Shaxs faoliyati va uning individual psixologik xususiyatlari. Reja



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə2/6
tarix25.05.2022
ölçüsü30,56 Kb.
#87917
1   2   3   4   5   6
psixologiya mustaqil ish

Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv, ehtiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy ehtiyojlar.
Faoliyat – bu borlikka nisbatan faol munosabatning shaqlidir, u orqali inson bilan borlik o`rtasida aloqa urnatiladi. Faoliyat orqali kishi tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir qiladi.
Interiorizatsiya-Tashqi real ish – xarakatdan ichki xolatga o`tish jarayoni
Eksteriorizatsiyasi  tashki predmetli faoliyatni ichki psixik faoliyatning natijasi
Fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat

1. Shaxs faoliyati va uning yo`nalishi. SHaxsning ustanovkalari va muhim orientatsiyalari.
Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:

A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o‘z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.

B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, maruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi.
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakko’ri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• perseptiv - ya’ni, bo‘lar shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
• mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
• fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
• imajitiv - («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli – bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faolllik turlari buyicha tabaqalashdir. Bu – muloqot, o‘yin, o‘qsh va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri- inson bulish, odamlarga uxshab gapirish, ularni tushunish,sevish, uzaro munosabatlarni muvofiklashtirishga karatilgan extiyojlaridan kelib chikadi. Shaxs uz tarakkiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutki orkali (verbal) va nuktsiz vositalar (noverbal) yordamida boshka faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O‘yin – shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne‘matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan uzlashtiriladi. Bolatoki uynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va moxiyatini anglab yetlmaydi.
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol uynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turlarni kunikmalar uzlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy extiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maksadi, albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne‘matlarni yaratish, jamiyat tarakkiyotiga xissa kushishdir.

Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni engillashtiradi. O‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.


YUqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. SHaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, kuzatilmaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Motivlarning turlari. Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos motivlar; umumiylikka ega bo‘lgan motivlar; faoliyatga mos motivlar; paydo bo‘lish xususiyati, muddatiga ko‘ra motivlar; aks etish darajasi nuqtai-nazaridan ierarxik vujudga kelgan motivlar.

Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga keladi va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. SHuning uchun ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi lozim.


Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol qo‘lingizda kitob bor. Siz holi uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, bu istakning ortida esa o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R.Nemov. shaxsdagi motivatsion soxasi qo‘yidvagicha tasavvur qiladi.
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv, ehtiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani ununmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga, ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda tukin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik ko‘p ovqat iste‘mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo‘lib, ochlinni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa, so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqloshi kerak, aks holda dasstur hech narsa bemaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat‘iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi.
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi.
Demak, ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizning hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shugullanadiganlarning albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barcha ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi, va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlar ro‘yobga chiqadi. Demak, motiv- har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa, ustanovka – ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent – ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent – ustanovka ob’ektiga nisbatan su‘ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti – sub‘ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar majmui (xulkda namoyon bo‘lish).
Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat-komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi printsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanktsiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

2.Faoliyatning tuzilishi. Tashqi (amaliy) va ichki (aqliy) harakatlar. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi haqida tushuncha. Ish-harakatlarni bajarish usullari (operatsiyalar). Aqliy operatsiyalar.
Agar xayvonlarning xatti – xarakati atrofdagi narsalarning ta’siri bilan belgilansa, kishining faolligi esa eng yoshlik chog`idan boshlaboq insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti – xarakatning ana shu tipi aloxida xususiyatga ega bo`lib, psixologiyada u faoliyat degan tushuncha bilan ifodalanadi.
Inson faolligining o`ziga xos xususiyatlari nimada? Eng avvalo uning farq qiluvchi xususiyati shuki, ish – xarakatning mazmuni butunlay extiyoj bilan belgilanmaydi. Extiyoj motiv sifatida ish xarakatga turtki beradiyu, ish – xarakatning shaqli va mazmuni esa ijtimoiy sharoit, talab va tajribalar bilan belgilanadi. Kishini ishlashga majbur qilayotgan motiv undagi ovkatga extiyoj bo`lishi mumkin. Lekin kishi, masalan, stanokni boshqarar ekan, ochligini kondirish uchun emas, unga topshirilgan detalni tayyorlash uchun ishlaydi. Uning ish xarakatini mazmuni extiyojlar bilan emas, balki jamiyat undan talab qilayotgan bir maxsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Demak, faoliyatning birinchi farq qiluvchi belgisi uning kishi tomonidan anglanganligi va ma’lum maqsadga yo`naltirilganligidir.
Ikkinchidanfaoliyat ong va iroda bilan bevosita bog`langan bo`ladi. CHunki ongsiz yoki irodaviy jarayonlarsiz xech qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin emas. Demak, faoliyat anglangan maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki /psixik/ va tashqi /jismoniy/ faolligidir.
SHunday qilib, faoliyat haqida gapirish uchun avvalo kishi faolligining maqsadi qanchalik anglanganligini aniqlash zarurdir.


Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə