangda mahallang Shaxbozni onasini olib tushib kel. Parkent shifoxonasiga
Shahzod: hop oka aytaman, o’zim olib tushib boraman

16-epizod (banitsa va Shaxbozni davolash sahnasi)


Do’ktir: hamshiralarga ayting Layloxon jarrohlik xonasini tayyorlasin
Laylo: Sarvinoz va Fotim tez jarrohlik xonasini tayyorlang
Sarvinoz: hop bo’ladi
Do’ktir: bolani ahvoli yaxshi bizga vaqtida telefon qilmaganizda hozir ahvoli bundanda og’ir bo’lishi mumkin edi yui ishgan va miyyasi biroz chayqalgan hammasi o’tib ketadi ertaga kechga javob beramiz.
Nodir: nima bo’ldi do’ktir bolamni ahvoli sal yomonroq bo’lardi.
Nodira: rahmad sizga, sizni menga Alloh yetkazdi.
Dilshod: kelinoyi odamiylik burchimni bajardim holos. Shaxbozni onasi ekanligizni bilmasdim lekin uyinglarni ko’rgandim, yaxshi bola tarbiyani chiroyli bergan ekansiz mayli salomat bo’ling opa.
Nodira: rahmad yana bir bor sog’ bo’ling siz ham
Dilshod: tuzalib ketsin Ilohim tezroq.
Do’ktir: siz biroz dam oling charchab qolasiz bo’lmasa
Nodira: Yo’q do’ktir men bolamni ko’rishim kerak
Do’ktir: ertaga olib ketasiz ertalab soat 10 larga javob beramiz o’ziga kelsa bo’ldi
Nodira: hop

17-epizod (Kadrda Nodiraning uyi)


Nodira: bolam hali ham aytmading bu ishni kim qildi.
Shaxboz: hech kim qilmadi
Eshik taqilladi shu payt va Shaxbozni chaqirishdi
Dilnura: Shaxboz yaxshimisiz yaqinda so’nggi qo’ng’iroq xabariz bor
Shaxboz: ha xabarim bor
Dilnura: Pul yig’ayotgan edik 100 mingdan bayramdan keyin o’tiramiz deb
Shaxboz: hop mana ol 100 ming so’m
Nodira: kimlar ekan
Shaxboz: sinfdoshim oyi ertaga so’nggi qo’ng’iroq pul yig’ib yurgan ekan
Nodira: ha mayli berdingmi bolam
Shaxboz: berdim oyi, osh qiling bugun oyi bir osh yeylik qo’lizdan
Nodira: hop bolam nima desang shu, qatga ketyabsan
Shaxboz: men hozir kelaman.
Nodira: puling bo’lsa kiyinib chiq so’nggi qo’ng’iroqqa
Shaxboz: bir kunlik o’tadi ketadida oyi
Nodira: voy o’zimni aqlli o’g’lim
Shaxboz: oyi bo’ldiyey eralamanga ketdim.

18-epizod (kadrda Jahon va Rahm)


Jahon: Rahm bu bolaga hech nima qilmas ekanda
Rahm: shunaqmi deyman lekin bizga biron yomonlik qilmadi hech kimga aytmadi ham shu boladan hamma narsani ko’chirardik shayton yo’ldan urdi bizni
Jahon: to’g’ri aytasan Shaxboz to’xta
Shaxboz: tinchlikmi
Jahon: kechir bizni do’stim
Shaxboz: yigitchilikda bo’lib turadi kechirganman allaqachon

19-epizod (Kadrda Nodiraning uyi)


Shaxboz: oyi oshiz biram shirin bo’libdi qo’llariz dard ko’rmasin baxtimga sog’ bo’ling
Nodira: osh bo’lsin bolam
Tong otdi
Nodira: tur bolam ovqatingni yegin yuz-qo’lingni yuvib keyin so’nggi qo’ng’irog’ingga tush.
Shaxboz: hop oyi, oyi ovqatlanib bo’ldim men ketdim.

20-epizod (Kadrda maktab va sinf xonasi)


E’zoza: meni almashtiring Sarvar bilan chiqmiman
Go’zal: kim bilan almashtiring
Sarvar: Jahl bilan nima sen faqat shu bola bilan chiqasan
Go’zal: jahl qilma sen
E’zoza: senga nima
Sarvar: o’sha yetimcha bilana? Meni qayerim kam undan
Shaxboz eshik yoniga kelib janjalni eshitib turgandi va kirib dedi
Shaxboz: Sarvar meni yetimcha dedingmi Allohga shukur oyim bor, meni senga og’irchiligim tushyabdimi? Bir ikki som olib bermadimmi yoki kerak bo’lsa sendan hech nima olmaganman Allohga shukurlar bo’lsin
So’nggi qo’ng’iroq yakunlanib bo’ldi

21-epizod (E’zoza va Shaxboz so’nggi qo’ng’iroqdan keying sahnasi ko’chada)


Shaxboz: ertaga ketaman
E’zoza: darrova
Shaxboz: ha onam bilan ketaman
E’zoza: qaytasiza sizni kutaman
Shaxboz: aniqmi kutasana?
E’zoza: ha
Shaxboz: mayli sog’ bo’l albatta qaytaman bir kun
E’zoza: hayr

22-epizod (kadrda hamma qo’shnilar bilan hayrlashuv)


Nodira:Hammaylaga rahmad
Shaxboz: barchangizdan minnatdorman qo’liladan kelganicha yordam berdinglar Muhammad oka rahmad sizga. Barchaylaga rahmad omon bo’lila biz yana qaytamiz.
23-epizod (Nodiraning kvartirasi shaharda va o’g’lining xursand bo’lib yugurib kelishi)
Shaxboz: oyi, oyi oyi tabriklang o’qishga eng yuqori ball bilan birinchilikda grandga kirdim
Nodira: o’g’lim tabriklayman omadingni bersin
Shaxboz: rahmad sizday mexribon oyim bor ekan hayotda qoqilmayman

24-epizod (Kadrda o’qish)


Domla: bilimdan talabalar sizlarga savol: urushda asosiy porx yetgazib beruvchi davlat qaysi bo’lgan
Shaxboz: xitoy bo’lgan domla
Domla: Javob to’g’ri va Shaxbozga yana baholarini qo’yib qo’yamiz dars tugadi hammaga javob

25-epizod (kadrda Shaxbozni ishxonasi)


Temur: bugun Qudrat Shokirovich Shaxbozni ishdan haydasa kerak
Oyatillo: Yog’e bunchalik bo’lmasa kerak
Temur: Shaxboz seni Qudrat Shokirovich xonasida kutyabdi.
Shaxboz: tinchlikmi
Temur: kirsang bilasan
Shaxboz: Assalomu alaykum Qudrat Shokirovich mumkinmi?
Qudrat: o’tiring kechagi hisobotlarni siz tayyorladizmi
Shaxboz: ha men
Qudrat: qoyil qodirdiz lekin, qani turingchi men sizni bir yerga olib boraman.
Shaxboz: qayerga boramiz
Qudrat: savol bermasdan yuring

26-epizod (kadrda kiyimlar do’koni)


Qudrat: sotuvchi kastyum shim, oq ko’ylak, galyustik tufli berasiz.
Shaxboz: nima qilasiz yana
Qudrat: menga emas senga u bir tanishimga ish boshqaruvchi kerak shuni yoniga borasan bo’l kiyib chiq tez
Ooo zo’r bo’ldi yechma mana pul qaytimi kerakmas

27-epizod (Akmal Bunyodivichni ofisi)


Qudrat: shu desang ukam ish boshqaruvchi kerak deganding mana olib keldim
Akmal: keeling ukam qo’lizdan nimalar keladi
Shaxboz: Deyarli hamma narsa
Akmal: mana bu hisobot sizga 45 daqiqa vaqt shuni tayyorlangchi.
Shaxboz: maylimi ko’chaga chiqsam
Akmal: Bemalol Qudrat oka qo’lidan kelarmikan
Qudrat: ha keladi
Shaxboz: kuturib qo’ymadimmi tayyor bo’ldi
Akmal: 30 daqiqadaya qoyil ishga olindiz
Shaxboz: qachondan ish boshlasam bo’ladi
Akmal: ertadan chiqavering sezga ruxsat
Shaxboz: rahmad sizga
Akmal: rahmadni bu kishiga aytasiz
Qudrat: men nima degandim oladi ishga deganmidim
Shaxboz: rahmad oka ikkovilarga ham salomat bo’linglar
Akmal: to’xtang ukam Qudrat oka bir minut ko’chaga chiqing gaplashib olaylik
Shaxboz: hop oka yuring
Akmal: meni ofislar bo’yicha eng kata dushmanim bor Shavkat Davlatovich eng yirik 2ta kompaniya shunga tegishli shuni sindirish kerak
Shaxboz: meni ham niyatim shu o’zi
Akmal: u odamni tanisizmi
Shaxboz: ha ozgina eslaydi qattiq gapirgan gaplarni onasi yig’lab turganini

28-epizod (Uzuk dumalab ketishi va Shirin Shaxboz sahnasi ko’chada)


Shirin uzukni qo’lidan tushirib yubordi va olamn deganda Shaxboz qo’lini bosib oldi
Shirin: ay ko’zizga qarab yursayiz bo’lmaydimi
Shaxboz: uzur bilmay qoldim o’ziz oyog’im tagida nima qilyabsiz
Shirin: telefonda kamroq gaplashish kerak
Shaxboz: uzur dedimku
Shirin: uzurizni pishirib yeng
Shaxboz: namuncha jahliz burniz uchida
Shu payt Nodira aylanib yurib ularni ko’rib qoladi
Shaxboz o’g’lim nima qilyabsan
Shaxboz: Assalomu alaykum oyi nima qilib yuribsiz
Shirin: uyalganidan ketib qoladi
Nodira: bor orqasidan qiz menga yoqdi shuni men kelin qilaman uyini bilib kel
Shaxboz: gaplashgani bo’lsachi
Nodira: bor dedim
Taksi to’xtang Shaxbozni gapi
Shaxboz: shu qiz o’tirgan mashina orqasidan haydang

29-epizod (kadrda Akmal ofisi)


Shaxboz: men hammasini kuzatdim Shavkat okani ofisini har doim bitta vaqt obdga chiqarkan o’zi piyoda yurib borarkan siz ikkovingiz orqasidan borasizlar bu yoqda mashina kelayotganda uni qutqarib olasizlar ya’ni urmoqchi bo’lganda u mashinadagi odam bizni odam bo’ladi tushuarlimi Bahodir, Javohir oka
Bahodir: hop bo’ladi sizni tushundik
Shaxboz: qani ishga ha aytgancha kirgan zahoti ichkariga sizlarga ish taklif qiladi sizlar buxgalter bo’linglar va yordamchisini chiqarib hujjatlarni topib qo’l qo’ydiringlar lekin birdaniga emas sezib qolishi tabiiy hol bir ikkita hisobotlar yordamchi qo’lidan o’tadi va payti kelganda meni ishoram bilan boshlaymiz. Faqat yoyilib nazorat qiling kompaniyani bo’lmasa shubha ostida qolasiz.
Endi ruhsat sizlarga

30-epizod (Shavkatni ofisi kirish sahnasi)


Shavkat: ukalarim mani bir balodan saqlab qoldinglar sizlarga bir ish bermoqchiman ish qidirib yurganmiz deganlarga
Bahodir: yaxshi bo’lardi oka pulimiz kam yoq edi
Shavkat: buxgalterlikka qandaysizlar
Bahodir: men emas Javohir yaxshi
Shavkat: ikkovilarga ham shu vazifa
Bahodir: rahmad oka

31-epizod (sovchi bo’lib borishi Nodirani)


Shaxboz: ha oyi shu uy taksi tashab ketdim
Nodira: ha tashadi kiryabman
Shaxboz: bo’ldi oyi kiring
Onasi endi kiraman deb eshikni ochganda birinchi erini ko’rib ortga qaytadi eri ham ortidan yugurib chiqib qo’lidan ushlab
Nodira meni kechir men hatolarimni tushunib yetdim
Nodira: ha anu xotiniz bilan yashayvering
Sa’dulla: ular yo’q bir o’g’lim bilan mashina urib halokat bo’lishdi hammasi meni aybim bilan
Meni kechir Nodira
Nodira: buni vahliroq o’ylash kerak edi
Sa’dulla: kelibsan kelibsan kechirmasan ham o’z qo’rnindan tushgan qizingni olib ket
Nodira: nima nimalar deyabsiz
Sa’dulla: seni qizing tirik men ularni almashtirib qo’ygandim meni xotinimni bolasi o’lik tug’ilgandi va seni chaqalog’inga almashtirib senga o’lgan deb yolg’on xabar berganmiz.
Nodira: qani meni qizim. Shirin qanisan qizim orada yig’lab ona ko’rishdi dadasi qiziga tushuntiradi va ona-bola o’zini qo’yarga joy topolmaydi
Qizim yur ketamiz
Shirin: dadamchi kechiring dadamni men ketmiman
Nodira: hop qizim o’jarlik qilma kechirdim mayli yuringlar ketdik

32-epizod (Shavkat kampaniyasi o’zlashtirilishi)


Nodira: bolam qayerdasan
Shaxboz: ona bugun borolmiman ishlarim bitishi bilan boraman
Nodira: tezroq kel faqat
Shaxboz: qorovulni uxlating bittangiz borib tok liniyasini using Bahodir oka siz hujjatlarni qidiring ertaga ertalab hujjatlarga qo’l qo’ydiring. Javohir oka siz ish boshqaruvchi bilan tushlikka boring qandoq bo’lmasin.
Bahodir: hop tushunarli.
Tong otadi
Javohir: Kamron oka yuring tushlikka o’tib kelamiz Bahodir oka hali kemadi
Kamron: ana kelyapti. Bahodir o’zi qarab turing biz tushlik qilib kelaylik hopmi
Bahodir: man sizlardan keyin bora qolaman boringlzr
Shavkat keladi va Bahodir xonasiga kirib qo’l qo’ydiradi xonadan chiqib Shaxboz ish bitdi deydi
Shaxboz: hozir boraman sizdan hujjatni olaman siz o’sha yerda turib hujjatni berib xoanangizga kirib ketasiz
Bahodir: faqat tezroq kelin
Shaxboz: men keldim qayerdasiz
Bahodir: men sizni ko’rdim mana hujjatlar
Shaxboz: men ofisdan tijorat ishi bo’yicha keldim
Kamron: kiring marhamat
Shaxboz: mumkinmi kotta boshliq
Shavkat: mumkin keeling xizmat
Shaxboz: danday aytishni bilmayapman kompaniyani bo’shatib qo’ying
Shavkat: nima?
Shaxboz: mana hujjatlar
Shavkat: qanaqasiga ola ichki ishlar tezroq shu manzilga yeitb kelinglar
Shavkat: sen kimsan
Shaxboz: bundan avval bir on ava 9 yashar bola haydab chiqargandiz esingizdami
Shavkat: nima demoqchisan
Shaxboz: men Shaxbozman
Shavkat: kulib hali o’ch oldim deign
Shaxboz: qanaqa o’ch olaman
Ichki ishlar xodimi keldi
Maen Rasul Sa’natovich jinoyat qidiruv bo’limidan
Rasul: bizga kim murojaat bilan tushgandi
Shavkat: men o’rtoq nachalnik
Rasul: ho’sh nima gap nima muammo
Shavkat: manabu bu kompaniya meniki deyapti
Rasul: kimniki kompaniya bo’lmasa bu kishiniki bo’lmasa
Shaxboz: meniki mana hujjat va kompaniya rahbari imzosi
Rasul: kompaniya bu kishiniki sizni daliliz ham yo’q
Shavkat: Kamron kamera tasvirlarini qara tez
Kamron: hop yuringlar hech nima yo’q
Rasul: sizni dalillariz asossiz va kompaniya Shaxboz Erkinovga tegishli kompaniyani bo’shating

33-epizod (kadrda nodiraning kvartirasi)


Nodira: bolam keldingmi senga oldin ham aytgandim seni singling o’lmagan ekan yana bitta oshilmagan sir bore di seni dadang boshqa
Shaxboz: nimalar deyabsiz oyi
Shirin: Okajon
Shaxboz: singlim senmisan
Nodira: ha bolam shu
Sadulla: meng dadangman
Nodira: seni dadan aslida shu bolam dadang xatsini tushundi kechir
Shir: kechiring
Shaxboz: nima dadam shuni men qiynalganimda onam qiynalganida qayerda edi. Siz uyal misizmi yana dadangman deysiza
Nodira: kechir bolam
Shaxboz: hech qachon
Nodira: bo’lmasa meni oy dema biz hammamiz ketamiz
Shaxboz: oyi hop kechirdim
Sa’dulla: o’g’lim kechir
Shaxboz: hop dedimku faqat onam uchun kechirdim.

34-epizod (qishloq E’zoza va Shaxboz to’yi sahnasi)


Akmal: Shaxboz ukam sen meni hayron qoldirgan birinchi odamsan va yutuqlaring bilan tabriklayman.
Shaxboz: rahmad Akmal aka
Akmal: qatasan ukam
Shaxboz: qishloqq ketyabmiz yana qaytaman.
Akmal: albatta kutaman bizga sendek lider kerak.
Shaxboz: qo’ysangizchi odamni uyaltirman siz meni ustozimsiz
Akmal: axayt Shogirt mayli yaxshi borib kel so’qoqqa keldi va ularni mahallasiga chiqdi.
Shaxboz: E’zoza senmisan
E’zoza: assalomu alaykum, Shaxboz aka sizmisiz
Shaxboz: ha men qalaysan uydagilaring yaxshimi erga tegdingmi
E’zoza: ha tegdim
Shaxboz: ha yaxshi mayli yaxshi yur
E’zoza: qatga
Shaxboz: qishloqdan bir qiz topiy uylanishga
E’zoza: nima men hazillashdim
Shaxboz: menam bildim shunga hazillashdim
Shodiyor: Kelinglar mehmonlar
Sa’dulla: mana sovchilikka kelishdi ismingiz nima bo’lajak quda
Shodiyor: shodiyor ismim, qani biz boshqa yerga boroqolaylik-aa ayollarni yolg’iz qo’yib
Sizlar bemalol Nilufar
Nodira: Nilufar opa qizizni ko’ngli o’g’limda ekan, o’g’limni ko’ngli qizizda ekan shunga ikki yoshni unashtirsak nima deysiz.
Nilufar: o’zim ham aytdim juda ko’p sovchilarni qaytarganidan, qani Amin hammani baxtini to’kis qilsin qizim bilan o’g’liz baxtli bo’lsin.
Shirin: oka sizam kenayim ham baxtli bo’lila
Shaxboz: rahmad singlim
E’zoza: aytganiz kelsin Shirin
Yakun
To’y va Shaxbozni hamma bilan rasm tushgani bilan hursandchilik bilan yakunlanadi

Ssenariy muallifi:


Shaxboz Davlatov
E’tiboringiz uchun rahmad!

Nigora – kimyo o’qituvchisi epizod


Shahlo – epizod – 16 yosh
Nodir – epizod – 40 yosh 45 atrofi
Alisher- epizod – 22-23 yosh Sarvarni okasi
Sarvar – 2-daraja –ro’l
Jahon – epizod do’stlari
Rahim – epizod do’stlari
Oyatillo – 25 yosh – epizod
Sotuvchi -20-25 yosh qiz bola
Akmal – bosh ro’l 46 yosh
Bahodir – 25-28 yosh
Javohir – 25-28 yosh
Rasul – militsiya – 27-30 yoshlar
Shodiyor – epizod – E’zozani otasi
Nilufar – epizod – E’zozani onasi
Tez yordam mashinasi
Do’ktor – 47 yoshlar atrofi 2-daraja
Shifokor – 35 yoshlar atrofi 2-daraja
Kata hamshira 38-36 yoshlar atrofi
Dilnur – 17 yosh Shaxbozni sinfdoshi
Domla – 45-50 yoshlar atrofi
Talabalar – 30 ta
Temur – 30 yosh –epizod
Qudrat Shokirovich – 40-45 yoshlar 2-daraja ro’l

Kadr olish


Ofislar va ko’chalari qishloq uylari va ko’chalari
Dala
Banitsa
Maktab
Ro’llarda
Shavkat-30-40 yosh atrofida
Nodira-28-36 yosh atrofida bosh rollarda
Shaxboz-9-22 yosh atrofida
Shohista-epizod
Kamron –epizod – 2- darajali ro’l
Maqsud – 45 – yoshlar atrofida – epizod
Sadulla
Bosh rollar
Shirin
12 – odam –kompaniya ishlari bo’yicha epizod
Azamat-epizod -48
Islom epizod-2- darajali ro’l- 23-22
Muhammad -2-darajali ro’l-40-yosh
Dilfuza-50 yosh2-darajali
Mavluda 40 yosh
Opa singillar yosh
Zubayda 38 yosh
Nazira 28 – 2-daraja
Oybek - 44 -2-daraja
E’zoza : bosh ro’l 9-22
Sinf 3 -20 – o’quvchi epizodda
Go’zal -35 matematika o’qtuvchisi
Amaki -54 yosh.

Nigora: kimyo o’qtuvchisi epizod


Shahlo: epizod – 18 yosh
Nodir: epizod 40 yosh 45 atrofi
Alisher:epizod -22 -29 yosh Sarvarni akasi
Sarvar: 2-darajali ro’l
Jahon
Epizod do’stlar
Rahim
9
Dilshod: 2-daraja
Layloxon: navbatchi
Sarvinoz
hamshiralar
Fotima
Tez yordam mashinasi
Do’ktir – 47
Yoshlar atrofi 2-daraja
Shifokor – 35
Kata hamshira 38 36 yosh atrofi
Dilnur – 17 yosh Shaxbozni sinfdoshi
Domla - 45 yoshlar atrofida
Talabalar – 30 ta
Temur 30 yosh epizod
Qudrat Shokirovich – 40-45 yoshlar 2-daraja
Oyatillo 25 yosh – epizod
Sotuvchi – 20 25 yosh o’g’il bola
Akmal – bosh ro’l 40 yosh
Bahodir
26 25 yoshlar
Javohir
Rasul militsiya – 27 30 yoshlar
Shodiyona
Epizod – E’zozani onasi va otasi
Nilufar
Kadr olish
Ofislar va ko’chalar
Qishloq uylari va ko’chalar
Dala
Banitsa
maktab
Yüklə 28,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə